Bosh sahifa » Sherlar » Gulxaniy g’azallari to’plami

Gulxaniy g’azallari to’plami

by administrator

Gulxaniy g'azallar to'plami

Gulxaniy g’azallari to’plami

Gulxaniy g’azallari to’plami

Lola ko‘ksidek bag‘rim tah-batah qaro qonlar
Hajr ibtilosidin naylay, ey musulmonlar.

G‘amza o‘qidin har yon bosh chiqardilar chandon,
Jismi notavonimdin dasta-dasta paykonlar.

Bir dam ayla mardumlig‘ diydam ichra manzil qil.
Durru la’l sochsunlar maqdamingga mijgonlar.

Va’dalar qilib eding, shod etay sani g‘amdin,
Ushbu g‘amda jon berdim qoni ahdu paymonlar.

Sen nechuk paridursan, topmadim so‘rog‘ingni,
Kezmisham quyun yanglig‘ vodiyu biyobonlar.

Gulxaniyni qon tortdi azmi ko‘yi yor etti,
Qatl etarga mijgonlar chekti tig‘i uryonlar.

TAVSIYA ETAMIZ : GULXANIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA >>

* * *

Ko‘ngul ozodadur, dunyog‘a arzi ehtiyoj etmaz.
Tariqat soliki bu yo‘lda mayli izdivoj etmaz.

Dili vayronadin, jono tavaqqu’ qilma dog‘ingni,
Buzulgan mulkdin, albattakim, sulton xiroj etmaz.

Etoking tutqoli ko‘nglumda andog‘ tebramak go‘yo,
Tutub nabzim tabibi shahr, idroki mizoj etmaz.

Rahi ishqingda dardu dog‘i hijroning matoimdur,
Qaroqchi aylamas toroj oning kimsa boj etmaz.

Asiri qomating gar soyadek tuproqqa yastanmish,
Gadoyi dargahing ham orzuyi taxtu toj etmaz.

Sen o‘z diningni tuz, zohid, meni ko‘p yo‘ldin ozg‘urma,
Bu surat sham’ yondurdung ziyosi pur rivoj etmaz.

Qamu bemora la’lidin shifo bermish Masih oso,
Nadin ul sho‘x anglab, Gulxaniy, darding iloj etmaz.

* * *

Terlamish may tobidin gulbargi ruxsorin ko‘rung,
Rahzani din o‘ldi tori zulfi zunnorin ko‘rung.

Belu og‘zidin nishon gar bir sari mo‘ desalar,
Aylaram inkoru iqror etmazam vorin ko‘rung.

O‘z makonini tilar har gah qafasdin qochsa qush,
Eyki istarsiz ko‘ngulni zulfi har torin ko‘rung.

G‘amzasi jonim olur, novaklari bag‘rim tilar,
Zolimi berahm ozor uzra ozorin ko‘rung.

Soqiyo, hajr ilgida xunoba yutdim, Gulxaniy,
G‘ayr ila bazm ichra oni jomi sarshorin ko‘rung.

* * *

Yetmadi Majnung‘a men ko‘rgan balolardin biri,
Hajr vodiysi aro chekkan jafolardin biri.

Rahm etib, holimni so‘rmaslar ko‘rung bedodlig‘,
Siyimbarlardin biri, gulgun qabolardin biri.

Dosha izhor ayladi Farhod Shirin dardini,
Ishq oyinida uldur behayolardin biri.

Qoshu ko‘zu Holu zulfi birla ulfat tutma cho‘x,
Qilmasun rasvo seni yuzi qarolardin biri.

Senga, ey Majnun, junun ilmida taslim aylaram.
Sen rasolardin biri, men norasolardin biri.

Gulxaniy, tinmay duo qilg‘il shahi voloni sen,
Negakim ul podshohdur, sen gadolardin biri.

TAVSIYA ETAMIZ : GULXANIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA >>

BAYTLAR

Aydi: «Xalq ichra bu bir kasbdur,
Kasbni boshinga kiysang nasbdur».

* * *

Har kim odati nechuk bo‘lg‘ay,
Beirodat zuhr etar andin.

* * *

Agar so‘z jona paydo qilmasa so‘z,
Ani so‘z demagil, ey majlisafro‘z.

* * *

Sabr ila barcha eshiqdur kushod,
Sabr ila eranlar topdi murod.

Gulxaniy g’azallari to’plami sizga manzur bo’ldi bizningcha.

Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x