Mundarija
SHavkat Rahmon tomonidan yozilgan sheโrlari toโplami
Shavkat Rahmon sheโrlari
Chaqin boโlma, boโlma guldirak,
yerdan koโpam uzoqlab ketma.
Ovozingni yirtmagin bekor,
Yerni quchma โ quloching yetmas.
Undan koโra biror odamning
Makoni boโl โ irmoqli, soyli.
Shamollarni toโsgan togโi boโl,
Osmoni boโl โ yulduzli, oyli.
TAVSIYA ETAMIZ : SH.RAHMON TARJIMAI HOLI >>
Shavkat Rahmon sheโrlari
* * *
Yogโiladi mayin sas, sado,
Yogโar, yogโar shomurut qori.
Naqadar xush jodugar navo,
Ozod qora sochlar ifori.
Shomurutlar oppoq gulidan
Kuzatarkan fonuslar yoqib,
Yulduzlarning olov selida
Ertaklarga kiramiz oqib.
Tuygโulardan devona koโngil,
Sahargacha yurarmiz daydib
Kelarmikin bu joduli tun,
Kelarmikan, dunyoga qaytibโฆ
KAYFIYAT MANZARASI
Dalv oyi.
Atrofda bir hovuch qor yoโq.
Devona ogโochlar kezmish tumanda.
Koโngilning holini soโrashga yor yoโq,
Joโmard yoโq soโylayin desam Turondan.
Nahrlar soโyilgan,
qonning rangi yoโq,
ichimda boโriday uvlar bir shamol.
qilichday charaqlar oy nurida yoโl,
kenglikda uxlaydi ulkan bir qarol.
Olovdan soโylaymi,
soโylaymi maydan,
darbadar nabiday oโqiymi oyat.
Bu soxta bulbullar namuncha sayrar.
namuncha poโyrozdan oqar haqorat.
Qarol jim uxlaydi bu qish pallasi,
bor-yoโgโin kalamush galasi tashir
shamolda tebrangan ulkan kallasin
talashib-tortqilab qashqirlar gโajir.
Valatlar
aynigan dillarin koโrib,
yopiq darchalarni mushtlaydi titrab.
Ey koโngil,
poyingda bir tuproq boโldim.
Ketmagil,
shu yerda baralla yigโla.
Dalv oyi.
Suronlar toโfonlaridan
qashqirlar tirqirab qochgan bir onda
oโldim roโyjada xob oโpqonlaridan,
jonimni qiynagan yovuz bir qondan.
Qargโalar bosdi soโngโฆ
chilparchin yorugโ,
qorishdi talvasa โ nur bilan roโyo.
Turon kengliklari sorigโdan sorigโ,
ulkan bir oโlaksa yotganday goโyoโฆ
GUL YIGโISI
Qachon gul hidlovdim,
qachon suvlarda
yogโdular raqsini tomosha qildim?
Nasimlar mavjida yelgan hurlardan
koโzlarim uzolmay qachon yiqitdim?
Bilmadim,
xayoliy dunyomidir bul,
judoligโ bagโrimni tugatdi tamom,
yana bu tubanligโ dashtida maqtul
jismimni unutib izlayman paygโom.
Bu yerda vahshiylar yoโl qarar edi
tagโin bir vallamat qonini istab,
tunlarning yirtilgan koโlkalarida
valilar soโngagin gโajirdi itlar.
Ochiq mozorlarning qirgโoqlarida
tiltari ikkiga ayritgan qullar,
vaqtning sargโaygan chirmoblarida
yuragi yorilib oโlgan bulbullar.
Suvlar ham irigan,
irib yotar Sharq
tunlarni yoritgan mayxonalarda,
yovuz qon girvatin qaโriga qarab,
zavjalar yigโlardi vayronalarda.
Osmon yiroq edi,
yer esa qattiq,
tobora olislab borar quyosh ham,
bunda gโofillarning qismati achchiq,
bunda qattollarning boshlari toshdan.
Voy, kunim,
mahsharga toโqingan kunim,
soโnggi koโzlarimdan eriganda yosh,
Bilolni chaqirdim, ey, buyuk qulim,
manov xoqonlarning quloqlarin och.
