Nodir g’azallari.
Aning gul oraziga jon qushi dor o‘ldi o‘xshaydur,
Ko‘ngil zulfini domig‘a giriftor o‘ldi o‘xshaydur.
Necha kun ofiyat gulzori ichra erdi oromim
Mani rasvoiy olam aylagan yor o‘ldi o‘xshaydur.
Ko‘rub gulshanda shahlo ko‘zlaringni jilva chog‘inda
Xijolat birla nargis ko‘zi bemor o‘ldi o‘xshaydur.
Tiriklik topdi ochliqdek visolidin bo‘lub mahrum
Gudozi holatim hajr ichra dushvor o‘ldi o‘xshaydur.
Mani ey xud musulmonlar, firoqu rashk o‘ldurdi.
Raqiblar bazmiga ul sho‘x mayxor o‘ldi o‘xshaydur.
Adadsiz jon qushi har yon osilmish tori zulfiga
Aning har turrasi tasxiri tumor o‘ldi o‘xshaydur.
Uruj etdi falakka baski, Nodir ko‘nglidin afg‘on
Magar hijron g‘amidin emdi guftor o‘ldi o‘xshaydur.
* * *
Ko‘ngilga solgan o‘t hajr ila xurshidi jahonimdur,
Chiqarg‘an dudi ohim qomati sarvi ravonimdur.
Chamanda, anglama gul ishqida bulbul qilur nola
Sahar ul gul jabin hajri aro qilg‘an fig‘onimdur.
Demangkim, bazmimizni har kecha sham ayladi ravshan
Aning ishqida yongan tanda mag‘zi ustuxonimdur.
Takallumdin labi jismim uyiga bo‘lsa ruxafzo
Masihodek quyosh ayvoni manga oshyonimdur.
Chaman ichra emas gullar biyobonlar uza lola
Aning hijronida ko‘zdin to‘kulgan yerga qonimdur.
Zamona shayxining af’olidin yetgan balolardin
Manga mayxona sahni go‘shasi dorulamonimdur.
Qorong‘u anglama olamda, Nodir, shomi dayjurdin
Chiqargan dud har tun charxdin so‘zi fig‘onimdur.
* * *
Topdi ko‘ngsh husn aro mujgonidin ozorlar
Tirnadi bulbul ayog‘ini chamanda xorlar.
Ishq asrorini to o‘lguncha izhor aylama
Bu jahon ichra topilmas mahrami asrorlar.
Jism qaydidin uzung ol ishq tamiri bilan
Kim yiqshg‘ay boshinga ushbu buzug‘ devorlar.
La’lining kayfiyatidin mast bexudman mudom
Aylasam devonalig‘, maz’ur, ey xushyorlar.
Yo‘q ajab gar olsa ul kofir ulus imonining
Osdi kufri zulfi birla bo‘yniga zunnorlar.
Har tarafdan ishq ahliga junun etdi fuzun
Bilmadimki, na erur bo‘yi bu so‘zu korlar.
Tushdi olam ichra maxshar sho‘ri yanglig‘ rustaxez
Etdi nodir elga hijron dardidin guftorlar.
* * *
Sahar vaqtida ko‘ngul qushlarig‘a yor kelgaymu
Yuzidin boda rang olgan o‘shal dildor kelgaymu.
Muhabbat rozini ag‘yorlardin ayladim maxfiy
Hayolim maxfiliga maxrami asror kelgaymu.
Buzuldi jism qasri ko‘z yoshim to‘foni mavjidin
Tuzarga san’ati ichra Nuhdek me’mor kelgaymu.
Firoq o‘tida g‘am hayli ko‘nglini ayladi toroj
Ilojida labidan bodai sarshor kelgaymu.
Qizil qon ayladi a’zolarimni dog‘i hijroni
Boshimg‘a so‘rg‘ali holimni gulruxsor kelgaymu.
Ko‘zimni gardi rohi surma yanglig‘ aylagay ravshan
Samandin o‘ynatib, javlon etib bir bor kelgaymu.
Boshimg‘a sho‘rishi savdoyi ishqi tushti na aylarman
Dimog‘img‘a shamimi bo‘yi anbar bor kelgaymu.
