Bosh sahifa » Sherlar » Mahviy asarlari va g’azallari

Mahviy asarlari va g’azallari

by nafisa nafisa

Mahviy asarlari va g'azallari

Mahviy asarlari va g’azallari.

Bu gulshan ichra g‘urbatxonalardan oshyonim bor,
Etay dargohinga yuz shukr, sendek mehribonim bor,
Ochilmas g‘unchai baxtim ko‘ngulda ko‘p fig‘onim bor,
Hifi sardimga mahram marhamatli rozdonim bor,
Qarig‘an choqda azm etdim yetay deb Kabatilloga,
Etalmay yig‘laram har dam Madina joyi a’loga.

Musallo aylasam joiz bu ikki ko‘zdi yoshimdin,
Ko‘tarma ma’dani nuringni hargiz dil xaroshimdin,
Hayoti jovdoni ketmasin davlatli boshimdin,
Dilimdin jurmi isyonni ko‘targil ichu toshimdin,
Qarig‘an chog‘da azm etdim yetay deb Ka’batilloga
Etolmay yig‘ladim hardam Madina joyi a’loga.

Bu noqisliq bilan Mahviy yetarmukin o‘shal joyga
Muyassar et, iloho, seg‘an o‘zing ul joyi a’log‘a.

Boshqa adib she’rlari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar