Mundarija
Ogahiy hayoti va ijodi.
Ogahiy hayoti va ijodi. Ogahiy haqida
Ogahiy Muhammad Rizo โ oโzbek yozuvchisi, tarixshunos va tarjimon. Shoir va tarixshunos Munis Xorazmiyning jiyani. U oโzbeklarning yuz sulolasiga tegishli boโlgan. Ogahiy xivalik xonlar saroyida yilnomachi va mirobi (suv taqsimlovchi) boโlib xizmat qilgan. Oโtmishdoshining mehnatini davom ettirib, Xorazmiyning solnomasini 1872 yilga qadar davom ettirgan.
Muhammad Rizo mirob ibn Ir-Niyozbek, adabiy tahallusi Ogahiy 1809 yilda Xiva shahridan 8 metr uzoqlikdagi Qiyot qishlogโida tavallud topgan.
TAVSIYA ETAMIZ : OGAHIY GโAZALLARI TOโPLAMI
Ogahiy taโlim faoliyati
Otasidan erta ayrilgan Muhammad Rizo, togโasi โ taniqli tarixshunos va shoir Shir Muhammad ibn Amir Ivaz biy mirob, adabiy tahallusi Munisning qoโlida tarbiyalanib, undan savodni oโrganadi. Keyinchalik Xiva xonligining poytaxtlaridan biridagi madrasada taโlimni davom ettirib, barcha kuchini arab va fors tillarini oโrganishga qaratadi.
U bor ishtiyoqi bilan kitob mutoalasi va bilim olishga kirishadi. Katta muhabbat ila sharq xalqlarining mumtoz namoyondalari Navoiy, Fuzuliy, Bedil va boshqalarning asarlarini oโrganadi.
Xonning qoโlida mirob boโlib xizmat qiluvchi togโasining vafotidan soโng, bu lavozimni u egallaydi. Yer sunโiy sugโorishga asoslangan diyorda miroblik lavozimi ogโir va masโuliyatli kasb hisoblangan. Biroq Ogahiy ilmiy va adabiy bilimlar uchun vaqt topgan.
Bir kuni miroblik ishlari boโyicha yurganida Ogahiy otdan yiqilib, oyogโini sindirib qoโyadi. Shundan soโng shoir yurishlardan bosh tortishga majbur boโladi va ona qishlogโi Qiyotda qolib, adabiy ishlar bilan shugโullanadi.
52-55 yoshlarida Ogahiy oโzi ichiga sheโrlarni olgan, bayaz toโplami โSevishganlar tumoriโ nomli devon tuzib, uni sinchkovlik bilan tahrirlaydi. Shoir tomonidan yozilgan gโazallar turlidir. Birida toza sevgi tarannum etilsa, boshqalarida soโfilik gโoyalari, uchinchisida shaxsiy kechinmalari bayon etilgan.
TAVSIYA ETAMIZ : OGAHIY GโAZALLARI TOโPLAMI
Ogahiy asarlari
Ogahiy nozik lirik, Navoiy maktabining iqtidorli izdoshi kabi taniqli.
โRiyoz ud davlaโ, โZubdat ut tavorihโ, โJomiy ul vakiati sultoniyโ, โGulshan davlatโ va โShohid ul iqbolโ kabi asarlar muallifi.
โRiyoz ud davlaโ asarida 1825 yildan 1842 yilgacha boโlgan Xorazm tarixi bayon etilgan.
โZubdat ut tavorihโ da 1843 yildan 1846 yilgacha boโlgan Xorazm tarixi ifodalangan.
โGulshan davlatโ asari oโz ichiga 1856 dan 1865 yilgacha boโlgan tarixni oโz ichiga olgan.
Ogahiyning soโnggi asari โShohid ul iqbolโ 1865 yildan 1872 yilgacha boโlgan davrga bagโishlangan.
Uning oโzbek va tojik tilidagi sheโrlarida fuqarolik mavzulari โ nohaqlikka norozilik, ikkiyuzlamachilikni qoralash jaranglaydi. โSevishganlar tumoriโ lirik devonida Ogahiy insoniyatning yuqori tuygโularini tarannum etgan.
TAVSIYA ETAMIZ : OGAHIY GโAZALLARI TOโPLAMI
Ogahiy tarjimalari
Ogahiy oโzbek tiliga Nizomiy, Amir Husraf Dahlaviy, Saadi, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini sheโriy tarjimasi bilan tanilgan. Tarjima sohasida Ogahiy chinakam yangilik yaratuvchi boโlgan. Uning tarjimonlik qarashlari bizning davrimizning badiiy qarashlariga juda yaqin.
Oโzbek adabiyoti bu vaqt mobaynida tojik, ozarbayjon, turkman va boshqa adabiyotlar bilan uzviy rivojlandi. Oddiy xalq orasida Firdavsiyning โShohnomaโ, Bedil sheโriyati, Fuzuliyning gโazallariga koโplab taxmislar vaโzxonligini eshitish mumkin boโlgan โ bularning bari oโsha davr oโzbek adabiyotining oโziga xos jihatlarini tashkil etgan.
Ogahiy Sharq mumtoz ijodkorlarining 20 dan ziyod tarixiy va badiiy asarlarini (Saadiyning โGulistonโ asari shular jumlasidan) oโzbek tiliga tarjima qilgan. Uning tarixiy asari Bayoniy tomonidan davom ettirilgan.
Ogahiy 1874 yil Xivada vafot etgan.