So‘zing boshdan ayoq rayhon isidek bo‘ldi to afzo
Jahon mulkiga Nodir nazmidek guftor kelgaymu.
Nodira g’azallari va she’rlar to’plami
“Haft Gulshan”.
(Umarxon vafotidan keyin Nodiraga bag‘ishlab yozilgan)
H i k o ya t
Musofir xomayi mushkin shamoma,
Jahon lavhig‘a mundog‘ yozdi noma:
Bor erdi Rum aro bir xisht reze,
Bisotida topilmay bir pasheze.
Jahon gulzori ichra o‘tti nokom,
Tiriklikdin uzuldi mevasi xom.
Aning bir o‘g‘li bor erdi alamliq,
Kechib umri jafo uyida g‘amliq.
Tani ofat qushig‘a erdi dona,
Havodis o‘qig‘a ko‘ngli nishona.
Atodin qolmadi meros amvol,
Anga juz qolabi farsuda ahvol,
G‘am ahli xotiri yanglig‘ buzulg‘on,
Aning to‘rt go‘shasi har yon uzulg‘on.
Bu hasratdin ko‘zini ob aylab,
Ko‘ngul gulzorini xunob aylab.
Anosig‘a dedi ul bosaodat:
— Necha kunlar manga bersang ijozat,
Safar aylab, boshim olib ketoyin,
O‘zum har yon yurubon sayr etoyin,
Safarning mehnati a’zoni ranji,
Erur xori vatan ko‘ngul shikanji.
Anosi man’i uchun qildi ibrom,
Ani ko‘ngil qushi topmodi orom.
Havoyi sayr ani boshig‘a tushub,
Borib savdo eli birla ko‘rushub.
Necha oy yurdi savdogar bila yo‘l,
Tamosho aylabon ko‘p dasht ila cho‘l.
Hama surdi Adan mulkiga mahmil,
Qilib savdo eli bir yerg‘a manzil.
Alarg‘a ul makon erdi muayyan,
Zaru zevar bila topg‘on muzayyan.
Nazar qilmay birov ul benavog‘a,
Hama mashg‘ul o‘lub bay’u shirog‘a.
G‘amu mehnat o‘zig‘a yori aylab,
Ko‘zin yoshin yuzig‘a jori aylab.
Borib vayronayeda topti orom,
Sarig‘ yuz, qon yosh ila subhdin shom.
Kelibon karvoni kishvari ju’,
Hayo savdogarini qildi mamnu’.
Qaro tun ko‘z chirog‘i xira qildi,
Ko‘ngul oyinasini tira qildi.
O‘shal dam ixtiyor etti gadolig‘,
Qilib har tun bu yanglig‘ benavolig‘,
Qazodin bor edi ul yerda bir boy,
Aning qizi edi go‘yo to‘lun oy,
Ne oy ul, oftobi xovaridek,
Iki lab iki gul bargi taridek.
Edi boshdin ayog‘ ganji ilohi,
Iki ajdar, iki zulfi siyohi.
Qilib bir xoine anga xiyonat,
Tushub erdi o‘shal ganj uzra ofat.
Ushotib erdi ul mahkam tilismin,
Urub xat bargi gulg‘a yozg‘an ismin.
Edi ul bir g‘ani o‘g‘lig‘a tazvij,
Ekan moli barobar ila tadrij.
O‘tib bir yil alarning ro‘zgori,
Urush erdi jamii koru bori,
Muvofiq ishlari erdi muxolif,
Mubaddal amniyat mulkig‘a xoif.
Sadoqat rishtasi ul dam uzuldi,
Ani sarrishtai uyi buzuldi.
Yigit ul nozaning‘a qahr aylab,
Maishat sharbatini zahr aylab,
Qilibon ul zamoni uch taloq ul,
G‘azabdin o‘rtaga soldi firoq ul.
O‘shal sayyodi beidroki mag‘rur,
O‘shandoq qushni ko‘ldin ayladi dur,
Uchub qo‘ndi atosin xonasig‘a,
Tavallud aylagan koshonasig‘a.
Muattar ayladi ul yerni bo‘yi,
Ki to‘ldi baxtu davlat birla uyi.
