Farididdin Attor ruboiylari toโplamini etiboringizga havola etamiz. Ushbu ruboiylardan foydalaning.
Shayh Farididdin Muhammad Abu Bakr ibn Ibrohim Attor, odatda, shunchaki Attor (โdorixonachiโ), haqiqiy ismi โ Abu Hamid Muhammad ibn Abu Bakr Ibrohim (yoki ibn Saโd ibn Yusuf, tugโilgan va vafot etgan yillari noaniq) โ XII asr fors soโfi shoiri, koโplab dostonlar va sheโrlar muallifi. Attorning sheโrlari ilohiyot bilan birlashishga intilish va chuqur falsafiy gโoyalar bilan sugโorilgan.
Tugโilgan va vafot etgani haqidagi manbalar turlicha va isbotlanmagan. Baโzi manbalarga koโra Attor 1119 yil tugโilgan va vafot etgan sanasi aniqlanmagan. Boshqa maโlumotlarga koโra, u XII asrning ikkinchi yarmida tugโilib, 1230 yil vafot etgan. 1119 yilda tugโilib, 1230 yilda vafot etganligi haqidagi maโlumotga koโra Attor uzoq umr koโrgan.
Yana bir manbalarga koโra Attor 1145 yoki 1146 yil Nishopurda tugโilgan va 1221 yil Nishopur shahri Tuluy askarlari tomonidan qamal qilinib, moโgโullar istilosi vaqtida oโldirilgan.
โMantiq uttayrโ (1175), โPandnomaโ kitoblari juda mashhur; โTazkirat ul avliyoโ asari Brokgauz va Yefronlarning ensiklopedik lugโatida taโkidlanishicha, Attorning asarlari oโzining chuqur va samarali boy gโoyalari bilan bir nozik shaklga birlashgan.
Farididdin Attor tarjimai holi
RUBOIYLAR
1
Ey dil, shod boโl, yaxshi-yomon oโtgusidir,
Bir kuni qulni begumon oโtgusidir.
Bor neโmatiyu quvonchi bu dunyoning
Umring kabi solgancha suron oโtgusidir.
2
Sham shulasi tushmish sharobga bu kecha,
Sust ketdi dilim mening kabobga bu kecha,
Qoโy uyquni, ber quloq rubobga bu kecha,
Obod ne bor, yuz tutar xarobga bu kecha.
3
Gul ochdi yuzin, biz-da koโngil ochgaymiz,
May shavqi bilan gโam qoโlidan qochgaymiz.
Gul qovjiragay oโtsa bahor, vaqt yetsa,
Bizlar-da ajal sharbatini ichgaymizโฆ
4
Imkon bor ekan, topib yaqin ulfatni,
Bogโ-rogโlar aro joyiga qoโy ishratni.
To bogโlamayin qoโlu oyogโingni ajal,
Sol ishga, uvol qilma kuchu quvvatni!
5
Gul jilva qilib, yashnadi boโston, ey doโst,
Sayr ayla gโanimatda guliston, ey doโst;
Xar narsani xohlasang โ muhayyo bunda,
Qil aysh ila ishratni bearmon, ey doโst!
6
Gul toโnini chok qilibdi โ kirsam boqqa,
Koโr: gโunchani yel solibdi ne qiynoqqa.
May ich, yel esar sensiz-u mensiz ham koโp,
Biz-chi, yotamiz boshni qoโyib tuproqqa.
Farididdin Attor tarjimai holi
7
Dunyo to qiyomat bevafo boโlgaydir,
Haq bandasiga ishi jafo boโlgaydir.
Ming yil yashasang-da Nuh kabi dunyoda,
Bir kun seni jisming-da fano boโlgaydir.
8
Ey dil, chekasan jahon gโamini tokay?
Kelgan oโsha labga jon gโamini tokay?
It, choโchqaga kon bu iflos manzil aro โ
Chekmoq doโzaxiy taom gโamini tokay?
9
Ey dil, bu tuban dunyo uchun xor boโlma,
Murdoriga karkas* qushidek yor boโlma.
Dunyoga jaxrn xalqi giriftor boโldi,
Sen oโzni tani โ unga giriftor boโlma.
_________
* Karkas โ oโlimtik bilan kun koโruvchi yirtqich qush.
10
Tokay bu jahon bizga qilar ranju sitam?
Qiynaydi qachongacha xayoli koโnu kam?
Hech narsaga arzimaydi har ikki jahon,
Har narsa uchun muncha chekarmiz nega gโam?
Farididdin Attor tarjimai holi
Boshqa sheโrlar va ruboiylari