munis xorazmiy g'azallari to'plami
Bosh sahifa » Sherlar » Munis Xorazmiy g’azallari to’plami.

Munis Xorazmiy g’azallari to’plami.

Munis Xorazmiy g’azallari to’plami.

munis xorazmiy g'azallari to'plamiMunis Xorazmiy g’azallari to’plami:

* * *

Kеrakmas jon manga jonondvn ayru,
Kishi nеtsun badanni jondin ayru.

Labidur chashmai hayvon, emas Xizr,
Tirik ul chashmai hayvondin ayru.

Erur ravshan aning husnida oni,
Ki ko’nglum shod bo’lmas ondin ayru.

Nigorim borgali ko’nglum buzuldi,
Ki vayron mulk o’lur sultondin ayru.

Bulog’da yеr pari tutg’ondеk ermas,
Xayoli didai giryondin ayru.

Vuhush o’lg’an kabi Majnung’a damsoz,
G’ami ermas bu sargardondin ayru.

Nеdin vaslig’a yеtkurmas mеni kim,
Emas gul bulbuli noladin ayru,

Emasman ishqidin ayruki bo’lmas.
Samandar otoshi so’zondin ayru.

Ko’ngul ko’yingdin ayru bеnovodur,
Navo bulbulda yo’q bo’stondin ayru.

Na nash’a hosil aylar shayxi nodon,
Sharobi sog’ari irfondin ayru.

Yoliqtilar jahon ahli, va lеkin,
Dami Munis emas afg’ondin ayru.

TAVSIYA ETAMIZ : MUNIS XORAZMIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA

* * *

Ko’yungda qilay dеsam gadolig’,
Dеrlar sanga bormu podsholig’.

Tark aylading ahli oshnoni,
Bеgonaga aylab oshnolig’.

Harna sitam o’lsa qilg’il, ey charx,
Solma arog’a valе judolig’.

Botinda riyodur etsa zohid,
Zohirda agarchi porsolig’.

Munis nеga nukta ko’p surarsеn.
Kam bo’lsa, mato’ o’lur baholig’.

* * *

Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor?
Qaysi bulbulning seningden bir guli bexori bor?

Qaysi ra’no sarvqadg’a qumriye bor men kibi?
Qaysi qumrini qadingdek sarvi xushraftori bor?

Qaysi laylivash pari majnuni bor men telbadek?
Qaysi majnunning meningdek bir pariruxsori bor?

Qaysi yor ollida mendek oshiqi jonboz erur?
Qaysi oshiqning seningdek nozanin dildori bor?

Qaysi bir ayyorning bor men kibi sargashtasi?
Qaysi bir sargashtaning sendek buti ayyori bor?

Qaysi shohning Munisi mahzun kibi bordur quli?
Qaysi gulning sen kibi shohi falakmiqdori bor?

* * *

Do’stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,
Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

Gar muyassar bo’lsa bir mahbub ila bazmi nishot,
Mensiziz suhbat tuzarga maylu rag’bat qilmangiz.

Topsangiz bazmi visole, anda yod etmay meni,
Zor ko’nglumni asiri dog’I furqat qilmangiz.

Men kibi yo’qdur aroda, mankubu maxmuri aysh,
Kimsaga mendin ziyoda boda shafqa qilmangiz.

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,
Jam’I nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

Do’st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do’stidin,
Munis ahvolin ko’rub tarki muhabbat qilmangiz.

* * *

Davlating borida bordur ahli olam oshno,
Qaytg’ach davlat, jahonda topilur kam oshno.

Uyla bekaslik meni mahzung’a topmish dastkim,
Bir kishi yo’qdur mango juz kulfatu g’am oshno.

Baski, davron xohishi begonaliq solmoqdurur,
Bir-biriga bo’la olmas ikki hamdam oshno.

Kimki bo’ldi oshno, bot ayladi begonalig’,
Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno.

Gar vafo bo’lsa, parida bo’lg’ay erdi, ko’rmadim,
Bo’ldilar har nechakim avlodi odam oshno.

Hajr ranjidin o’larga yetmishamkim, ko’rsalar,
Holima tutg’ay azo begona, motam oshno.