Necha kun o‘tdi ul uy ichra muddat,
Shariat oyi birla chiqti iddat.
Fazoyil xalqi aylab rahnamoliq,
Ki to etkay ekavi oshnoliq.
Kelish, borish aroda bo‘ldi kam, kam,
Ki aqd ila uzuq to bo‘lsa mahkam.
Ilojin topmadilar ahli takmil,
Shariat hukmi birla g‘ayri tahlil.
Kishi to qilmasa oni halola,
Ki tushgay ma’siyat birla vubola.
Bu sirdin ayladilar barcha kengosh,
Xaloyiq ichra nogah bo‘lmag‘ay fosh.
Agar shahr elidin bo‘lsa maromi,
Qilur beobro‘ nomusu nomi.
Bu damda toptilar xishtrezzoda,
Kim olg‘ay mol, puldin istifoda.
G‘aribu muflisu zoru gadodur,
Bu yerda molu pulg‘a oshnodur.
Shariat hukmi birla ushbu muflis,
Bo‘lur bonu bila bir kecha munis.
Taloq aylab ketar ul avvali subh,
Bu ish nomus elig‘a bo‘lmag‘ay qubh.
Olib keldi shabistonig‘a muxbir,
Eshikda turdilar birnecha hozir.
Nazar qildi, ko‘rundi bir parivash,
Ko‘ngilni ofati, berahmi sarkash.
Aningdek ko‘rmagan hargiz tushida,
Gahe behush edi, gohe hushida.
Bo‘lub mahkam aning boshdin ayog‘i,
Iki zulfi bo‘lub bandu tuzog‘i.
Visol ichra oni ko‘ydurdi hajri,
Ki shirin jonidin to‘ydurdi hajri,
Tushub ko‘ngliga oning budu asli,
Bo‘lubon talx anda yor vasli,
Tanin o‘rtadi jonining safiri,
Bo‘lub erdi aning zoru asiri.
Necha tadbir ila ul zori nokom,
Ushal qushni o‘ziga ayladi rom.
Kamandi hiyla birla band qildi,
Ayog‘in bandiga payvand qildi.
Dedi:— Ey, gul uzori mohi ofoq,
Ki ishq ichra yurokim aylading toq.
Na ko‘rdung ul qadimg‘i bevafodin,
Ko‘ngil uyinda juz javru jafodin.
Uzuq yipg‘a uloqdur rahnamuni,
Va lekin o‘rtada qolg‘ay tuguni.
Sen ey dur, qimmagingni men bilurman,
Nisoring javhari jonim qilurman.
Yuzungni bir ko‘rub bo‘ldum giriftor,
Maningdek yo‘q sanga hargiz xaridor.
Yorut ko‘zumni sham’i xona yanglig‘,
Kuyubman vasl aro parvona yanglig‘.
Sen ey jonim, mani bechora qilma,
Eshiklarda base ovora qilma.
Pari paykar etib bu so‘zni tahqiq,
Tasavvur ayladiyu qildi tasdiq.
Aroda ahdu paymon bo‘ldi mahkam,
Gado bo‘ldi bu ishdin shodu xurram.
Chu qildi bu qora tun zog‘i parvoz.
Baland etti xurusi subh ovoz.
Nigohbon uyqudin bedor etti,
Maishat mastini hushyor etti.
Dedi:— Ey mehmonkim qolma yo‘ldin
Gadoliq shevasnni berma qo‘ldin.
Bu molu tangani ayla zaxira,
O‘zungni to‘ydurub nonu fatira.
Bu elning obro‘si to to‘kulmay,
Libosi nangu nomusi so‘kulmay,
Taloq ayla budam zebs sanamni,
Yiroq kishvar sari qo‘yg‘il qadamni.
Kim ul mahzuni dardi bedavoliq.
Qoqib ul yerda ko‘si behayoliq.
Dedi:—Ne deb manim uyim buzarsiz,
Tazavvuj aqdini qaydin uzarsiz?
Shariat birla istihkom topgan,
Bu ishdin jonu dil orom topgan.
Hama hayron gadoning ishlarig‘a.
Tafakkur ilgin eltib tishlarig‘a.
