Bosh sahifa » Sherlar » Ogahiy tomonidan yozilgan g’azallari

Ogahiy tomonidan yozilgan g’azallari

by administrator

Ogahiy tomonidan yozilgan g’azallari

ogahiy g'azallari to'plami

Ogahiy G’AZALLARI

***

Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur,
Emas anjum falak ahli ochib ko‘zlar qaroshibdur.

Bir uchqundur quyosh ul mahliqo ruxsori o‘tidin,
Shafaq ermas, falak domonig‘a ul o‘t tutoshibdur.

Dema tun zulmati xurshid ruxsorin nihon etmish,
Ul oyning ishqi savdosi oning boshidin oshibdur.

Falak mehri bulutdin yuzga chekmish pardai mushkin,
Magar boqib quyoshim yuziga ko‘zi qamoshibdur.

Yuzida chinmudur har sori tushkan sovuq ohimdin,
Bu sarsar birla, yo‘q ersa g‘azab daryosi toshibdur.

Sochi savdosida gar yetmasam la’lig‘a tong ermas –
Ki, bu zulmat ichida necha Iskandar adoshibdur.

Yuziga surtubon g‘oza, chekibdur qoshig‘a vo‘sma,
Bu zinatlar onga, vah, ne balo usru yaroshibdur.

Ko‘ngul bo‘l voqif ul payvasta qoshlar hayatidinkim,
Ikov bir-birga qatlingda egib boshi kengoshibdur.

Necha ko‘b desa hazyon, Ogahiy, har kecha tong yo‘qkim,
Ul oy savdosi fikri birla oning aqli choshibdur.

TAVSIYA ETAMIZ : OGAHIY HAYOTI VA IJODI

***

Ogahiy g’azallari

Olur har lahza jon chashmi fatoningg‘a sallamno,
To‘kar har damda ming qon tig‘i mujgoningg‘a sallamno.

Jahon bozorida sindurdi yoqutu guhar qadrini,
Durafshon nuqta birla la’li xandoningg‘a sallamno.

Asir aylab kamandig‘a parishon ko‘nglum etdi jam’,
Musalsal halqai zulfi parishoningg‘a sallamno.

Yuzingdin zarracha partav yetishkach tiyra kulbamg‘a,
Yorutdi hajr shomin mehr raxshoningg‘a sallamno.

Sihi qadlarni qumri yanglig‘ etdi ishqida nolon,
Nazokat bog‘ida sarvi xiromoningg‘a sallamno.

Agar ko‘rsa edi Yusuf malohatlig‘ jamolingni,
Der erdi sidq ila: “Ruxsori toboningg‘a sallamno”.

Labing shirin takallumdin o‘lukni tirgizib aylar,
Suxanvar to‘ti oso shakkaristoningg‘a sallamno.

Chu ehson naqdini sochding jahong‘a ganji lutfingdin,
Bori xalq o‘ldi bandang naqdi ehsoningg‘a sallamno.

Riyou ujb birla bir suruk johilni, ey zohid,
Muti’u muxlis etding, makru dostoningg‘a sallamno.

Urib dam g‘ayb sirridin ham etkung da’voyi imon,
Bu yanglig‘ kufr birla turg‘an imoningg‘a sallamno.

Chekarsen, Ogahiy, tun-kun ul oy javru jafosini,
Bu qottig‘ mehnat ichra chiqmag‘an joningg‘a sallamno.

* * *

Ogahiy g’azallari

Oshiq o‘lding,ey ko‘ngul,joning kerakmasmu sanga?
O‘tg‘a kirding jismi uryoning kerakmasmu sanga?

Istabon ul yuz tamoshasini ko‘zdin damba-dam,
Qon to‘karsan chashmi giryoning kerakmasmu sanga?

Hardam etkung orzu kofir ko‘zi nazzorasin,
Qil hazarkim naqdi imoning kerakmasmu sanga?

Lutfung etding xasta ko‘nglimdin darig‘, ey shohi husn,
Bu gadoyi zori hayroning kerakmasmu sanga?

O‘zgalarga iltifoting aylading maxsus, bu
Mustahiq lutfu ehsoning kerakmasmu sanga?

Sel g‘amdin xonavayron o‘ldimu yod etmading,
Aytkim bu xonavayrining kerakmasmu sanga?