Ishq aro ul nav’ erur vahshat men majnung’akim,
O’zgani demay, bo’la olmas ko’ngul ham oshno.

Dard chekmak, ashk to’kmak ishq eliga xosdur,
Har ko’ngulga dard, har ko’zga emas nam oshno.

Munis, davron g’ami begona bo’lsa tong emas
Kim, senga bo’lmish biyik donishvar Akram oshno.

TAVSIYA ETAMIZ : MUNIS XORAZMIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA

Munis Xorazmiy g’azallari to’plami:

* * *

Base g’am boridin chekmish og’irni,
Yog’ir bo’lmish hazin ko’nglim yog’irni.

Falak g’am yuklarin solg’onda elga,
Yog’irnimg’a mening qo’ymish og’irni.

Bilursan g’am yukin ko’p chekkanimni
Yog’irnim ustida ko’rsang yog’irni.

Iting ko’rsam, manga uns aylasun deb,
Berurman gah ko’nguln, gah bog’irni.

Raqib ollingda bo’lmoqdin hazinman,
Tilarman ko’rmasam ul bo’lmog’irni.

Zamon ahlig’a bo’lmish shikva oyin,
Netong, sevsam agar gungu sog’irni.

Najote istasang Munisg’a g’amdin,
Ayoqchi, tut anga har dam chog’irni.

* * *

Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz,
Ya’ni ag’yorimg’a yuz ming mehr ila moyil hanuz.

Yoshurun sirrimni demay, xalq anglab, voykim,
Aytib anglatmoq bila holimni ul g’ofil hanuz.

Vah, nechuk bahr erdi hijronkim, minib g’am zavraqin,
Har necha qat’ aylaram, mavjud emas sohil hanuz.

Ko’zu ko’nglumdin balog’a qoldim, ore, kimsaga
Sud yetkurgan emas ahbobi noqobil hanuz.

Nafyi ilmi ishq etib, qilmoq nedur isboti vavq,
Kelmamish, zohid, jahong’a sen kibi johil hanuz.

Muniso, hushing bor ersa, dahri dun tarkini tut
Kim, oning bo’lg’on emastur moyili oqil hanuz.

* * *

Ko’ngluma bir gul g’amidin sonchlibdur xorlar,
Ohkim, har xoridin jonimdadur ozorlar.

Aylamish ko’nlumni majnun jilvayi laylivashi
Kim, asiri g’amzasidurlar pariruxsorlar.

Turfa ayyoreki, din naqdin olurda turrasi,
O’rganurlar andin o’g’riliq ishin tarrorlar.

Gardishi chashmidadur kayfiyati davri qadah,
Men bilibdurmanki, bilmaslar ani hushyorlar.

Muniso, ag’yor gar hamsuhbat o’lsa yor ila,
Bo’lma mahzun, hamdami gul bo’lg’usidur xorlar.

* * *

Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga?
Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga?

Dardu g’am seli bila buzding ko’ngil koshonasin,
Ey malohat ganji, vayroning kerakmasmu sanga?

Jam’ etib, o’tlug’ ko’ngullarni muqayyad aylading,
Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga?

Tiyri g’amzang muddaiy ko’ngliga zoye’ qilmakim,
Ul xadafdur xora, paykoning kerakmasmu sanga?

Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tundu tez,
Mash’ali xurshedi raxshoning kerakmasmu sanga?

Ey gul, aylarsan jafo xorin urub, Munisga javr,
Andalibi dilkash ilhoming kerakmasmu sanga?

* * *

Tabassumda ko’rub rangin labingni nogihon g’uncha,
Qilib diltanglik zohir, ichidin bo’ldi qon g’uncha.

Sabo tahrikidin, yo’q, balki og’zing sharmidin boshin
Quyi solmoqqa moyil bo’lg’usidur har zamon g’uncha.

Ochiq chehrangni to ko’rdi dema, ey, gul ochilmishdur,
Xijolat g’oyatidin aylamish kulgu ayon g’uncha.

Ko’ngul tor og’zinga bir handada oldurdim, ey gulrux,
Kishi ko’rganmu erkan bu sifat bir dilsiton g’uncha?

Omonlik istasang bu bog’ aro, xomush bo’l doim
Ki, ofatdin omondur sirrin aytar to nihon g’uncha.