Ammoki Bilol yoโq,
milyon Jahl bor,
milyon qoโllarida qonsiragan tosh,
zulm zulmatining ogโushida xor
bitta gul,
yolgโizgul yigโlardi, xolos.
Yovuz bir darbadar bor edi tagโin,
bor edi qoโynida intiqom tigโi,
bor edi yogโdular singan betayin
dunyodan yuksalgan
bir goโzal yigโi.
Dunyoga keldimmi yoki qaytdimmi,
kimsasiz dashtlarning qaโrida nechun
ilk bora angladim yolgโiz dardingni
kechalar tubida yigโlagan, ey gul.
TAVSIYA ETAMIZ : SH.RAHMON TARJIMAI HOLI >>
Shavkat Rahmon sheโrlari
QIZIL OLMAGA QASIDA
Yiqildim kuzakning qoraligโida,
tun-da bir chayqaldi,
asta tinchlandi.
Borligโu yoโqlikning oraligโida
koโzimga koโrindi olam sinchlari.
Yotardim toshdayin jimlik tubinda,
xayolim โ bemahal soโlgan gunchadir.
Voy, koโnglim, desammi
jimlik suvinda,
ayt, koโnglim,
kimlarga kuyding bunchalik?
Vaqt ham tun boโyi yulduz qoni-la
ularkan koโnglimning siniqlarini,
tirildi bir dilbar saboh yonida
tolgโin qush galasi โ
xoโrsiniqlarim.
Shunda dimogโimga boโying urildi,
tagโin yurilmagan yoโl boโldi olam โ
ulkan bir sayyora boโlib koโrinding,
menday bir faqirga, olmajon, olma!
Manim, kichik koโnglim,
ay, shoir koโnglim,
nokaslar raโyiga tushmagan koโnglim,
dunyoning million xil noz suvratidan
bir qizil olmani xushlagan koโnglim!
Olmajon,
tushdingmi osmon bogโidan,
qaysi bir dunyodan elchi boโp kelding.
Koโnglim soโlar chogโi tun qiynogโidan,
nahotki, fazoda olovday yelding.
Manim kichik koโnglim,
ay, shoir koโnglim,
tagโin kunduzlarning ishqidan bedor.
Olmani olamga otaman toโlib,
bormisan,
bormisan, bu dunyoda, yorโฆ
BAHORNING ILK KUNIDA AYOLINI KOโRGAN
SHOIR KECHINMASI
Bu ayolโฆ
Koโzimga qushday koโrindi,
musicha,kaptarday surganda xayol.
Qaydanam sozladim tasavvurimni,
qushga oโxshayverar hadeb bu ayol!
Goโyo xob elitganโฆ
Suvrati soโlgโin,
sezdirmay jilmayar goโyo humoylik.
Soโlish yo giryami- gโalati toโlqin,
koโzlari hazinlik yoxud xumorlik.
Bahorga oโxshatsamโฆ
bahor yarashmas โ
bu ayol bahordan ming bora goโzal.
Poyiga tashlashga โ qalbni tarashlab,
yoniq soโzlar kerak,
samimiy soโzlar.
Bahorning bir zumrad boโsagโasida
kaftlari qushlardayโฆ
Ovozsiz soโylar.
Dunyo, bu ayolga oโxshatadigan
bormi biror timsol qushingdan boโlak.
Hadikli nigohni sirli qirida
osmonni chogโlarkan qushday begโubor,
Sezaman,
ayolning nozik kiftida
qanday ogโir soโzlar,
gโamgin soโzlar bor.
Koโrinmas soโzlarni ayol kiftidan
birma-bir olaman sehrgar kabi.
Qoโllari titraydi ayolni birdan,
koโzlari titraydi,
titraydi labiโฆ
Goโyoki parvozdan oldingi holat.
nozik kiftlarida eng soโnggi malol โ
goโyoki soโnggi soโz,
ogโir soโz qolgan,
soโnggi soโzni olsang,
uchguday ayolโฆ
BASHORAT
Surilar bu temir pardalar,
istibdodning togโlari qular,
mogโor bosgan qora qaโrlardan
milyon ozod ruhlilar turar.
Toโsib boโlmas soxta vahiy-la,
yolgโon shior,
safsata bilan,
hur fikrni bosgan vahima,
dabdabayu asโasa bilan.
