Geografiya faniga oid eng sara she'rlar to'plami
Bosh sahifa » She'rlar to'plami » Geografiya faniga oid eng sara she’rlar to’plami

Geografiya faniga oid eng sara she’rlar to’plami

Geografiya faniga oid eng sara she'rlar to'plami

Geografiya faniga oid she’rlar

 

Geografiya faniga oid she’rlar to’plami.Ushbu sahifamizda geografiya fani o’qituvchilarimiz geografiya ochiq darslarida geografiya fan oyligi tadbirlarida qo’llaniladigan she’rlar jamlangan.She’r mavzulari asosan Geografiya fani,sayyoralar,ufq tomonlari,dunyo okeanlari,va qit’alar va boshqa mavzularga oid she’rlar to’plami keltirilgan.

Buni ham o’qing…Geografiya va iqtisodiyot fan oyligi o’tkazish tartibi

 

Geografiya madhiyasi

A. Mamatkarimov she’ri

GEOGRAFIYA MADHIYASI Geografiya, biz seni sevamiz jondan, Sen bizga och dunyo eshigin. Barchamizni etib tarbiya, Tebratgin dunyoning beshigin. Ulug‘bek, Beruniy, Al-Xorazmiylar, Merosin davom aylaymiz mudom. Biz, yosh avlodlar, Farg‘oniylarmiz, Bilimlar bog‘ida yayraymiz har dam. Bepoyon tekislik, tubsiz ummonlar, Beqiyos boyliklar, cheksiz o‘rmonlar. Barchasi o‘zingda, ulug‘vor tog‘lar, Maftunkor diyorlar, serhosil bog‘lar. NAQAROT: Geografiya, biz seni sevamiz jondan, Sen bizga och dunyo eshigin. Barchamizni etib tarbiya, Tebratgin dunyoning beshigin. Bilimlar kaliti – geografiya, Dunyoning ko‘zgusi – geografiya. Tebrat dunyo beshigin, geografiya, O‘quvchi orzusi – geografiya.

Geografiya, biz seni sevamiz jondan,
Sen bizga och dunyo eshigin.
Barchamizni etib tarbiya,
Tebratgin dunyoning beshigin.

Ulug‘bek, Beruniy, Al-Xorazmiylar,
Merosin davom aylaymiz mudom.
Biz, yosh avlodlar, Farg‘oniylarmiz,
Bilimlar bog‘ida yayraymiz har dam.

Bepoyon tekislik, tubsiz ummonlar,
Beqiyos boyliklar, cheksiz o‘rmonlar.
Barchasi o‘zingda, ulug‘vor tog‘lar,
Maftunkor diyorlar, serhosil bog‘lar.

NAQAROT:

Geografiya, biz seni sevamiz jondan,
Sen bizga och dunyo eshigin.
Barchamizni etib tarbiya,
Tebratgin dunyoning beshigin.

Bilimlar kaliti – geografiya,
Dunyoning ko‘zgusi – geografiya.
Tebrat dunyo beshigin, geografiya,
O‘quvchi orzusi – geografiya.

 

Shimoliy Muz okeani

okeanlar

Eng kichik okean shudir,
Ikkita materik o’rab turadi,
Eng sovuq, eng tiniq, suvning yuzasi,
Tarkibiga o’nta dengiz kiradi.

Yunonchadan tarjima qilsak uni
“Qayrilgan dengiz” ma’nosin berar,
Geperboriy yana yunon tilida,
“Shimoldagi shamollar xudosi” deyar

Treska; Seld; va paltuslar,
Okean ostida suzib yuradi,
Navigatsiya davri qisqa bo’ladi,
Bir oydan to’rt oygacha davom etadi.

Hind okeani

O’rtacha sho’rligi eng yuqoridir,
Qa’rida cho’kindi jinslar yotadi.
Pushtu tilida bu okean,
“Daryolar otasi” ma’nosin beradi

Yettinchi asrda bilsang,
Arablar okeanni o’zlashtirdilar,
Vasko Da Gama, boshliq dengizchilar,
Hindistonga dengiz yo’lin ochdilar.

