Axloqqa o’rgatish yo’llari
- — Vafoni oʼrganishi uchun, hech qachon bergan vaʼdangizni buzmang.
- — Boshqalarni oʼzidan afzal koʼrishga mashq qildiring, oʼzingiz bu ishda namuna boʼling!
- — Hila-nayrang, yolgʼon, oʼgʼirlikni yomon koʼrishga oʼrgating!
- — Insonlar rangi yoki nasabi bilan afzalroq emasliklarini bildiring!
- — Saxiylikka oʼrgatib, oʼzingiz bu ishda namuna boʼling!
- — Аka-ukalari orasida adolat qiling!
- — Qattiq qoʼl boʼlmang unga, aksholda qoʼrqoqlik va yolgʼonga mukkadan ketib qoladi.
- — Uni nafsoniyatida qoʼrquv urugʼini ekmang. Аksholda kazzoblikka odat qilib oladi.
- — Sabrli boʼlish va shoshqoloqlik qilmaslikni mashq qildiring!
- — Unga tavozuʼ, muloyimlik, kibrni tark etish kabi ishlarni yaxshi koʼrsating!
- — Baʼzi oʼrinlarda shijoʼat koʼrsata bilsa, mukofotlab turing!
Tavsiya etamiz : Odob va odobsizlik haqida maqollar to’plami. Xalq maqollari