Sening og’zing xayolidin qilur ko’nglum qushi nola,
Erur bois chu bulbul qilsa faryodu fig’on g’uncha.

Ko’ngul jam’iyati topsa xalal ermas, taajjubkim,
Emas bu bog’ aro oshufta bo’lmoqdin omon g’uncha.

Nedur bu razmgoh ichra boshingga istamaklik xud
Ki, el xayli o’qig’a bordur avvalroq nishon g’uncha.

Shitobon bo’lma, rif’at qullasig’a to kun ermassen,
Kamin aylab yotibdur yo’lda sheri osmon, g’uncha.

Fig’onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin
Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog’bon g’uncha.

Aning ruhsoru la’li o’yla rangindurki, ey Munis,
Agar ko’rsa, bo’lur afsurda gul ham notavon g’uncha.

* * *

Qilurlar bir-birining suhbatin garchi havas ahbob,
Emaslar lek davron gardishidin dastras ahbob.

Falak mundog’ki dushmankomlig’ zohir qilur har dam,
Emaslar hech forig’ g’am chekardin bir nafas ahbob.

Muhabbat rasmidin ogoh etib, minnat tutub bergil,
Agar jon naqdini sendin qilurlar multamas ahbob.

Zamona ahlining manzuridur chun moli jam’iyat,
Qachon topg’ay meningdek bir g’arib be hechkas ahbob.

Erurmen o’yla bekaskim, borurg’a bog’lasam mahmil,
Topilmas aylamakka nola andoqkim jaras, ahbob.

Tutay kimdin umidi marhamatkim, yoqg’ali jonim –
Urarlar otash a’dovu solurlar xoru xas ahbob.

Desang, a’do shikasti davlatimg’a topmasunlar dast,
Yig’ atrofingg’a, ey shoh, adl birla peshu pas ahbob.

Shakar yanglig’ jahon ahlig’a shirinkomliq yetkur,
Hujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob.

Erur bir gul havosi bilra Munis ko’ngli bolafshon,
Nechuk saqlarlar aylab oni mahbusi qafas ahbob.

TAVSIYA ETAMIZ : MUNIS XORAZMIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA

Munis Xorazmiy g’azallari to’plami.:

* * *

Bo’lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob,
Ne uchun zarposhlig’lar aylar izhor oftob?

Senki shohi husnsen, har kun qilib qulluq sanga,
Sajda aylarga qo’yar tufroqqa ruxsor oftob.

Chiq jamolingni ochib, to elga husnin sotg’ali,
Qilmasun olam aro ko’p arzi diydor oftob.

Xokbo’sing husn eliga mujibi izzatdurur,
Charx uza chiqmas yo’lingda bo’lmayin xor oftob…

Sham’I vaslingdin agar yetsa furug’e basdurur,
Andin o’zga shomi hajrimg’a ne darkor oftob.

Davri ruxsoringda mushkin zulf emastur go’yoyo,
Qildi fosh oyinasi girdida zangor oftob.

Ne uchun shomu sahar boshing uza aylanmasun,
Ko’rmamish husning kibi bu charxi davvor oftob.

Rutbayi oliy tilarsen, sof qil ko’nglingnikim,
Irtifo’ aylarg’a mundindur sazovor oftob.

Yurutur yaxshi amal qabringni, yo’qsa, sud emas,
Tojing uzra bo’lsa gar har durri shahvor oftob.

Bo’l tafarrudpesha, Muniskim, Masihog’a maqom
Bo’ldi bu ishdin sipehr avjida to bor oftob.

* * *

Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo,
Hajrida yomon holim, bilmasmu ekin oyo?

So’rmoqqa borur yorim oshiqlari ahvolin,
Deb ul meni ham oshiq, kelmasmu ekin oyo?

Hajrida qolib yillar, olmas xabare mandin,
Ollida kishi yodim qilmasmu ekin oyo?

So’rg’ay edi holimni, oshiqlaridin bilsa,
Gar bilsa, dog’I ko’zga ilmasmu ekin oyo?

Xanjar chekib el bag’rin tilmakdin etar ehson,
Bag’rimni mening yorab, tilmasmu ekin oyo?