“Chelenjer” kemasi yo’lga otlandi,
Hind tomon suza boshladi,
Unesko tashabbus bilan
Ilmiy ma’lumotlar to’play boshladi.

 

Bu qiziq…Vatan haqida chiroyli she’rlar to’plami

Atlantika okeani

Xaritaga boqsangiz anglaysiz
buni,
Eng uzoq cho’zilgan okean budir.
Atlantika deymiz uni,
Qirg’iqsiz dengizi bor shudir.

Diash, Kolumb hamda Kabot,
Sayohat qilganlar Atlantikaga.
Beshta materik o’rab turadi,
Materiklarga ta’sir etadi.

Tinch va Hindga nisbatan iqlimi pastdir
Shimol va janubdan kelar oqimlar.
Harorat pasayar suv yuzasida,
Bolalar mavzuni chuqur o’qinglar.

 Tinch okeani

tinch okeani

Eng katta, eng keksa okean shudir,
Ilk marta Balboa sayohat qilgan,
Panama bo’yni va okeandan o’tib,
“Janubiy Okean” nomini bergan.

Magellan davrida okean nomi,
“Tinch okean” bilan atay boshlandi,
Bering, Kuk, Makarov
Okean qismini ancha o’rgandi.

Eng chuqur cho’kmasi mariana bilsang,
Tayfun shamollari esib turadi,
Tridakna, molyuska, qisqichbaqalar
Okean tubida suzib yuradi.

Sayyoralar haqida 

Sayyoralar haqida

Merkuriy 
Merkuriy derlar meni
Quyoshga eng yaqinman
Taftim juda issiqdir
Hayot yo’qdir shu sabab

 Venera 
Men venera bo’laman
Yerdan oldin turaman
Ikkinchi nomim Zuhro
Ular ichra tanhoman

 Yer 
Bizning ona zaminimiz
Turar uchunchi bo’lib
Sayyoralar ichra tanho
Hayot mavjud, bebaho

 Mars 
To’rtinchi men o’zimman
Deb turar Mars qizarib
Katta olimp vulqonin
To’lib bag’riga olib

 Yupiter 
Beshinchi safni olgan
Men Yupiter bo’laman
Eng og’iri ham o’zim
Va hammadan kattaman

 Saturn 
Turaman men Saturn
Olti raqamin aytib
O’ziga xos tomonim
Bir ajoyib halqam bor

 Uran 
Meni Uran deydilar
Rangim samoga o’xshar
Turaman yettinchida
Eng yorug’I o’zimman

 Neptun
Sayyoralar ichida
Eng uzoqda turaman
Taftim juda sovuqdir
Chunki eng uzoqdaman.

Samarqand viloyati

Ixtiyorova Durdona she’ri

Samarqand viloyati

Aholisi eng ko’p viloyat shudir,,
Uchta viloyat o’rab turadi.

Sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh,
Tarkibiga 15 ta tuman kiradi.

O’n ikkinchi asrda bilsang agar,
Buyuk Temuriylar davlati poytaxti bo’lgan.

Qudratli Temur bobomiz,
Buyuk ipak yo’lin qayta tiklagan.

Sovet davrida toptaldi merosimiz,
Qoldi ulardan orol falokati.

Markazi Shahri Samarqanddir,
Sharofati mustaqillik bilan tiklandi merosimiz.

 

Boshqalar o’qimoqda>> Geografiya fanidan olimpiada savollari

YAPONIYA 

Toshboltayeva Ziroatxon she’ri

Yaponiya

Salom senga Yaponiya ,
Mo‘jizalar vatani.
Robotsozlik, kemasozlik ,
Kashfiyotlar makoni.

Fan- texnika inqilobi ,
Kuchli bo‘lgan bu zamon.
Yaponiya qalqib turar,
Joylashgandir sharq tomon.

Xonsyu, Kyusyu, Sikkoku
Va Xokaydo oroli.
Sening qalbing , yuraging ,
Bu yerlarga kel oshna ,
Bajo bo‘lar tilaging.

Fudziyama vulqoni ,
Qad ko‘tarib turadi.
Yaponiyaliklar uni
Muqaddas deb biladi.

