Muvaffaqiyat kaliti
4 yoshingda muvaffaqiyat — ishtoningni hoʼllab qoʼymasliging.
8 yoshingda muvaffaqiyat — uyingni mustaqil topib kela olishing.
12 yoshingda muvaffaqiyat — atrofingda doʼstlaring boʼlishi.
18 yoshingda muvaffaqiyat — mashina haydashga guvohnomang boʼlishi.
23 yoshingda muvaffaqiyat — oliygohni bitirishing.
25 yoshingda muvaffaqiyat — ish topa olishing.
28 yoshingda muvaffaqiyat — oʼzingga munosib kishi yoki ayol bilan turmush qurishing.
30 yoshingda muvaffaqiyat — farzandli boʼlishing.
35 yoshingda muvaffaqiyat — mol-dunyoga ega boʼlishing.
45 yoshingda muvaffaqiyat — koʼrinishing, yoshliging va gʼayratingni saqlay olishing.
50 yoshingda muvaffaqiyat — farzandlaring mevasini koʼra boshlashing.
55 yoshingda muvaffaqiyat — er-xotinlik majburiyatlarini ado etishga qodir boʼlishing.
60 yoshingda muvaffaqiyat — mashina haydash guvohnomangdan foydalana olishing.
65 yoshingda muvaffaqiyat — xastaliklarsiz hayot kechirishing.
70 yoshingda muvaffaqiyat — boshqaga boqimanda emasligingni his qilishing.
75 yoshingda muvaffaqiyat — atrofingda doʼstlaring (tirik) boʼlishi.
80 yoshingda muvaffaqiyat — uyingni mustaqil topib kela olishing.
85 yoshingda muvaffaqiyat — ishtoningni hoʼllab qoʼymasliging.
Bularni oʼqib quyidagi oyati karima yodimga tushdi:
«Аlloh sizni zaiflikda yaratgan, soʼngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, soʼngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan zotdir. U xohlaganini yaratur. U oʼta ilmli va oʼta qudratlidir».
(«Rum» surasi, 54-oyat).
Tavsiya etamiz: Vaqt va fursat qadri haqida maqollar