Baskim to’ladur yoshdin, ko’zni ocha olmasman,
Bir lutf iligi oni silmasmu ekin oyo?

Gulzori visolig’a Munis yeta olmas hech,
Aylab talabin yeldek yelmasmu ekin oyo?

* * *

Uzoringda nure ayondur, ayon
Ki, andin kunu oy nishondur, nishon.

Balo o’qlarin otg’ali jonima,
Iki egma qoshing kamondur, kamon.

Raqibingdin o’lmas ayon yaxshilik,
Ki, qavli-yu fe’li yomondur, yomon.

Hayotimg’a zikri labingdur sabab,
Yo’q ersa, tiriklik gumondur, gumon.

Manga sud erur sudi ishqing g’ami,
Aning harna g’ayri ziyondur, ziyon.

Erursan gahi ko’z, gahi jon aro,
Senga bu iki yer makondur, makon.

Nechuk el erur ohi sardim mening,
Jahon bog’I andin xazondur, xazon.

Jigar birla ko’nglum qilib qon g’aming,
Iki ko’z yo’lidin ravondur, ravon.

Ulus kelsa mendin fig’onga, netong,
Ishim kecha-kunduz fig’ondur, fig’on.

Netong chiqmasa Munis ul ko’ydin,
Ki, ul anda g’amdin omondur, omon.

* * *

Ashk xun, ruxsor zardu dil hazing, tole’ qaro,
Dard gunogun, falak dun, ahli davron bevafo.

Jon ga’min, xotir mushavvash, aql majqudul – asar,
Hajr qotil, yor g’ofil, ishq g’olib borho.

Zaxm muhlik, tiri g’am parron erur, romi falak,
Za’f mustavli, badan majruh erur, marham fano.

Do’st beparvo, ko’ngul oshuftavu dushman qaviy,
Muddaiy ko’p, ta’na bisyoru jafokor oshno.

Ham havo bordur samumi ohu ham har so’z ashk,
Mazra’ ofat, shohi naxli umr benash’u namo.

Yor hamsuhbatligidin toki ayrildim, erur
Hamdamim ranju ano, hamroz g’am, mahram balo.

Kishvari mehnat shahimenkim, manga bordur mudom,
Boshg’a sochqan xok toju taxt-eski bo’ryo.

Maskanim xoki mazallat, bistarim xori taab,
To’mam anduhi nadomat, ishratim tutmoq azo.

Majlisim qayg’u, mayim xuni jigar, jomim firoq,
Lekin, ey Munis, bu hangom ichradur soqiy qazo.

* * *

G’unchalar ochildi-yu, ko’nglum ochilmaydur hanuz,
Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz.

Za’f aro ushshoqg’a ibrat bo’lubman, ohkim,
Ko’zga ahvoli nizorim yor ilmaydur hanuz.

Va’dayi vasl aylab erdi, ayladi ta’xir ko’p,
Yo ibo qildi-yu, yo yodig’a kelmaydur hanuz.

Pesha aylab charx zoli tinmayin tun-kun dame
Dilbarimcha javr oyinini bilmaydur hanuz.

Yerni ashkim g’arq etib, zo’r etti ohim sarsari,
Nedin erkandur falak toqi yiqilmaydur hanuz?

Yuz nadomat birla emdi o’zni o’ltursam, netong,
Sajda qilmoqliqg’a boshim bir egilmaydur hanuz.

Ixtiyor etsa agar Munis yana sargashtalik,
Pand qilmangkim, jununidin oyilmaydur hanuz.

* * *

Vahki, mendin ishq aro ozurdajonroq yo’q kishi,
Husn aro sendek dog’I nomehribonroq yo’q kishi.

Kimga za’fim shiddatin zohir qilurmen munglashib,
Chu o’zumdek g’am chekardin notavonroq yo’q kishi.

Seli ashku g’am yiqibdur jism ila ko’nglum uyin,
Men kibi ushshoq aro bexonumonroq yo’q kishi.

Jonlar isoring qilib ko’rdum jafo, vahkim, sanga,
Necha qilsam yaxshilik, mendin yomonroq yo’q kishi.