Shaharlari juda ko‘p
Ikki yuzdan ortiqdir.
Barcha korxonalarda
Ishchilari to‘liqdir .

Kuylay desam Yaponiya,
Kuyim hech ham tugamas.
Seni bir bor ko‘rmasam
Armonlarim o‘shalmas.

GEOGRAFIYA

A. Mamatkarimov

Geografiya haqida she'r

Ey o‘rtoq, atrofga boq,
Dunyo o‘zi bir jumboq,
Osmon gumbaz misoli,
Yer sharimiz dumaloq.

Olisdan yuksak tog‘lar,
Ko‘zlarga tashlanadi,
Do‘stim bilsang daryolar,
Tog‘lardan boshlanadi.

Atroflar yaydoq, adir,
Adirlar atalar – qir,
O‘qib tolmaymiz sira,
Qiziq fan – GEOGRAFIYA.

Oqar, oqmas ko‘llar bor,
Ajratamiz son bilan,
Ko‘ldan farq qilar dengiz,
Tutashib ummon bilan.

Sovuq iliq oqimlar,
Oqar okean bag‘ridan,
Balandlikni o‘chlaymiz,
Do‘stim dengiz sathidan.

Uchar o‘qdek hayollar,
Go‘yo – MUSSON shamollar,
Aqlimiz tortmas hira,
A’lo fan – GEOGRAFIYA.

Dehqonchilik ekinlar:
Bug‘doy,arpa va sholi,
Ikki hil usul bilan,
Ko‘payadi aholi.

Shakarqamish poyasi,
Sifatli shakar bo‘lar,
Aholi soni o‘sib,
Milioner shahar bo‘lar.

Halq ho‘jalik,sanoat,
Fan,tehnika,tijorat,
Aql, bilim,saviya,
Eng zo‘r fan – GEOGRAFIYA.

Tavsiya etamiz : Fan oyliklarni o’tkazish tartibi va hujjatlari jamlanmasi

SAYYORALAR 

Yusupova Fotima she’ri

Sayyoralar haqida she'r

“Ge” -Yer, “grafo” -yozaman,
Deb o’qidik tarjimasin.
Sanadik birin ketin,
Sayyoralar sakkiztasin.

Eng birinchi o’zimman deb,
Merkuriy gerdayar ana.
Ikkinchi yo’lakni esa,
Veneraga beraman deb.

Quyosh va oydan keyin,
Kular Venera nur sochib.
Shuning uchun ham o’y bosar,
Yulduzmi deb hayol qochib.

Bizning ona zaminimiz,
Turar uchinchi bolib.
Barchasidan o’zgacha,
Ummonlariga to’lib.

To’rtinchi men o’zimman,
Deb turar Mars qizarib.
Katta Olimp vulqonin,
To’lib bag’riga olib.

Beshinchi safni oldi,
Yupiter sayyorasi.
Hammadan og’ir o’zi,
Va hammadan kattasi.

Turar ana Saturn,
Olti raqamin aytib.
Ko’k sayyoraman deya,
Uran kutar navbatin.

Haydab olib yonidan,
Qarang Neptun, Plutonni.
O’zi yayrab turadi,
Kiyib olib ko’k to’nni.

Bu olam sirlari ko’p,
Jumboqlariga to’la.
Buni bilmoq uchun siz,
O’qingiz GEOGRAFIYA!!!

Iqtisodiy bilim asoslari fani

Xurshid Karim she’ri

Iqtisodiy bilim asoslari fani

Fanlar ko‘pdir dunyoda,
Ko‘pdir turli ilmlar,
Yashash uchun eng zarur,
IQTISODIY BILIMLAR.

Ishlab chiqariladi,
TOVAR yoki MAHSULOT,
Inson ehtiyojlarin,
O‘rganadi IQTISOD.

Bozorni bilganlarni,
Doim oshig‘i olchi,
O‘zimiz SOTUVChIMIZ,
O‘zimiz ISTE’MOLChI,

Sifati zo‘r tovarning,
Ko‘p bo‘lar xaridori,
Qancha NARXI past bo‘lsa,
Shuncha TALAB yuqori.

TALAB TAKLIF tutashib,
MUVOZANAT NARX bo‘lar,
Do‘stlar MARSHAL QAYChISI,
So‘zlarimga sharh bo‘lar.