Tong otdi, kun yorudi, ushbu mazkur
Mahalla xalqi ichra bo‘ldi mashhur.
Qilibon mashvarat elning tamomi,
Yig‘ilib keldi barcha xosu omi,
Shariat hukmini andesha aylab,
Dedilar yaxshilig‘in pesha aylab;
Eshiklarda yurugan bir gadosen,
Faqiru muflisu bas benavosen.
G‘ani erur base qizning atosi,
Necha Hotam erur oning gadosi,
Aning qizi bilan hamkufv emassan.
Aning birla barobarman demassan.
Tamom o‘ldi anga boziyi shatranj,
Yaqindur mot o‘lg‘ay ul suxan sanj.
Ham ul dam qomatin ozod aylab,
Alarg‘a hilaye bunyod aylab.
Dedi:— Gar aylasangiz so‘zni bovar,
Bayon aylay o‘z ahvolimni yaksar.
Aning so‘zi alarg‘a bo‘ldi ma’qul,
Bayon aylarg‘a ul dam bo‘ldi mashg‘ul.
Dedi:— Erdim o‘g‘ul man komrong‘a,
Edi ul boshchi barcha korvong‘a.
Aning moli jahon mulkini tutkan,
Kim oning shuhrati olamni tutkan.
Atomni necha o‘g‘li bor erdi,
Kecha-kunduz atomg‘a yor erdi.
Manga ul barchadin mehri ziyoda,
Alurdim mol, puldin istifoda.
Tun. oqshom bazmaro ishratda erdim,
Salomat mulkida rohatda erdim.
Mulozim, xodimi zarrin kamarlar,
Musohib gul uzori simbarlar.
Havoyi sayri olam tushti boshqa,
Solib tufroq, o‘zum rohatliq oshqa.
Atomdin oldim ushbu ishga ruxsat,
Dilu joni bila berdi ijozat.
Necha teva, necha otu necha fil,
Alarga yuklatib ajnosi be qil.
Necha qulni maiga hamroh etti,
Meni ul dam alarg‘a shoh etti.
Necha savdogar ila yo‘lg‘a tushtuk.
Tunu kun dashtu sahroda yurushtuk.
Qaroqchi tegdi bizlarga qazodin,
Falak titradi faryodi navodin.
Tijorat ahlin uryon ayladilar,
Xaloyiqlarni giryon ayladilar.
Qumoshu mol o‘shal dam topti toroj,
Kelib erdim buyon ochu yalang‘och.
Kishidin ko‘rmadim hech oshnoliq,
Bu nshdin ayladim oxir gadoliq.
Umid ul kim atom topsa xabarlar,
Yuborgay manga otu simu zarlar.
Adan xalqi eshitib bo‘ldi hayron,
Aning holig‘a bo‘ldi ko‘ngli vayron.
Dedilar: —Komron farzandi bo‘lsang,
Aning tan rishtasin payvandi bo‘lsang,
Sanga bo‘lsun muborzk ushbu bonu,
Ki aysh ayla anga zonu bazonu.
Agar takzib bo‘lsa ushbu atvor,
Judo qilmoq erur yeandin sazovor.
Bu yanglig‘ shart ila ul el bila boy,
Ki muhlat ayladilar anga bir oy,
Bu rang ila alarni ayladi gul,
Ki harqaysi uyiga tuttilar yo‘l.
Dame kim, totsa jomi shodmondin,
Erur behroq umri jovidondin.
Visol ichra kunu tun qilmadi farq,
Aning husnig‘a bo‘ldi on qadar g‘arq.
O‘tadur barq yanglir shodmonliq,
Ko‘runurkim nihoyatsiz yomonliq.
Dam o‘tmay bo‘ldi bir kam o‘ttuz ozod,
Etishti bir zamoni vaqti miod.
Tushub erdi ko‘ngilga hajr vahmi,
Bo‘lub zoyil aning idrok, fahmi,
Ki hijron kechasi emdi yovushti,
G‘amu kulfat o‘ti bag‘rig‘a tushti.
Buzuldi ko‘ngli oni, bo‘ldi muztar.