Qular qonda suzgan qasrlar,
judab yirtar sangin saltanat,
soโqir boโlar asriy nahsdan
bino boโlgan yovuz shaytanat.
Kelar,
kelar buyuk mehrdan
kiftlar kiftga bosilajak kun,
gโamdan forigโ jez kallalar ham
koโkraklarga osilajak kun.
Porlar toshga doโngan soโzlarim,
porlar mangu odamiy ruhim,
porlar Haqqa tashna koโzlarim,
Xudo bergan mangu anduhim,
yorugโ anduhimโฆ
TARIQAT
Dunyoga sigโmadim,
sigโmadi dunyo,
gโurbatdan toraygan tabiatimga.
qop-qora chechakday sochilmish hulyo
joโmardlar koโmilgan tariqatimga.
Mayliga,
chechaklar qop-qora boโlsin,
yiqitsa shu yoโlda yiqitsin taqdir,
qurtlagan istaklar shuโlasi soโlsin,
xudoyim siylagan hurligim yaxshi.
Bichilgan qullarning,
qulzodalarning
malak siymolarin oโynatgan dunyo,
yaralgan lahzadan hur odamlarni
iblislar tilida soโylatgan dunyo.
Chiroyli ermaklar mahzanidir ul,
magโizi qaygโudan,
poโstlogโi zardan,
sargโarar ochilmay turib qizil gul,
tuprogโi jimgina qusgan zahardan.
Chayqalar jaholat ogโochlarida
necha ming Mashrabu
Mansuri Hallojโฆ
Hamon yuksaladi yoโl boshlarida
odamzot qoniga toโymagan jallod.
Tokay bu iblislik,
tokay bu yolgโon,
tokay tigโ koโtarar qora guruhlar,
tokay bijgโib yotar gโarib alamon
ichiga tiriklay koโmilgan ruhlar.
Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yogโdu,
chin ishq yolqinlari bagโrimga toโlsin,
jismimni toblasin faqat chin ogโriq,
chechaklar qop-qora boโlsa-da boโlsin.
Bagโri keng xudoyim
kechirib qoโyar,
yiqilsam yetmay ul haqiqatimga,
koโmilsam koโmilay oโlimi goโzal โ
joโmardlar koโmilgan tariqatimga.
OTGA QIYOSIY QASIDA
Shaklga qamalib qolgan alanga,
jismida chayqalib pishgan qoni bor,
quvvatu gโussaning qorishmasidir,
bahaybat nafasli,
horgโin jonivor.
Suvliqdan yirtilgan ogโzi tegaru
maysalar qovjirab qolar adirdaโฆ
Ucholmas yukining ogโirligidan โ
ulkan qanotlari boโlgan qadimda.
Men seni esladim
katta goโdak ham
toโrt bola tashvishin kiftiga ortib,
hamisha parvozni qoโmsab yashagan,
koโzlari gโussali,
chiroyli otim.
Oโzim ham anovi qorabayirday,
qonim-da sovigan, oโychan, beqanot,
yagโir kiftlarini pashshalar talar,
kimlarning yukini tortmagan bu ot.
Sagโrisi yalt etar
xira oydindaโฆ
oqargan dalalar, kuygan adirlar,
ular ham qachondir parvozlar qilgan,
ulkan qanotlari boโlgan qadimda.
Oโxshatibโฆ
oโylasang oylar yetmaydi,
ot kabi oโtlasang joylar yetmaydi,
oโlguday tashnasan,
chanqoq bosdiga
chat-chil sinib oqqan soylar yetmaydi.
Oh-h, koโngil,
bir nafas otga aylansak,
eng koโrkam baytalga mahkam boylansak,
bir shoir kelsayu
uning sheโrida
eng baxtli, eng erkin zotga aylansak.
Hoโy, ot desa,
hoโy, baxtiyor ot,
siz โ shoir, men otga aylansak desa,
oh-h, koโngil,
hah, koโngil,
yana nimalarni tusaysan besar.
Buyuk tun toโladi hansiroqlarga,
ularga qoโshilar shoir sasi-da,
aylanar, aylanar,
mangu aylanar
nafaslar toโrt fasl doirasida.