Oldi sotdi qilgani,
BOZORGA kelishadi,
BIZNES yuritganlarni,
TADBIRKOR deyishadi.

JAMGʻARMA va SUGʻURTA,
DVIDEND-u, DAROMAD,
Eng katta boyligimiz,
To‘rt muchamiz salomat.

Kimlar TOVAR sotadi,
Ishlab chiqarar kimlar,
Hayotda eng keragi,
IQTISODIY BILMLAR.

Buni ham o’qing>>tadbir senariylar to’plami

Afrika

Yusupova Fotima she’ri

Afrika

Bo’lib turadi meni,
Ekvator teng ikkiga.
Bosh meridian g’arbimda,
Hind okeani sharqimda.

Bir tomonim Yevropa,
Bir tomonim Osiyo.
Ikkalasin qo’shsak gar,
Bo’lar Yevrosiyo.

Atlantika suvlari,
Yuvar shimol, g’arbimni.
Turli xil qazilmalar,
To’ldiradi bag’rimni.

Svilizatsiya beshigi,
Boshlangan dastlab mendan.
Nil daryosi vodiysining,
Hosildor yerlaridan.

Afarik degan so’zdan,
Olingan nomim asli.
Ikki davlatim orasin,
Derlar mis mintaqasi.

Hududim relyefini,
Ajratdilar ikkiga.
Yaxshi eslab qolingga,
Past va Baland Afrika.

O’rgandi urf-odatim,
Marokashlik Battuta.
Xo’jaligu aholim,
Tabiatim ham qo’sha.

O’n beshinchi asr meni,
Gollandlar o’rgandilar.
Boshimga qora kunlar,
Qul savdosin soldilar.

Janubimdan aylanib,
O’tib Vasko da Gama .
Yevropadan u dastlab,
Yo’l topdi Hindistonga.

O’n bitta davlatimdan,
O’tadi Nilim oqib.
Quyish uchun suvini.
O’rta dengizga shoshib.

Eng katta cho’limni,
Derlar “ Sahro qiroli”
Unda ham qaynar hayot,
Bordir katta bozori.

Eng yuqori haroratni,
Kuzatdilarku menda.
Liviya cho’limdagi,
Tripoli shahrida.

Shimolimda Ben –Sekka,
Janubimdadir Igna.
G’arbimda bor Almadi,
Ras-Xafundir sharqimda
Meni nomim Afrika.

Buni ham o’qing>>Ona haqida chiroyli she’rlar

Yevrosiyo

Yusupova Fotima she’ri

Yevrosiyo

Yer yuzida eng katta,
Eng baland materikman.
Eng chuqur Baykal ko’lim,
Eng katta Kaspiyim bor.

Uch yuz metrli uzun,
Lianalar bo’y cho’zar.
Sanangchi cho’qqilarim,
Bunda ham o’zim o’zar.

O’ylamang siz maqtanib,
Kerildi deya yana.
Azaldan quchog’imda,
Qad rostlar Jomolungma.

Birlashsa ikki qit’a ,
Yevropa ham Osiyo .
Kelib chiqadi nomim,
Bo’lib Yevrosiyo.

Yerep-g’arb va Osu-sharq,
Ma’nolarin anglatdi.
Eng katta qit’a joyni,
Qarang mendan tanlabdi.

Ajratib turar meni,
Gibraltar Afrikadan.
Sharqda Bering bog’izi,
Shimoliy Amerikadan.

Erotosfen, Ptolemey,
Chizdi dastlab xaritam.
Ajraldim Lavraziyadan,
Million yillar muqaddam.

Daryolarim suvini,
Quyar beshta havzaga.
Eng ko’p yog’in yog’adi,
Biling Cherrapunjaga.

Aytsam aytar gap ko’pdir,
To’xtamaydi qalamim.
Yaxshisi boq kitobga,
U oshno har bir qalbga.

Yer haqida she’r

"Yer" haqida she'r

Men ichki ham tashqi,
Tuzilishga egaman.
Meni sinchiklab o’rgan ,
Sir asrorga to’laman.

