Mundarija
Shavkat Rahmon hayoti va ijodi. Sh. Rahmon sheโrlar toโplami
XX asr oโzbek sheโriyatida 70 โ 80-yillar avlodining ijodiy izlanishlari, adabiy jarayonlardagi muqim oโrni alohida eโtiborga molik. ShavkatRahmon, Usmon Azim, H.Xudoyberdieva, Xurshid Davron, Q.Rahimboeva, Yoโldosh Eshbek kabi bir qator shoirlarning adabiyotga kirib kelib, oโz soโzlarini aytishi tasodifan paydo boโlgan emas.
Aksincha, maโlum adabiy-ijtimoiy zamin va ehtiyojga tayanadi. Endilikda bu avlod vakillarining har biri individual ijod yoโli, uslubi, oโz adabiy ย taqdiri bilan shakllangan ijodkorlar sifatida tanildi. Ularning ijodi XX asr oโzbek adabiyotining ulkan oqimida boshqa davrlar sheโriyatidan mavzular mushtarakligi, ohangdagi oโziga xoslik va poetik soโzning yangi qirralarini kashf etishi bilan ham farqlanib turadi.
Sh.Rahmon haqida
Isteโdodli shoir Shavkat Rahmon 1950 yilning 12 sentyabrida Oโsh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tugโilgan.
1966 yilda oโrta maktabni tugatgach, qurilishlarda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishlaydi.
TAVSIYA ETAMIZ : SH.RAHMON SHEโRLARI OโQISH >>
1973 yilda Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koโchib kelib, Gโafur Gโulom nomidagi Adabiyot va sanโat nashriyotida muharrir va boโlim boshligโi, Oโzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masโul xodim boโlib ishlaydi.ย U shoir sifatida oโzining takrorlanmas ovozi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi.
U uzoq davom etgan ogโir xastalikdan keyin 1996 yil kuzida olamdan oโtdi. Shoirning dastlabki sheโrlari Oโsh viloyat gazetalarida bosiladi.
Shavkat Rahmon Sheโrlari
Birinchi sheโriy toโplami ยซRangli lahzalarยป (1978). Shoirning ยซYurak qirralariยป (1981), ยซOchiq kunlarยป (1983), ยซGullayotgan toshยป (1984), ยซUygโoq togโlarยป (1986), ยซHulvoยป (1988) kabi bir qator sheโriy toโplamlari bosilib chiqadi.
Shoirning oโz qoโli bilan tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan ยซSaylanmaยป toโplami (1997)ni koโzdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara asarlari qatorida xastalik damlarida bitilgan sheโrlarga ham duch kelasiz.
TAVSIYA ETAMIZ : SH.RAHMON SHEโRLARI OโQISH >>
Yutuqlari
Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Lorkaning goโzal sheโrlarini rus va ispan tillaridan tarjima qilib, ikki marta nashr ettiradi (1979-1989) va oโzbek oโquvchisining maโnaviy dunyosini boyitishga hissasini qoโshgan.