Lutfiy tomonidan yozilgan gโazallarni eโtiboringizga havola etamiz. Lutfiy hayotida davomida koโplab gโazallar yozgan.
Lutfiy hayoti va ijodi haqida bu yerda >>>
GโAZALLAR
* * *
Koโzung qorasi fitna, vale oqi balodur,
Jonlar oladur,vah, ne balo koโzi qarodur?
Koโz ustida jon olgโuvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilgโan ne balodur?
Hamdardtur aytay anga holimkim,inongโay,
Gulshandin oโshul bulbuli miskin,ki judodur.
โBosh oโynayinu jon berayin vasl uchunโ โ ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:โYaxshi bahodur!โ
Koโp qilma aning javridin,ey Lutfiy,shikoyat,
Kim,husn elining shevasi payvasta jafodur.
* * *
Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.
Oโrtanmagu koโz yoshiyu oโlmakturur ishim,
Bu qissani ul shamโi shabistonima ayting.
Qat-qat yuragim bogโladi qon gโuncha mengโizlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.
Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul koโzlari choโlpon,mahi tobonima ayting.
Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.
* * *
Meni shaydo qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul,
Xoru rasvo qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Oโqdayin qomatimizni qora qoshligโlar uchun,
Muttasil yo qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Meni yozgโurma โsevarโ deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Koโp taqozo qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Qora moโyin havasi birla qorongโu kechada,
Jonni savdo qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Dushmanu doโst orasinda meni gโofilni mudom
Be saru po qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Oโzgadin koโrma,ki koโzung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurgโon bu koโnguldur,bu koโngul.
Lutfiy hayoti va ijodi haqida bu yerda >>>
* * *
Qadu ogโzinggโa boqsam, oh derman,
Seni koโrgan sayin Olloh derman.
Tilar koโnglim seni olamdau bas,
Bu nisbatin seni dilxoh derman.
Meni haddim emaski,istasa vasl,
โKoโz uchi birla boq goh-gohโ โ derman.
Qusuri tabโdin derman seni sarv,
Erur ul noravo bir oh derman.
Etagingga kishining ilki etmas,
Seni bu vajh ila men moh derman.
Sening qadding bila nozik yururda,
Erur oโzga nima hamroh derman.
Jamoling Lutfiy soโzin qildi rangin,
Sening husnungga โshayโanlillohโ derman.
Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti oโldi agar vafo qilursan.
Jonim chiqadur firoq oโtindin
Dardimgโa qachon davo qilursan?
Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.
Boโynungda qonim, ki bizni, ey koโz,
Xoโblar bilan oshno qilursan.
Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvgโil,
Chun ishq bila marhabo qilursan:
Qon boโldi koโngul firoqingizdan,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan.
Dinu dilu aql boโldi yagโmo,
Jon olgโuvchi ul qaroqingizdan.
Oโqtek boโyimiz egildi yodek,
Ul fitnalik ikki toqingizdan.
Su boโldi jonim,vale damo-dam
Oโtqa yoqilur dudoqingizdan.
Oltun kabi chehra boโldi sorigโ,
Ul sim tikin saqoqingizdan.
Koโrsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ketoring yangoqingizdan.
Bu Lutfiyi xastani soโrungkim,
Bechora oโlar firoqingizdin.
RUBOIYLAR
Sensizin ayshu sururim qolmadi,
Yigโlamoqtin koโzda nurim qolmadi.
Ul quyosh yuzungdin ayrulgโon uchun,
Qaygโudin zarra huzurim qolmadi.
* * *
Sayd qildi bizni jayron koโzlari,
Delva boโldi jon eshitib soโzlari.
Yor agar qilsa inoyat ne ajab,
Qulni chun devona qildi oโzlari.
* * *
Bu ne qoshu gโamzayi ayyor erur?
Bu ne shaklu shevau raftor erur?
Sizga osondur agar men boโlmasam,
Sensizin lekin menga dushvor erur.
TUYUQLAR
* * *
Garchi qurutmas koโzumning yoshini,
Haq uzun qilsun ul oyning yoshini.
Yigโlama koโp, bu vujuding ishq oโti,
Ne qurugโin qoโygโusi,ne yoshini.
* * *
Necha dedim:โUl sanamgโa bormagโin!โ
Qilmadi ul tark oxir bormagโin.
Munchakim,xudrayligโ koโrguzdi ul,
Aql hayrat qildi tishlab barmogโin.
* * *
Men sening ishqingdin,ey dil, bandaman,
Vah,qachon eytkayman ul dilbanda man.
Bevafolargโa meni qilding asir,
Sen menga sultonsan,ey dil, bandaman.
Lutfiy hayoti va ijodi haqida bu yerda >>>