YOโLBARS
Mangu qochar, qochar togโlardan,
oโrmonlardan, changal, toโqaydan.
Dunyoda koโp yashagani yoโq,
ammo buncha dushmani qaydan?
Shoโrlik yoโlbars qayga qochmasin
faqat ovchi yoโlini toโsdi.
U hech qachon qochmasdi,
ammo oโziga ham yoqardi poโstin.
QASIDA
Daraxtlar โ
zaminning ogโriq jonlari,
zaminga bulutday soyasin tashlar,
daraxtlar osmonning boshlanishida
qoโrquvdan keyingi umrni yashar.
Daraxtlar
qoโrqmagan metin shamoldan,
kimdir kesib ketar, demay koโkargan,
ulugโvor boshlarin ona-zamindan
kuchi yetganicha yuksak koโtargan.
Daraxtlar
xatarga ochiq ochunda
quyosh qarshisida rasmga tushar.
Uzoq-uzoqlardan xilvat shoxlarin
sogโinib keladi toliqqan qushlar.
Koโp koโrdim,
kimsalar boโgโizlarida
mumdek qotib ketgan saslarni koโrdim,
ming yillab ulugโvor boshlarin yerdan
koโtarolmay yotgan kaslarni koโrdim.
Qancha sinoat bor,
qancha tilsim bor
nurlar saltanatin har girvatida,
maโnisi: jamiki tirik zot borkim,
xiyonat qilmasin tabiatiga.
Daraxtlar โ
men itday sezdim oโzimni,
goโyo tirik jonmas,
kesilgan dastman,
boshimni koโtarib sizga qarayman,
naqadar balandsiz, naqadar pastman.
BU QIZIQย : SH.RAHMON TARJIMAI HOLI >>
Shavkat Rahmon sheโrlari
SOโNGGI QISHLAR
Isfandiyorga
Suq bilan tikilding,
Talashding keyin,
Qiz talashgan kabi dagโal, jangari.
Balki sogโinchdandir,
Balkim shunchaki
Anordan zavqlanding bola singari.
Anorni yemading,
Sovuq fevralda
Sen uni asrading,
koโz-koโzlab, suyib.
Bizlardan qizgโonib, kulguli holda
Yotding yostigโingning ostiga qoโyib.
Biz-chi, ยซqariyaยปlar,
Yangi-da, derdik,
Xayol ham qilmasdik tortib olishni.
Sen birinchi qishni oโtkazar eding,
Biz-chi, oโtkazardik beshinchi qishni.
Keyin nima boโldi, ha, keldi bir qiz,
sochlari sap-sariq,
koโzlari koโm-koโk.
Anor sovgโa qilding,quvondi cheksiz,
Sen mamnun jilmayding, achinmading, yoโq.
Mana yillar oโtdi,
Eslayman seni,
Sening ham ortingda soโnggi qish qolar.
Kimnidir mazaxlab kulasan endi,
Anorni sogโinar endi boshqalarโฆ
Ular ham sheโr yozar dilbar kuzlarga,
Orziqib kutishar bahorlarini.
Berishar koโzlar koโm-koโk qizlarga
Quvaning ajoyib anorlarini.
SHABI XAYOL
Jismingda jon boโlsa,
undan hazar qil,
haqorat โ xotirga sanchilgan nayza.
Sezaman โ poyonsiz qorongโilikda
chinqirib oโsadi xoโrlangan maysa.
Sezaman โ bevaqt kesilgan daraxt
battar koโkarishni oโylab shaylanar.
Sezaman โ ne yildir zahardan karaxt
zamin oโz uyida dashtga aylanar.
Xavflidir xotirot oโramalari,
ne-ne haqoratni yutsa qaโriga,
jim yutib yursayu
minglab yildan soโng
yuzaga chiqarsa ancha naridan.
Hazar qil,
haqorat zarralarini
mukofot sanagan xotirasizdan.
U qaysi tomonga yursa, baribir,
dod yoki haqorat qolar izidan.
Mana, xotirasiz,
xayol kuchini
butun borligโi-la toptagan dajjol,
u guldek ayolning oโt ogโushiga
haqorat urugโin ekar bemalol.
