O’zimiz haqimizda faktlar
✔️ Ilmiy tadqiqotlar shunga ishora qilib aytayaptiki, koʼp yoqimtoy odamlar boshqalarga nisbatan eng koʼp aziyat chekadiganlar toifasiga kirar ekanlar.
✔️ Har qancha stress xolatda boʼlmang, sovuq suv bilan yuzingizni yuvib tashlasangiz stress xolatini va xavotirni kamaytirar ekan.
✔️ Tabiiyki, muloyim munosabatda boʼlsangiz koʼpchilik sizdan foydalanib qolishga urinar ekan.
✔️ Siz aloqa qiladigan shaxslar soni ozaygan sari muammolar kamayib, diqqat eʼtiboringiz oshib boraverar ekan.
✔️ Oilada toʼngʼich farzand oʼgʼil yoki qiz boʼlishiga qaramay aql va zakovat sohibi boʼlishlari koʼp kuzatilgan ekan..
![]() |
Farzandingiz haqida 10ta fakt |
✔️ Koʼpchilik his-tuygʼularini ifoda etib berolmaydi. Ular sovuqqon yoki shavqatsiz boʼlganliklari uchun emas, balkim ular asosan yaxshi gapira olmasliklari tufayli ekan.
✔️ Tashnalik xotira elementiga qattiq taʼsir qilar ekan. Tanada suv yetishmasligi tufayli miya hujayralarining faoliyatini zaiflashtirib, oqibatda ongsizlik va bemaʼni harakatlarga sabab boʼlar ekan.
✔️ Hayotingizdagi eng afzal inson bu ushbu jumlani oʼqib boʼlgach hayolingizga birinchi boʼlib kelgan shaxs ekan.
✔️ Matnli xabarlarga tezda javob beradiganlar, bir kishi javobida kechiksa tezda bezovtalanib ketadigan shaxslar turiga kirar ekanlar.
✔️ Ochlik – odamlarga gʼazab, xavotir va qaygʼu kabi his-tuygʼularni nazorat qilishda qiyinlashtirar ekan.
✔️ Yoshingiz necha yoshda boʼlishiga qaramay, oʼzingizni juda qulay his qilgan odamlar bilan boʼlganingizda, yosh bolalarcha hatti-harakatlar qilar ekansiz.
✔️ Doim oʼzi haqida gapiradigan inson bu boshqalarni koʼp bezovta qiladigan shaxslar turiga kirar ekan.
✔️ Uygʼonganda boʼladigan yuz tuzilish haqiqiy yuz shaklidir. Chunki mushaklar boʼshashgan payt hisoblanadi. Soʼngra kun davomida bu mushaklar turli xil yuz ifodalariga oʼzgara olar ekan.
✔️ Odamlarning 90% dan ortigʼi yuzma-yuz turganda ayta olmaydigan soʼzlarini matinli xabarlar orqali yuborar ekanlar.
✔️ Koʼpincha odam yozgan xatini yuborib boʼlgach bemaʼni ekanligini tushunib yetar ekan.
✔️ Inson yetarlicha uxlab olmasa, odatdagidan koʼra koʼproq ovqatlanar ekan.
✔️ 90% odam qachonlardir oʼzining eng aziz deb bilgan doʼsti bilan gaplashmay qoʼyar ekan.
✔️ Psixologning aytishicha, aziz insonini yoʼqotish yoki sevgilisidan ajralishning psixologik ogʼrigʼi vaqt oʼtgandan keyin ham u ichki immunitetda boʼlib, oʼsha alamli ogʼriqga qarshi kurashar ekan. Vaqt oʼtgan sayin esa inson kuchga toʼlib boraverar ekan.
![]() |
Insonning umri davomidagi muvaffaqiyat kaliti. |
✔️ Oʼz hayotlari haqida shikoyat qiladigan insonlarni tinglash tez-tez sizga yomon ruhiy taʼsir koʼrsatar ekan.
✔️ Psixologiya aytadi, inson yostiqni uxlayotganda quchib yotsa u oʼsha odamni haqiqatdan ham yoʼqotganligini bildirar ekan.
✔️ Qichqirish yoki yigʼlash ogʼriqni 50% gacha kamaytirar ekan.
✔️ Аgar siz tirnoqlarni uzaytirishni yoqtirsangiz unda bilib qoʼying, shaytonlar uning ostiga yashirinib oʼsha yerda yashar ekanlar. Bu esa sharif hadislarda vorid boʼlgan.
✔️ Yaxshi nasihatlar beradigan shaxslar koʼp muammolar bilan chambarchas bogʼliq boʼlar ekanlar.
✔️ Oʼlim sening solih boʼlishingni kutib turmaydi. Аksincha, sen solih boʼl va oʼlimni kut!
✔️ Sen kutmagan shaxs sening qaygʼuyingga sababchi boʼlsa, qaygʼuying ikki barobar oshar ekan.
✔️ Koʼpchilik pul toʼplash uchun oʼz sogʼligʼini yoʼqotadi. Keyin sogʼligʼini tiklash uchun pul sarflar ekan.
O’zimiz haqimizda faktlar
Tavsiya etamiz: Farzandingizni go’zal axloqqa o’rgatish yo’llari