Bosh sahifa » Sherlar » Amir Temur «Temur Tuzuklari» asari. Tarjimai holi

Amir Temur “Temur Tuzuklari” asari. Tarjimai holi

by administrator

“Temur tuzuklari” haqidaTemur tuzuklari

Go’ri Amir yoki Amir Temur maqbarasi

Amir Temur shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni, ishonchimizni mustahkamlash demakdir.

Bu haqda gapirganda, Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron tafakkurining mahsuli bo‘lgan “Temur tuzuklari” asarida har tomonlama aniq, ishonarli va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Samarqanddagi Amir Temur bog’lari

Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga meros qilib qoldirgan “Tuzuklar”ni o‘qisam, xuddiki o‘zimga qandaydir katta ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman. Har bir satri bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan yashagan fidoyi inson, ulkan davlat arbobining keng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot va kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko kitobxon yaxshi anglaydi, albatta. Men o‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik to‘g‘ri ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan, “Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshirokdir”, degan fikrlar bugungi kunda ham naqadar dolzarb ekani barchamizga ayon. Yoki u zotning: “Saltanat ishlarining to‘qqiz ulushini mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirish zarur”, degan ko‘rsatmalarida hozirgi notinch zamon uchun, XXI asr siyosatdonlari uchun ham har jihatdan ibratli fikrlar borligini ta’kidlash joiz.

Bugungi murakkab va tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar uchun, qolaversa, har qaysi ziyoli inson uchun bag‘oyat foydali ekani haqida ortiqcha gapirib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
Ishonchim komilki, yoshlarimiz bu kitobni mehr qo‘yib, tushunib, chuqur anglab o‘qisa, ularning qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi yuksaladi, o‘zining qanday buyuk zotlarning avlodi ekanini yanada chuqurroq his etib, hayotning har qanday sinov va qiyinchiliklarini yengishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetadi.
ISLOM KARIMOV,
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi  Prezidenti

Temur Tuzuklari yuklab olish >>

Amir Temur tarjimai holi >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x