Dedi, ey podshohi hayyi akbar,
Bu dardimg‘a davo qilg‘uchi sansan,
Ki hojotim ravo qilg‘uchn sansan.
Seni lutfingdin o‘zga yo‘q madadgor,
Erur ma’lum sanga ushbu asror.
Hazin ovoz birla yig‘lar erdi,
Xudoyig‘a munojot aylar erdi.
Qazodin ul Adanning podshohi,
Nihoyatsiz edi xaylu sipohi.
Adolat mulkining sultoni erdi,
Saxovat kishvarining xoni erdi.
Ki har tun suratin tag‘yir aylab,
Yururdi kecha bu tazvir aylab.
Bu yanglig‘ hol ila ul sohib asror,
Bo‘lur erdi viloyatdin xabardor.
Duogo‘ kim erur, badxoh kimdur,
Ki fosiq kim erur, ogsh kimdur,
Nechuk el zolim erur, qaysi mazlum,
Bo‘lur erdi bu ishlar anga ma’lum,
Berurdi zulm ahlig‘a mukofot,
Topib andin tazallum ahln hojot,
Bu yanglig‘ shevani o‘zig‘a odat
Qilib bilur edi nav’i ibodat.
Bu tun ham podshohg‘a sayr erdi,
Ani qasdi bu ishdin xayr erdi.
Gadoning baytul-ahzonig‘a yetti,
Navou ohu afg‘onig‘a yetti.
Darang‘ eylab, hamon dam ayladi go‘sh,
Qilib tasir anga bo‘ldi behush.
Kelib hushig‘a ul jonibg‘a boqib,
Buyong‘a chorladi eshikni qoqib.
yigit chiqtiyu ayladi muloqot,
Ikavi bir-birini so‘rdilar ot.
Shoh oning holatini so‘rdi bir-bir,
Yigit avvaldin-oxir etti taqrir.
Ki shahni holati bo‘ldi digargun,
Yuragi bo‘ldi pora, ko‘zlari xun.
Dedi: men ham musofirman seningdek,
Sani darding erur go‘yo meningdek.
Debon dargohig‘a yondi shahanshoh,
Bo‘lubon ul yigit holidin ogoh.
Kim ul sulton ekonin bilgani yo‘q,
Xayolig‘a bu surat kelgani yo‘q.
Kirib o‘lturdi mehnatxonasida,
G‘amu hasrat bila koshonasida.
Chu tun eulmatlarin qilmoq. uchun gum,
Falak taxtig‘a chiqti shohi anjum.
Jahon ahlig‘a partavdin zaru sim,
Qaram aylab barobar qildi taqsim.
Adan shohi bu yanglig‘ mindi taxtin,
Eyib oldig‘a zarbaft ila raxtin.
Qo‘lig‘a bebaho durlarni oldi,
Barisin jam’ etib raxtig‘a soldi,
Birovni chorladi ul xizmatig‘a,
Ani shod etti nozu ne’matig‘a.
Anga ko‘p va’dalar bunyod qildi,
Ko‘ngil vayronasii obod qildi.
Vale ermas edi bu shahr elidin,
Kishi fahm aylamas savtu tilidin.
Bu asror ichra oni mahram aylab,
Vale og‘zini ko‘p mustahkam aylab.
Dedi: bu xizmatim shoyista qilg‘il,
Tahimmul aylabon ohista qilg‘il.
Bir otg‘a raxtu borin tang oylab,
Anga topshurdi bu nayrang aylab.
So‘ray, so‘ray falon boy uyig‘a yet,
Kuyovini topib, anga bu rang et.
O‘pub ilgin muloqot aylagil saxt,
Ato aylab anga bu ot ila raxt.
Atosig‘a o‘zingni xodim ayla.
Bu xizmatni o‘zingga lozim ayla.
Enib, qaytib meni oldimg‘a kelg‘il.
Farosat aylayu, bu so‘zni bilgil.
Qabul aylab o‘shal dam yo‘lg‘a tushti,
Topibon ul yigit birla ko‘rushti,
Ko‘rub, yig‘lab ko‘zini yosh aylab,
Shah ayg‘on so‘zlarini fosh aylab.
Atong aydi salomi benihoyat,
Mulozimlorina behaddu g‘oyat.