Ogahiy holin ko‘rub doim tag‘ofil qilg‘osan,
Shoiri donoyi davroning kerakmasmu sanga?

* * *

Mushkin qoshingning hay’ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlim uchun nas keltirur nun eltibon sod ustina.

Qilg‘il tomosho qomati, zebosi birlan orazin,
Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina.

Nozu ado-yu g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam,
Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina.

Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina.

Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shomu sahar,
Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’i faryod ustina.

Boshimg‘a yog‘g‘on g‘am toshi mingdin biricha bo‘lmag‘ay,
Gardun agar ming besutun yog‘dursa Farhod ustina.

Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamonu yaxshini —
Kim,mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina.

Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil,
Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.

Ne jur’at ila Ogahiy ochg‘ay og‘iz so‘z dergakim,
Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zor noshod ustina.

TAVSIYA ETAMIZ : OGAHIY HAYOTI VA IJODI

* * *

Ogahiy g’azallari 2

Manga zulm aylab ul qotil ayon ohista-ohista,
Chekib tig‘ini aylar qasdi jon ohista-ohista.

Jafosi zo‘ridin ikki ko‘zimdan oqdi daryolar —
Ki, qolg‘oy ostida oning jahon ohista-ohista.

Ulusga aylagan zulmin ko‘rib ondin hazar qilmay,
Kelib chekdim jafosin man yomon ohista-ohista.

Bo‘lur hajrida zindon gar maning manzilgahim bo‘lsa,
Guliston balki gulzori junon ohista-ohista.

To‘la burjom tut lutf aylab,ey soqiyki, bu g‘amdin
Qutulg‘oyman ichib man notavon ohista-ohista.

Vafo yo‘q dahr bog‘ining guliga berma ko‘nglungni,
Bugun tongda ketar, ey bog‘bon, ohista-ohista.

Emas gardunda ra’d ovozikim hijron tuni ichra,
Erur ul Ogahiy chekkan fig‘on ohista-ohista.

* * *

Ul yuzi gul nigorning mehri jamolini ko‘ring,
Mehri jamoli ustida ikki hilolini ko‘ring.

Ikki hilolini ko‘rub qonmasa mehringiz agar,
Safhayi orazi uza nuqtayi xolini ko‘ring.

Nuqtayi xolini ko‘rub sabr eta olmas ersangiz,
Husnu jamoli bog‘ida qaddi niholini ko‘ring.

Qaddi niholini ko‘rub ko‘nglungiz etmasa qaror,
Jon ko‘zi birla boqibon la’li zilolini ko‘ring.

La’li zilolini ko‘rub joningiz etsa iztirob,
Chorai holingiz uchun shahd maqolini ko‘ring.

Shahd maqolini ko‘rub topmasa chora holingiz,
Nuktaga lab ochar chog‘i g‘unju dalolini ko‘ring.

G‘unju dalolini ko‘rub istasangiz murodi dil,
Ogahiydek quchub belin ayshi kamolini ko‘ring.

* * *

Ogahiy g’azallari

Vah,ne balodur bilmadim,ey dilrabo,qoshu ko‘zing —
Kim,bir nazarda soldi o‘t jonim aro qoshu ko‘zing.

Oldi qaroru toqatim oq siynayu nozik beling,
Soldi qaro tun boshima ikki qaro qoshu ko‘zing.

Jonimg‘a qo‘ydi dog‘lar rashk o‘tidin xoli labing,
Ko‘nglumga yetkurdi tuman dardu balo qoshu ko‘zing.

Har yuz o‘likni tirguzur la’ling aro shirin so‘zing,
Ham ming tirikni o‘lturur aylab jafo qoshu ko‘zing.

Qoshu ko‘zing bedodidin dod aylasam ermas ajab —
Kim,ne jafolar qilmadi oxir mango qoshu ko‘zing.

Husn ahli shohisen bori oshiqlaring o‘lturgali,
Go‘yoki jallodi qilich bo‘lmish sango qoshu ko‘zing.

Man zori hayroning nechuk devona bo‘lmay, ey pari,
Kim, aqlu hushim ayladi mendan judo qoshu ko‘zing.

Yo‘qtur manga ishqing aro yurmoq tirik imkonikim,
Jonimni yo qaddi yuzung olg‘usi,yo qoshu ko‘zing.

