Mundarija
Migel de Servantes hayoti va ijodi
Migel de Servantes hayoti va ijodi.
Buyuk ispan adibi Servantesning hayoti va ijodi bilan bogสปliq asosiy voqealar bugungi kunda oสปquvchilarga ancha-muncha tanish. U 1547 yilda Alkala-de-Enares degan manzilda omadi chopmagan dorishunos oilasida dunyoga keladi. Ota kasbi shahardan shaharga, qishloqdan qishloqqa koสปchib yurishni taqazo qilgani sababli, Servantes bolaligidan muntazam ravishda maktabga qatnayolmaydi, binobarin, uning bilim olishi ham anchagina pala-partish kechadi. Bu yillari Ispaniya taraqqiyoti mislsiz gurullab rivojlanayotgan edi. Ispanlarning qadimiy dushmani hisoblanmish mavrlar mamlakatdan endigina surib chiqarilganiga qaramay, ularning Oสปrtayer dengizidagi hukmronligi davom etardi.
TAVSIYA ETAMIZ : Don Kixot ROMANI HAQIDA
Ispaniya bu paytda Gabsburglar imperiyasining tarkibida boสปlib, Avstriya, Niderlandiya, Neapol, Sitsiliya, Sardiniya, Burgundiya, shuningdek, Germaniyaning ham bir qismi shu mamlakat tarkibiga kirardi. Qolaversa, Ispaniya okeanning narigi tomonidagi ulkan imperiya โ yangi kashf etilgan va oสปzlashtirilayotgan qitสผaning ham siyosiy markazi hisoblanar, xullas, Ispaniyaning oltin davri boshlanmoqda edi.
Yigirma yoshlarida Servantes Rim Papasining Ispaniyadagi noibi โ kardinal Akvavivaga xizmat qiluvchi jangchilar boสปlinmasiga yollanadi. Akvavivaning xizmat muddati tugab, Rimga chaqirilganida, Servantes ham karvon safida Italiyaga yoสปl oladi. Bu paytda Servantes hali yozuvchi sifatida nom qozonmagan boสปlsa ham, ammo oสปsha paytlardagi davlat arboblaridan Don Karlos, qirolicha Izabellalarning vafotiga bagสปishlab yozgan sheสผrlari tufayli koสปzga ancha koสปrinib qolgan umidli qalamkash sanalgan. 1570 yilda u Ispaniya armiyasiga koสปngillilar safida xizmatga kiradi, dengiz urushlarida qatnashdi. Servantes mana shu janglarda mardlarcha ishtirok etadi, uch marotaba yarador ham boสปladi.
Uning tutqunligi
1573โ1574 yillarda u Tunisdagi ispan garnizoniga madad uchun joสปnatilgan qoสปshin safida Afrika qitสผasiga ham oสปtadi (ushbu safar tafsilotlari โDon Kixotโ romanida yoritilgan). 1575 yili Ispaniyaga qaytib kelayotganda, choสปntagida Don Xuan tomonidan taqdim etilgan zobitlik unvoniga musharraf qilish haqidagi yorliq (aniqrogสปi, tavsiyanoma) ham bor edi. Taqdirning oสปyinini qarangki, dengizda ularning kemasiga qaroqchi berberlar hujum qilib, kemani egallaydi. Servantes asirga olinadi, Jazoirga joสปnatiladi va uning boshi uchun xun (tovon) puli belgilanadi. Xuddi shu vaziyatda Servantesning choสปntagidagi tavsiyanoma pand berib qoladi, boสปlajak adibni katta arbob deb oสปylagan berberlar uning boshi uchun juda katta tovon puli talab qiladilar. Servantes bir necha marotaba asirlikdan qochishga urinib koสปradi. Ammo barcha harakatlari muvaffaqqiyatsiz chiqaveradi. Shu tariqa u besh yil tutqunlikda qolib ketadi. 1580 yildagina besh yuz dukat evaziga ozodlikka chiqadi.
Bir muddat Portugaliyada yashab, soสปng uyiga qaytgan Servantes 1582 yillarda yana oสปzini yozuvchilik sohasida sinab koสปra boshlaydi. Vatanparvarlik mavzusidagi โNumansiyaโ tragediyasi, maishiy mavzularda intermediya (kichik pyesa)lari shu davr mahsullaridir. โNumansiyaโ tragediyasi shoir Rafael Albertining qayta ishlovida 1938 yil qamal qilingan Madrid shahrida ham sahnaga qoสปyilgan. Uning intermediyalarini 1885 yilda A. N. Ostrovskiy rus tiliga oสปgirgan. Servantesning oสปsha yillardagi ijodining mahsuli boสปlgan โGalateyaโ romani oสปquvchilar tomonidan iliq kutib olinadi. Bu roman 1783 yilda fransuz tiliga tarjima qilinib nashr etilgach, Yevropa mamlakatlarida koสปplab kitobxonlarning sevimli kitobiga aylanib qoladi.