Dedi: farzandima ayla tamalluq,
Jamii molu pul andin tasadduq.
Sening hajringda ko‘zi xira bo‘ldi,
Ko‘ngul mir’oti bul dam tira bo‘ldi.
Eshittikim, olibsan munde xotun,
Alarni ko‘ngli bo‘ldi anda mahzun.
Bu el sendin qilibdur munda nomus,
Xaloyiqlar etibdur anda afsus.
Yubordi ot ila bu raxti borin,
Kechurgay ishrat ila ro‘zgorin.
Bu nayrang ayladi, bo‘ldi ravona,
Yigit oldig‘a keldi ahli xona.
Bo‘lubon jonu dil birla xaridor,
Hama el birla aylab uzri bisyor,
Yigit bu shevag‘a aylab tafakkur,
Topibon har zamon holi tag‘ayyur,
Ikinchi kun yana sultoni xovar,
Uruj etti maqomi taxti axzar!.
Jahong‘a farsh etib zarrin to‘shakni,
Munavvar ayladi saqfi falakni.
Sarir uzra minib shohi karam kesh,
Falak mavkib, malak xo‘, xayr andesh.
Birovni chorladi dog‘i bu mastur,
Atosini tilidin yozdi manshur,
Erur maktub yolg‘on g‘oyibidin,
Kelibdur komronni jonibidin.
Ani mazmuni ul kim ey shahanshoh,
Bo‘lung farzandim ahvolidin ogoh.
Meni o‘lturdi farzandim firoqi
Erur mone’ manga yo‘lni yiroqi.
Muhibbo, oshnoliq hurmatidin,
Ki farzandu otoliq hurmatidin.
Kecha-kunduz ani bazmingg‘a xos et,
Jafoyu javru mehnatdin xalos et.
Anga berdi bu hijron ruq’asini,
Ayon aylab yigitni buq’asini.
Mahalla ahli nchra plkig‘a ber,
Kitobatni bayonin ayla tgqrir.
Olib kelg‘il yigitni hazratimg‘a,
Musharraf ayla johu hashmatimg‘a.
Rasul aydi kelib shahning payomin,
Mubayyan ayladi so‘zni tamomin.
Anga hamroh o‘lub qizning atosi,
Kelib shah xizmatig‘a ikkalosi.
Yigitni chorlabon oldig‘a olib,
Tarahhum ilgini bo‘ynig‘a solib,
Etib javru jafosig‘a taassuf,
Xilur erdi anga hardam talattuf.
Zaru xil’at ila aylab sarafroz,
Evig‘a qiz atosin yondurub boz.
Hamul dam podshohi bosaxovat,
Yigit birla qilib ul yerda xilvat,
Bayon etti hama qilg‘onlarini,
Aning ahvolini bilgonlarini.
Dedi: bo‘lsun bu sir el ichra pinhon,
Ki to topilmag‘ay ayshingga nuqson.
Karamdin aybi uzra parda yopti,
Saxovatdin ani ko‘nglini topti.
Qilibon barcha asrorig‘a mahram,
Bo‘lubon bazmi xosig‘a mukarram,
Fano bo‘lg‘uncha shohi komgori,
Kechurdi ushbu yanglig‘ ro‘zgori.
Kima bo‘lsa ager davlat muyassar,
Bu yanglig‘ bo‘lg‘usi bechoraparvar,
Ilohi ayla oyamni mukarram,
Iki farzandi birla shodu xurram.
Alarning umrini ayla ziyoda,
Hama basta ishin qilg‘il kushoda.
Hamul sulton kabi miskinnavoz et,
Alarning tig‘ini dushman gudoz et.
Ikav bo‘lsin quyosh yanglig‘ jahongir,
Jahon yo‘q balki mulki osmon gir.
Alarning zotini tutg‘il salomat,
Zamona shiddatidin kelsa ofat.
Jahon gulzorn ichra komron et.
Barini davlatidin shodmon et.
Alarg‘a tushmasun hijron balosi,
Omon bo‘lsun ikavining anosi.
Ilohi so‘zlarimni dil psand et,
Qaram birla atodin bahramand et.