Turlicha bo’lgan sabab,
Moddalarim zichligi .
Meni uchga bo’ldilar,
Yadro, mantiya, Yer po’sti.

Ta’rifimga do’stlarim,
Kerakmas tashbehu zeb.
Po’stimni belgilashdi,
Moxo chegarasi deb.

Mantiyam iboratdir,
Bilsangiz uch qatlamdan.
Yuqori mantiyam boy,
Temir, magniy jinslardan.

O’rta, quyi mantiyamda,
Yuqori zichligim xo’p.
Gar yadrodan o’tsangiz.
Bo’lar bunda bosim ko’p.

Men sabab bo’lib o’tar,
Zilzila burmalanish.
Sizga bu jarayonlar,
Hayotda ham ko’p tanish.

Go’zal tashqi olamim,
Bunda hayot qaynaydi,
Hamda to’rtta qobig’im,
Muhim rolni o’ynaydi.

«Litos» yunoncha toshdir,
«Sfera» esa qobiq.
Atmosfera havodir,
Gidrosfera suv qobiq.

Bular bari birlashib ,
Biosfera deyilar.
Hamda hayot qobig’i,
Ma’nosini bildirar.

Qo’limdan kelganicha,
Berdim sizga ma’lumot.
Do’stlar qolganin sizga,
O’rgatar endi kitob.

Bu qiziq… 21 mart navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami

Darsdan so’ng she’ri

Kimnidir koyidi chekkani uchun,
Tortib olib qo‘ydi gugurtini ham.
Mashq daftarlarini yig‘di-da, so‘ngra
Bir-bir sanab ko‘rdi. Yetti daftar kam.
“Har gal shunday ahvol. Uyalmaysizmi?
Kelasiz o‘qishmas, qilish uchun sayr.
Bu safar ham «Ikki» qo‘ymay turaman,
Ertaga qolganlar topshirsin. Xayr”
Qish kuni – bir tutam. Qoraygandi qosh,
Ikkilandi. O‘tmak kerak, axir, qirdan.
Eri ham kelmadi olib ketishga
«Ko‘ngli sovidimi…»-vahm etdi birdan.
Hamkasb dugonasi qistovga tutib,
«Tunab keting,-dedi.-Kech bo‘lib qoldi».
Ko‘nmadi. Qo‘ltiqlab mashq daftarlarni
Uyga yolg‘iz o‘zi yayov yo‘l oldi.
Ovul tugab, endi qirga chiqqanda
Oqshom quyuq edi, atrof sim-siyoh.
Yo‘ldan qaytmoqchi ham bo‘ldi bir o‘yi,
«O‘g‘lim xastalanib qoldimikin yo?..»
Yuragini battar vahima bosdi,
Qamradi tundan ham battar bir qo‘rquv.
O‘nqirmi, cho‘nqirmi, o‘rmi, qir demay
Yana ketaverdi, ketaverdi u.
Mudhish bir sharpani ilg‘adi nogoh,
Razm solsa qashqir. Qilardi ta’qib,
Esladi yirtqichning qo‘rqishin o‘tdan,
Iziga bir daftar tashladi yoqib.
Qashqir to‘xtab qoldi. So‘ng – yana, yana,
Muallima omon topgan bu olov
Yirtqichga berardi ilojsiz sabr.
Yo‘lovchi –yoqardi, qashqir-to‘xtardi,
Tin olardi ikkov har daftarda bir.
Yo‘l uzoq, tun qaro, qashqir esa och,
Och yirtqich bilarmi nadir sadoqat.
Uyga yaqin qolgan vaqtda tugadi
Muallimda daftar, qashqirda – toqat.
Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi.
No‘noq nazmim uchun avf et, xalqim,
Na olim, na fozil, na so‘z piriman.
O‘z vaqtida daftar topshira olmay
Qolgan bolalarning biriman.
Men yaxshi bilaman, tumor qilmaydi
Yozgan she’rlarimni oshiqlar.
Men yaxshi bilaman, qo‘shiqlarim jo‘n,
Bilaman, bular bir oddiy mashqlar.
Lekin… ketmakdasan kelajak sari
Tap tortmay qismatning dasht, qirlaridan.
O‘zimcha asragim keladi seni
Yovuzlik, xiyonat qashqirlaridan.
Men mashq bajaraman, yozaman har kun
Daraklar, so‘roqlar, xitoblarimni.
…Sen yo‘l bo‘yi yoqib ketaver
Qashqirlar qo‘rquvchi kitoblarimni.

