Samarqand qadimiy shaharga ekskursiyaga ajoyib qo‘shimcha, butun Markaziy Osiyodagi eng qadimgi vino zavodlaridan biri – M.A. Xovrenko nomidagi vino zavodining sharobini tatib ko‘rish bo‘ladi.
Xovrenko vino zavodi.
Kichik vino ishlab chiqaradigan zavodcha 1868-yilda mahalliy uzum navlaridan sharob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun maxsus kelgan rus tadbirkori Dmitriy Filatov tomonidan ochilgan. To‘rt yil o‘tgach, “Filatovning Samarqand uzum sharobi” Parij va Antverpenda bo‘lib o‘tgan jahon vino musobaqalarida oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi. Tez orada esa bu sharoblar Rossiya imperiyasining Imperatorlik saroyiga berila boshlandi.
Oktabr inqilobidan keyin zavod natsionalizatsiya qilindi, Filatov esa Samarqandni tark etishga majbur bo‘ldi. Ketishdan oldin, u fabrikaning podvallaridan biridagi yashirin joyga o‘zining vino kolleksiyasini yashiradi. Bu maxfiy joy 50 yil o‘tgach, zavodni rekonstruksiya qilish paytida topilgan. Yarim asr o‘tgach, bu vinolar o‘z ta’mini yo‘qotmagandi, balki yanada pishib, boy ta’mga ega bo‘lgandi. Hozir Filatov sharoblari kolleksiyasi zavodning vinochilik muzeyida saqlanmoqda.
Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami
1927-yilda taniqli olim, vinochi va kimyogar Mixail Aleksandrovich Xovrenko vino zavodining boshlig‘i bo‘ldi. Bu Samarqand zavodining ikkinchi tug‘ilishi edi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan vinolarning aksariyati Filatov va Xovrenko yetishtirgan uzum navlaridan tayyorlanadi.
Vinochilik muzeyi va tatib ko‘rish xonasi 19-asr oxiridagi tarixiy binoda, rus savdogari Filatovning uyida joylashgan.
Ekskursiyadan so‘ng muzeyga tashrif buyuruvchilarga zavodda ishlab chiqarilgan eng yaxshi 10 navdagi ichimliklarni tatib ko‘rish taklif etiladi. Qo‘shimcha haq evaziga siz zavodning chuqur podvallarida saqlanadigan o‘tgan asr kollektsion vinolarini tatib ko‘rishingiz mumkin.
Zavodning vinotekasi o‘zining ko‘p yillik tarixiga ega. Kollektsiyaning eng bebaho va noyob, qimmatli ekzemplyarlari zavodning asoschisi Filatov tomonidan saqlashga qo‘yilgan. Shunday qilib, uni vinotekaning asoschisi ham deb hisoblash mumkin. U ham o‘zi ishlab chiqargan vinolarni, ham boshqa davlatlardan keltirilgan vinolarni saqlash uchun joylashtirgan. Ularning ichida 1908 yilgi “Oq portveyn”, 1913 yilgi “Griv de Gran”, 1912 yilgi “Margo Bryunner”, 1924 yilgi «Magarach», 1924 yilgi «Medok», 1924 yilgi «Pontekins», 1926 yilgi «Marsala» kabi o‘ta noyob vinolar bor.
Uzoq muddat o‘tgan bo‘lsa ham, ushbu vinolar o‘zining boshlang‘ich xususiyatlarini yo‘qotmagan. Vinoning qadriga etuvchi asl shinavandalarini hayratda qoldirib, qoyil qoldirishda davom etmoqda. Oliymaqom xalqaro komissiyaning a’zolari, butun jahonda mashhur bo‘lgan vinochilik arboblari, shu jumladan, Qrim vinochilari ittifoqining prezidenti V.A.Zagoruyko va texnik fanlar doktori G.G.Valuyko degustatsiya uchun taqdim etilgan kollektsiyaviy vinolar – 1914 yilgi «Malaga», 1916 yilgi «Oq shirin» vinolariga nihoyatda yuksak baho berib, ularning hayratlanarli ajoyib ta’mi buketiga turgan holda qarsak chalgani bejiz emas. Albatta, bu ularning mahsulot sifatiga berilgan eng yuksak bahosi deb hisoblanadi.
7 pir ziyoratgohi. Buxorodagi buyuk avliyolar tarixi
Xovrenko nomidagi AJ ning markali vinolarini saqlash fondi asosli tarzda respublikamizning “Oltin fond”i deb hisoblanadi. Vinolarni saqlash uchun joylashtirish uzluksiz davom etadi. Enotekaning ahamiyatini hisobga olib, kombinat rahbariyati uni tegishli holatda saqlash va doimiy to‘ldirib borish yuzasidan barcha kerakli choralar ko‘riladi. Mahsulotni saqlash uchun, joylashtirish uchun mo‘ljallangan yangi xonalar barpo etilgan. Bu erda saqlash uchun kerakli sharoitlari yaratilgan: optimal harorat saqlab turiladi, boshlang‘ich tiqin-yopish materiallari to‘lib almashtirilgan. O‘z-o‘zidan bu jarayon kollektsiyaviy vinolarning sifatini chaqlashga imkon beradi, chunki ularning asosiy maqsadi – Samarqand vinochilarining mahsulotini xalqaro bozorda munosib darajada ifoda etish hisoblanadi.
Bugungi kunda Samarqand Xovrenko vino zavodi – mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning ravon ishlovchi mexanizmiga, a’lo yo‘lga qo‘yilgan texnologik jarayoniga va yangilangan jihoz-uskunalariga ega bo‘lgan katta quvvatli korxonadir.
Bu jahon darajasida nom qozongan kombinatdir, chunki hozirgi paytda dunyoda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning faqat 5% qismigina shunchalik uzoq va sharafli faoliyat tarixiga ega bo‘lgan.
Xovrenko rasmlari
Samarqanddagi tinchlik va birdamlik muzeyi