Dunyo โ oโzi nima,
dunyo โ yuksaklik,
yuksak manziliga qaytadi xayol
va lekin bu ayol xokisor nega?
nega haqoratga chidar bu ayol?!
โฆYulduzlar baqrayarโฆ
Yogโdu bodida
sollanib chayqalar qamar โ belanchak.
Oโh, qanday haqorat,
oโh, shabi zolim,
ovozsiz chinqirib kelar kelajak.
SHOIRLAR XIYOBONIDA
Har mahin laylida
jonlanar haykal,
jon kirar Navoiy hazratlariga.
Tongacha dunyoni aylanib qaytar,
bezib haykallarning hasratlaridan.
Ayniqsa,
bahorni xoโb koโrar hazrat,
jannatday shaharning harir shablari,
bulduruq shuโlalar yoshartgan ravza
ancha ravshan qilar nozik taโblarin.
Istaklar
shabiston qavatlarida
ishqu noz mayidan boโlganda luchchak,
xoโbroโylar zulumot valatlariga
bargak lablaridan berganda muchchi,
hazrat dunyo kezar,
koโhsoru yovar
mazgildan oโtarkan bamisli sharpa,
goโyoki tagida chaqmoq โ takovar,
bir kech Hirot jonib,
bir kecha โ Mashhad.
Doim tonglab qaytar,
chiqar taxtga
tinglar haykallarning hasratlarini.
Yuragi ezilar boโlgancha karaxt โ
oyogโi yoโq edi pastdagilarningโฆ
Ammo osmon yiroq,
zamin qattiq-da,
tagโin andomiga qaytar tolgโinlik.
Tagโin xayol surar turgancha tikka,
hazratni qiynaydi hamon yolgโizlik.
MUHABBAT
Muhabbat โ chiroyli kapalak,
qoโrqaman shoโrlikni tutgani.
Kapalak quvganim yonimda,
yodimda yoโq ammo yetganim.
Yuragim ranjigan boladay
na ermak, taskinga koโnadi.
Muhabbat โ chiroyli kapalak,
hali ham gullarga qoโnadi.
Ortidan halloslab chopaman,
xijolat boโlaman gโoโrlikdan โ
qanchalik yugurmay, baribir
orqada qolardim shoโrlikdan.
ORZU TASBEHI
Ajoyib kunlarning birida
uygโonib ketaman uyqudan,
yurakning eng chuqur yerida
ogโriqqa aylangan tuygโudan.
Bir qoโshiq boโlaman daryoday
yurakning eng chuqur yerida,
boqaman dunyoga dunyoday
ajoyib kunlarning biridaโฆ
ASOTIRLAR KITOBI
Javshanlarin yechmayoq,
yechmay qurol-yarogโin,
uxlab yotar botirlar
vodiylarda qorayibโฆ
Ochsanggina kitobni
nogoh bari uygโonar.
uygโonar butut yoli,
yashindayin tulporlar.
Bir gโururmi yo hayrat
paydo boโlar koโzingda,
botirlarni uygโotib,
uygโonasan oโzing ham.
Uygonasan, oโzgacha
yolqinlanar tonglaring.
tutqun ikki tomirda
potirlaydi qonlaring.
Ammo ketar chogโingda
unutmagil insofni โ
bolalarning oldida
ochiq qoldir kitobni.
SHAHRI HOL
Shuhrati sochildi bodiyalargaโฆ
zarbadan beshtaga boโlindi anduh.
Yillarga yem boโlgan obidalarda,
tinimsiz aylanar chinqiragan ruh.
Buzildi azob-la qurilgan dillar,
ilinjdan oโzga bir tuygโu qolmadi.
Nasabin bilmagan shoโrlik yetimlar
gโaflatda uxladi,
kimlar yigโladi.
Fitnalar domida pishgan zulmdan
ayovsiz bosildi qoโzgโalgan yodlar.
oโzlikni toptagan makkor ilmdan
kulguga aylanib ketdi faryodlar.
Kim qoldi?
Iblisning makriga uchib,
qirpichoq boโlguvchi alamon qoldi,
yuz yillik adovat zahrini qusib,
qoniga gโarq boโlgan gโalayon qoldi.
Kim qolur?