TAVSIYA ETAMIZ : Don Kixot ROMANI HAQIDA
1584 yilda adib oสปzidan 18 yosh kichik Katalina de Salasar-i-Palasos bilan turmush quradi. Davlat lavozimlaridan umidvor boสปlib yurgan Servantes nihoyat 1587 yili Angliya mamlakatiga bosib borish ilinjidagi qoสปshinga jadal tayyorgarliklar koสปrish boสปyicha komissar qilib tayinlanadi. Bu juda sertashvish-sermashaqqat ish edi, shafqatsizlik talab qilardi. Harbiy qonun-qoidalarga qatสผiy amal qilaman, deb ish koสปrgan komissar Servantes ibodatxona oziq-ovqat zahiralarini oสปz xisobiga qoสปshib olgach, diniy xodimlarning qargสปishiga uchraydi. 1590 yilda u Amerikadagi Ispaniyaga qarashli yerlarda maสผmuriy rahbarlik lavozimiga erishishga harakat qiladi-yu, ammo bu niyati amalga oshmay qoladi. Aftidan, yozuvchining haddan ortiq haqiqatparastligi bunga toสปgสปonoq boสปlgan. Buning ustiga, Servantes boshqa birovlarning aybi bilan ishda yoสปl qoสปyilgan kamomadlar sabab boสปlib, uch marotaba qamoqda ham oสปtirib chiqadi (1592,1597 va 1602 yillar). Hayotining oxirgi yillari haqida saqlanib qolgan maสผlumotlar juda kam. Aftidan u umrining soสปnggi yillarida badiiy ijodga (balki โDon Kixotโ romanini yozishga) butunlay berilib ketgan boสปlsa kerakki, Servantes biograflari ham adib umrining nihoyasi borasida koสปp narsa yozib qoldirishmagan.
Don Kixot romani haqida
1605 yili muallifga bir olam shuhrat keltirgan, uning nomini mangulikka doxil qilgan asari โ โDon Kixotโ romanining birinchi qismi nashr etiladi. Qizigสปi shundaki, bu romanni avvaliga koสปpchilik yozuvchilar (jumladan, buyuk dramaturg Lope de Vega ham) โijobiy bahoga arzimaydiโ, โhech kim oสปqimaydigan asarโ deb nazarga ilishmagan edi. Biroq roman chop etilishi bilanoq tilga tushdi. Uni izlab yurganlar koสปpaydi. Nafaqat adabiy davralarda, balki maishiy hayotda xayolparast va tajang, hardamxayol va pokiza qalbli Don Kixot, uning oสปziga oสปxshash yaroqbardori Sancho Pansa haqida odamlar qizgสปin bahs yuritadigan boสปlib qoldilar, kishilar oสปrtasida โdonkixotchilikโ degan tushuncha paydo boสปldi. Kitob qoสปshni mamlakatlarga ham tez tarqaldi, muallif tirikligidayoq boshqa tillarga oสปgirila boshlandi-yu, ammo muallifning oสปzi hech boyimadi, kambagสปalligicha qolaverdi. Agar shu orada bir voqea yuz bermaganida edi, Servantesning qoสปli kaltaligi sababidan kitobning ikkinchi qismi yozilmay qolib ketishi hech gap emasdi. Voqea esa shundan iborat boสปldi: asar chop etilib, kitobxonlar orasida tobora keng yoyila boshlangan bir paytda Alonso Fernandes de Avelyaneda ismli (bu, aftidan, taxallus boสปlsa kerak) allaqanday bir shaxs 1614 yilda muallifdan ruxsat soสปrab-netib oสปtirmay, romanning davomini yozadi-da, kitob qilib chop ettira boshlaydi. Ana shundan keyin paytavasiga qurt tushgan Servantes oสปzi yaratgan asarning, qahramonlarining taqdiridan tashvishlanib, shosha-pisha โDon Kixotโning ikkinchi qismini yozishga kirishadi va asar davomini bir yildayoq yozib bitirib, kitob holida chop ettiradi. (Asarning yakuniy bobida muallif oสปzining qalamdosh raqibi shaสผniga ancha-muncha achchiq-tizziq gaplarini ham yogสปdiradi).
TAVSIYA ETAMIZ : Don Kixot ROMANI HAQIDA
Hayotining soสปnggi yillarida Servantes โIbratli novellalarโ nomli turkum hikoyalar yaratdi. Oสปlim toสปshagida yotib yozgan asari โ โPersilas va Sigizmundaโ nomli romani fantastik voqealar tarixidan iborat. Adib 1616 yili Madridda vafot etadi, biroq qabri qayerdaligi hanuz nomaสผlumligicha qolmoqda. Migel de Servantes hayoti.