Don Kixot romani haqida
Bosh sahifa » Sherlar » «Don Kixot»ni o‘qiganmisiz yoki ko‘z yugurtirganmisiz?

“Don Kixot”ni o‘qiganmisiz yoki ko‘z yugurtirganmisiz?

Don Kixot romani haqida

Don Kixot romani haqida

Don Kixot romani haqida

Bolaligimda sevib o‘qiganim kitoblardan biri “Don Kixot” asarining g‘oyasi sizlarga ma’lumdir

Haddan tashqari ko‘p kitob o‘qigan va boshqalar tomonidan ahmoq deb tanilgan bir lamanshlik qahramon. Qurolbardori esa Sancho Pansa… Kontrast ham shu ikki qahramonda bor… Esladingiz va yuzingizga tabassum yugurdi.

TAVSIYA ETAMIZ : Migel de Servantes hayoti va ijodi HAQIDA

Hayot doim kurashlardan iboratligini eslatuvchi bir kitob… Shamol tegirmoniga qarshi jang, garchi taraflar tengsiz bo‘lsa ham, mag‘lubiyat aniq bo‘lsa ham, kurashdan qaytmaydigan qahramonlar obrazi…

Bugungi Don Kixotlarimiz va Sancho Pansalarimiz ham ko‘pchilik tomonidan kalaka qilinayotgani sir emas. Jurnalist va bloggerlar singari.

Doim mazlumni himoya qilgan, ezgulik tarafida turib jang qilishni oliy maqsad deb bilgan “Don Kixot” asarida bo‘lgani kabi hayotda ham doim mag‘lub bo‘lishadi. Bugungacha jurnalist va bloggerlar ham aynan Don Kixot va Sanchodek harakat qilmoqda edilar. Mazlum tomonida turib haqsizlikka qarshi chiqmoqda edilar…

Lekin rasmiylardan biri “eshshagingdan tush!” deb hitob qilgandi, ko‘pchilik bir sapchib tushdi. Endi soxta “Don Kixot”lar va soxta “Sancho”lar paydo bo‘la boshladi. Lekin haqiqat shundaki, bu ikki qahramon oddiy xalq tomonida turgan. Boylar, qirollar, zodagonlarga qarshi kurashgan. Haqsizlikda faqatgina ularni aybdor deb bilganlar. Chin muxlis uchun, soxta qaxramonlarni ajratib olish qanchalik osonligini bilsalar edi…

Azizim Sancho Pansa, eshakka minavergin, birgalashib o‘z haqiqatimiz uchun kurashamiz! Mayli, telba deyishsin, kulishsin, masxara bo‘laylik! Lekin zulmga qarshi kurashishga tayyormiz!

TAVSIYA ETAMIZ : Migel de Servantes hayoti va ijodi HAQIDA

Sodiq do‘stim, Sancho, yo‘limiz og‘ir, mashaqqatli, ustiga-ustak, hech vaqoimiz yo‘q. Biz “Shamol tegirmoni”ga qarshi kurashamiz! “Feodallar”gagina “non” beradigan sistemaga qarshi jang qilaveramiz! Buni zinhor Korrupsiya deya ko‘rma! Bu shunchaki shamol tegirmoni!

Qalbsiz, hissiz, qayerdan shamol essa o‘sha tomonga aylanaveradigan bir sistema…

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top