Qoshu ko‘zing iymisidin bo‘ldi qiyomat oshkor,
Qo‘yoki olam ofati qilmish xudo qoshu ko‘zing.

El qatilini qasd aylabon mastona qilg‘ach bir nazar,
Soldi jahonga nolai va hasrato qoshu ko‘zing.

Aylay hayotim naqdini har dam nisoru sadqasi,
Yoshurmag‘il man zoridin aylab hayo qoshu ko‘zing.

Majlis fazosida usul etgan chog‘i raqqos o‘lub,
Bir g‘amzada yuz jon olur,ey maxliqo, qoshu ko‘zing.

Shirin labingdan Ogahiy jismig‘a jon berkim, oni
O‘lturdi bir imo qilib boqqach qiyo qoshu ko‘zing.

* * *

Dardi dilim ango dedim,dema oni mango dedi,
Kim manga oshiq o‘lsa ul lozim erur ango dedi.

Yuz uza ikki nargising vah,ne balo qaro dedim,
Ko‘nglungu joning olg‘uvchi ikki qaro balo dedi.

Lablaring og‘zuma yetur jon topayin ango dedim.
La’li tabassum aylabon yo‘qmu o‘lim sango dedi.

Husningga aylayin nazar man sori bir qara dedim,
Yoshuribon yuzin ket,ey masxara,behayo dedi.

Bo‘sa labi savob uchun ayla manga ato dedim,
Qoshu qapog‘ini chitib qo‘y bu so‘zing xato dedim.

Vah, nedin erkon etmogung hech vafo mango dedim,
Zohir o‘lubdurur qachon husn elidin vafo dedi.

Xasta ko‘ngulga qilg‘osan muncha nedin jafo dedim,
Dema jafo ani sening dardingadur davo dedi.

Ogahiy komini nedin aylamagung ravo dedim,
Kim toparmu jonni ul qilmog‘ucha fido dedi.

* * *

Ashkima gar kanora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay,
Ohima hech shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Hardam ulusg‘a lutf ila boqg‘usi qahr ila, vale
Man sori bir nazora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Ishq eli ko‘ngli dardig‘a chora qilur,vale mening
Dardi dilimga chora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Hajrida za’fim o‘ylakim, ohi hazinim o‘tig‘a,
Shu’la bila sharora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Jon labidin chu bermadi jismima,vahki qoshidin
Qatlima bir ishora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Ko‘yiga borsam etgusi vaslig‘a va’da, ul dog‘i
Bo‘lg‘usi bora-bora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Toleyi ravshan o‘zganing lutfi quyoshi nuridin,
Men kibi baxti qora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun,netay.

Bo‘ldi sitorasi isiq’ xulqg‘a mehr yor karam,
Manda isig‘ sitora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.

Dedim o‘lubtur Ogahiy ashki kanorasiz, dedi:
Ashkima gar kanora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun,netay.

* * *

Vahki,mandin yoshurin yor o‘zgalarga yor ekan,
Kechalar xilvar aro bazmi nihoni bor ekan.

Xotirimni zohiran yuz va’dadan xushnud etib,
Botinan ko‘ngli hamisha moyili ag‘yor ekan.

Oshkoro til uchi birla bo‘lib moyil manga,
Kongli mayli o‘zga elga yoshurun bisyor ekan.

Dev siyrat muddaiylar sori rag‘bat ko‘rguzub,
Men hazinu bedilu bechoradin bezor ekan.

Har kecha ishrat mayin no‘sh aylabon avbosh ila,
Tongg‘acha masti sharobi sog‘ari sarshor ekan.

Chun nihon ag‘yor ila bazm etmish ul sultoni husn,
Fahm qildimkim,anga man xasta quldin or ekan.

Ko‘ngli sandin o‘zgalarg‘a rog‘ib o‘lmish,e y ko‘ngul,
Umrlar ishqida mehnat chekkaning bekor ekan.

Oshiqikim topsa hosid gar oning yorig‘a qurb,
Bu jahon ichra tirik yurmak anga dushvor ekan.

Yor topmishlar raqibu muddayilar olida,
Ogahiy,emdi sanga ul ko‘y aro ne bor ekan.