 

Geografiya haqida 

Geografiya haqida she'r

Geografiya so`zi.
Qadimda erotosfen,
Atagan fan usha men,
Yunoncha so`z geo-yer,
Grafo-chi yozaman der.

O`zbekcha ugirsak,
Yerning tasviri demak,
Buni barcha o`quvchi,
Albat bilmog`i kerak.

Ikki jonim bor mening,
Yer shari shonim mening,
Tabiatdir vujudim,
Sizlar mening bor budim.

Bir tarmog`im tabiat,
Shaydosi bo`lsa agar.
Ikkinchi bilim, qoida,
Jam xujalik faoliyat.

Buyuk geograflarimiz.

Buyuk geograflarimiz.

Dunyo xaritasini
Birinchi bor tuzgan kim?
Sursalar usha men,
Nomimdur erotosfen.

Globusni birinchi
Yaratdik biz ikkovlon
Menman nemis bexaym
Beruniy o`zbek o’g’lon.

Dunyo buylab eng avval,
Sayyox u kim bo`lgan ekan?
Savolingiz etay xal,
Uning nomi magellan.

Sandiq tula javoxir izlab
Xindistonni borardim ko`zlab,
Xayolimni ummon oldimi?
Dilga Amir qoni soldimi?

Orol tomon yuzlanib nogox,
Xindu dedim axolisin gox,
Sharqiy Xitndiston deb atadim,
Men sayyoxlik burchini o`tadim,
Kolumb nomim mamlakat oldi,
Xatolarim tarixida qoldi.

Joy plani

Joy plani

Keng shaharu dala qishloqlar,
Osmon bog`u tog`u-toshlar,
Aks etarlar jajji chizmada,
Joy plani mening jussamda

Xaritaning ukasi derlar
Faqat unda jam butun yerlar,
Globus va rasm qarindos
Ular menga doimo sirdosh.

Shartli belgilarim xo`p aniq,
O`qiy olsang joy taniq.
Xujalikka aks etib qolay,
Vujudingiz rom etib olay.

Boshqalar o’qimoqda>> Geografiya fanidan kuzgi attestatsiya savollari 2022

Mashtab

Mashtab

Katta joyni kichik qog`ozga
Tushirmoq uchun kasr qullanadi,
Suratiga bir sonni quyib
Maxrajiga bir son tanlanadi.

Planlaru, xaritalarga
Shunday katta globusga ham,
Asos bo`ldi mana shu qonun
Men bor ekan qog`ozdan yo`q gap

Kompas tilidan

Kompas

Yordamchimiz silarga
Adashsangiz yullardan agar
Koyimangiz o`zni hech mahal
Yordamchimiz qo`lingizga agar
Bo`lsak doim yo`llaringiz xal.

Men kompasman, do`stim gnom
Ko`rsatkichim aniqlar tomon
Unutsangiz bizni, tabiiy
Belgilar yo`l ko`rsatar oson.

JANUB.

Olingiz meni tanib
Men issiq tomon-janub.

SHIMOL.

Hamma mendan qo`rqar nomidur-shamol,
Sovuq keltiraman har vaqt bemalol.
Sizlarga kelmasin sovug`im malol,
Men qaxraton qishning erkasi-shimol.

Ufq tomonlari

SHARQ

Quyosh chiqadigan tomonman o`zim,
Sizlardan ustinroq mening har so`zim.
Sevimli sharqdirman ta`rifim doston,
Shoirlar so`zida nur tomon yuzim.

G`ARB

Men hammadan go`zalroqdurman,
Shuning uchun maftunkordurman.
Quyoshjonga in qilib bergan,
«Kun botarman» baxtiyordurman.

 

 

Tavsiya etamiz :Yangi yil haqida she’rlar to’plami. Yangi yil bayrami she’rlari

manba1

manba2

 

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top