Hattoki soโnggi lahzada
koโzlari toโymagan jobirlar qolur.
oโlim-la oโynashgan nazm avjida
yuragi yorilgan shoirlar qolur.
Turkiston โ
tarixi harbistonlarda,
toโkilib bitdimi buyuk qomatlar?
Ruhi dod solmasdi qabristonlarda
qaddini koโtarsa agar nomardlar.
Buyuk ruh chinqirarโฆ
Mudhish saroyda
zinodan toโralgan necha dahriy zot
urchitar malaklar tugโilgan joyda
oโzagi aynigan yangi mahluqotโฆ
Demak. bor.
bahaybat zulm bor hali.
hali bor odamni quvgan ovchilar.
shundan donishlari ovsaru dalli,
oโgโriga aylangan dono tojirlar.
shundan chumchuqyurak poshsholari gung,
faqirlar koโnikkan balo, qahatga,
shundan vodiylarda oโsib yotar mung.
hattoki bulbuli oโxshar kalxatga.
Turkiston โ
toโzonday toโzgan jigarlar,
jigarlar yoโlinda temir tikanlar,
gadolik ilmini oโrgatar endi
ajdod-ajdodi-la bosib shilganlar.
Burgโular chirigan โฆ
zanglagan tigโlarโฆ
itlar tomoq ichar oltin tojidan.
moziyga tikilib mugโanniy yigโlar.
sheโr yozib oโtirar lashkarboshilar.
BU QIZIQย : SH.RAHMON TARJIMAI HOLI >>
Shavkat Rahmon sheโrlari
KENGLIK SOGโINCHI
Armonim ulgโaydiโฆ
kecha soโylardim โ
qaniydi boโlsa deb birorta mard doโst.
Bugun qon yigโlarman โ
degiz boโlsaydi,
boโlsaydi ulugโvor ummonlarga yoโl.
Armonim ulugโdirโฆ
koโzyoshim ulkan,
oโlsam, jasadimga yurtim toโlajak.
Soโnggi zuryodimni zaharlar qullar,
soโnggi chechaklarim aynib soโlajak.
Ey beklar,
zahar ich โ oโzbeging qolib,
oโzgaga boโysunding,
oโlganing shuldir.
Shundanmi, boshida teridan qolip,
saksovul singari mayishgan budun.
Bir sahroโฆ
samoga tikilar bandaโฆ
eryuzli xotinlarโฆ
xotun yuzli er.
Oโzlikni oโstiray.
bormu mahzanda
xoinlar siydigi sachramagan yer?..
Hoy,odam, kim eding,
topgan tutganing
bir boโlak yombimas.
qoโrqinchli bezak?!
Shoirlar sigโingan oโsha yurt qani?
Erkim deb tutarsan bir parcha tezak.
Dengizga quyilmas birorta daryo,
qumlar qamalida bijgโigan diyor.
Bu yoโlning soโngida bir ulkan faryod,
bir oโlim, bahaybat bitta oโlim bor.
Yigโlasang yigโlagin
bitta dengizday,
jondan toโygan boโlsang,
ummon kabi oโl,
chunki bir dengiz yoโq taqir kenglikda,
chunki yoโq ulugโvor ummonlarga yoโl.
BU QIZIQย : SH.RAHMON TARJIMAI HOLI >>
QASAM
Shavkat Rahmon degan
bir oโjar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maโnisin juda koโp oโylab,
sayladim soโzlarning
saralarini.
Har bir soโz
yuz soโzning oโrnini bosar โ
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir soโz yetajak yuzta umrimga,
har biri baxsh etar
ruhimga shodlik.
Hozirlik koโrarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
moโralab oโtirgan goโzal soโzlarni,
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul boโyin taratgan
bu oโynoqi soโzlar menikimasdir.
Menga nonday zarur, qilichday keskir,
zaharday mard soโzlar boโlsayoq basdir.
Sayladim soโzlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman,
endi har narsa โ
egilgan narsalar tegar gโashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim soโylamasin yolgโonni hech kim,
tokim buyuk togโlar saltanatida
egilgan boshlarni
qilichlar kessin.
Shavkat Rahmon sheโrlari yoqdimi.
TAVSIYA ETAMIZ : SH.RAHMON TARJIMAI HOLI >>