TAVSIYA ETAMIZ : OGAHIY HAYOTI VA IJODI

Ogahiy g’azallari. ALISHER NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Falakkim yaxshilar bazmida qadrimni baland etmas,
Dami yo‘qkim yamonlar majmaida mustamand etmas,
Bu hasratdin ko‘zim ashki yo‘lin bir lahza band etmas,
Mani man istagan o‘z suhbatida arjumand etmas,
Mani istar kishining suhbatin ko‘nglum pisand etmas.

Fig‘onkim dahru dun ichra rafiqi topmadim ogah,
Qayon borsam bo‘lurlar g‘ulvashlar hamdamu hamrah,
Tilarlar bahra mandin, men tilab topman biridin, vah,
Na bahra,topg‘oman ondinki mandin istagay bahra,
O‘zi ham bahramand o‘lmas,mani ham bahramand etmas.

Ko‘zi zahri esa har nechakim moyil mamotimg‘a,
Labi shahdi edi rog‘ib o‘limdin ham najotimg‘a,
Bu dam vosil iymon ul qotili Iso sifotimg‘a,
Netoy huru pari bazminki qatlim yo hayotimg‘a,
Ayon ul zahr chashm aylab nihon bu no‘sh xand etmas.

Chiqo olmay ko‘ngul hayrondur usru shomu furqatdin,
To‘kar ashkini ko‘z ham intizori subh vaslatdin,
Iloji bo‘lmasa ul mahvashi xurshid tal’atdin,
Kerakmas oy ila kun shaklikim husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas,tanim bu band-band etmas.

Bugun chobaklar ichra yo‘q edi ul shahsuvorimkim,
Birini qilmadi manzur chashmi ashkborimkim,
G‘ubor oso netong gar qolmasa sabru qarorimkim,
Kerak o‘z chobaku qotilvashu majnun shiorimkim,
Buzuq ko‘nglimdin o‘zga yerda javlon samand etmas.

Savod zulfini ko‘rgach yumar Ogahiy tun deb ko‘z,
Yuzig‘a nozir o‘lg‘och ham tutar qo‘l birla kun deb ko‘z,
Ko‘ngul, hayratg‘a qolma ko‘rmas oni ne uchun ko‘z,
Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa Navoiy tegmasun deb ko‘z,
Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra pisand etmas.

RUBOIYLAR

1

Zarra uchubon nayyiri a’zam bo‘lmas,
Yer bolish etib avji falak ham bo‘lmas,
Inson aro nodonni biling hayvondur,
Hayvon necha zo‘r aylsa odam bo‘lmas.

2

Vahkim,yana zulmini ayon etti falak,
Bag‘rimni hajr aro qon etti falak,
Ko‘z yo‘lidin ul qonni ravon etti falak,
Oxir manga ko‘rki qasdi etti falak.

3

Qilmoq bila parvarish tikon gul bo‘lmas,
Ham tarbiyat ila zog‘ bulbul bo‘lmas,
Gar asli yamong‘a yaxshiliq ming qilsang,
Yaxshiliq oning niyati bilkul bo‘lmas.

4

To tushti firoq o‘tig‘a bemor ko‘ngul,
Yuz dardu g‘amu alamg‘a duchor ko‘ngul,
Davron sitami tig‘idin afgor ko‘ngul,
Bo‘lmish mandin malulu bezor ko‘ngul.

TUYUQLAR

1

G‘am yuki to qomatim yo qilmadi,
Ohim o‘tig‘a falak yoqilmadi,
Qilmadi rahmi manga,xud o‘zgaga,
Bilmadimkim qildimu yo qilmadi.

2

Do‘stlar, hamrohlig‘ aylab boringiz,
Tund xo‘ yorim qoshig‘a boringiz,
Bir kecha bazmimg‘a kelturmoq uchun
Bosh oyoqig‘a qo‘yub yolboringiz.

3

Dard zahri soldi chinlar qoshima,
Kelmadi holim so‘rarg‘a qoshima,
G‘am yukin chekmakda, ey dil,chobak o‘l,
Hargiz ushbu ishda boshing qoshima.

4

Chehrasining garchi muhraq nori bor,
Bergusi doim niholi nori bor,
Sig‘mog‘un bazmim aro, ey muddaiy,
Telmurib turma bu yerda,nori bor.

BU QIZIQ : OGAHIY HAYOTI VA IJODI

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x