Uzv-uzvimdin fig’onlar bosh chekibtur til kibi,
Ishq asrorig’a mendin tarjimonroq yo’q kishi.

Ishq o’ti Munis vujudin kuydurubdur o’ylakim,
Emdi andin o’zga benomu nishonroq yo’q kishi.

* * *

Kimnikim do’st dedum, dushmani jon topdim oni,
Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni.

Yor mehrin tilab, ag’yor jafosin ko’rdum,
Mayki gulgun talab ettim, qaro qon topdim oni.

G’unchayi xotirim ochmoqg’a nasime tiladim,
Goh o’tlig’ yelu goh bodi xazon topdim oni.

Nekxohim deganim barcha bor erkan badxoh,
Onikim anglar edim yaxshi, yomon topdim oni.

Ishq anduhi nihon qolmoqi imkon ermas,
Menki yoshurmoq ishim erdi, ayon topdim oni…

Vaqtdur, dilbarig’a topsa nishone Munis
Kim, g’ami ishq aro benomu nishon topdim oni.

* * *

Bordim sari ko’yingg’avu hirmon bila yondim,
Vaslingni tilab, mehnati hijron bila yondim.

Bordim labi xandon bila tavfi haramingg’a,
G’amgin ko’ngulu diydayi giryon bila yondim.

Og’zingni tilab, zulfinga jon bo’ldi giriftor,
Diljam’ borib, holi parishon bila yondim.

Mendan asare istamangiz juz bir ovuch kul
Kim, ishq kibi otashi so’zon bila yondim.

Munis kibi vasling tilab, topmadim oxir,
Maqsudima bir yetmadim, armon bila yondim.

* * *

Balo ko’hsorining farhodi men-men,
Junun tasvirining behzodi men-men.

Jahonda har qachonkim bo’lsa paydo
Agar sho’re, aning bunyodi men-men.

G’amu mehnatga bor ersa aro’se,
Bilinglarkim, aning domodi men-men.

Netong Majnun mening shogirdim o’lsa,
Ki, ishq atfolining ustodi men-men.

Ko’ngulda zaxmlardurkim, falakning
Nishoni novaki bedodi men-men.
Mening nolamg’a xud sho’xe sababdur,
Vale el boisi faryodi men-men.

Qurub hijron tuzoqini hamisha,
Balolar saydining sayyodi men-men.

Vafoda muddaiylardur mutei,
Jafo aylar chog’I munqodi men-men.

Jununda, Muniso, murshidlig’ etsang,
Aning shoyistai irshodi men-men.

HIKMATLARIDAN

Munis, talab et kamol – erursen chu yigit,
Kim yaxshidur etsa fazl uchun qayg’u yigit.
O’q qilg’on ishni yoy qila bilmas hargiz,
Qarilar ila barobar ulg’aymu yigit.

* * *

Jaholat shomi, g’aflat uyqusidin bo’ldim afsurda,
Mani ogohlig’ subhi nasimi birla bedor et.

TAVSIYA ETAMIZ : MUNIS XORAZMIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA

Munis Xorazmiy g’azallari to’plami.:

* * *

Xevaki, nazokatda gulistoni jahondur,
Hur kabi har tarafda yuz ofati jondur.

* * *

Xaloyiqqa eyki g’oliblik tilarsen,
Burunroq ayla o’z nafsingni mag’lub.

* * *

Adolatdin bo’ldi el osoyishi,
El osoyishi – mulk oroyishi.

* * *

Yiqitmasun mazlumlar ko’z yoshi binoyi davlating,
Qilma zulm, ey shohqi, bordur ofati devor suv.

* * *

G’ubori nafs ruh oynasini doim qilur xira
Oni daf aylabon mundin umrga sayqal padidor et.

* * *

Sabrsizlik tarkin tutub, Munis, maqom et dunyodakim,
Farog’at kuni bo’lg’ay to senga ohista-ohista.

Munis Xorazmiy g’azallari to’plami yoqdimi unda fikr bildiring. Munis Xorazmiy g’azallari to’plami dan boshqa :

BOSHQA ARBOBLAR SHE’RLARI

Manba

Subscribe
Notify of
guest
1 Fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Nigina

Zor

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
1
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top