Dehlaviy tomonidan yozilgan ruboiylar to'plami. Dehlaviy ijodi haqida
Bosh sahifa » Sherlar » Dehlaviy tomonidan yozilgan ruboiylar to’plami. Dehlaviy ijodi haqida

Dehlaviy tomonidan yozilgan ruboiylar to’plami. Dehlaviy ijodi haqida

Dehlaviy tomonidan yozilgan ruboiylar to’plami. Dehlaviy ijodi haqida

Dehlaviy tomonidan yozilgan ruboiylar to'plami. Dehlaviy ijodi haqida

Dehlaviy ruboiylar

Ey sarvi chaman, jilvagari bo‘ston bo‘l,
Ey bodi sabo, chamanda kez, sayron bo‘l.
Ey gul, sabr aylaki, nargis mastdir,
Gul pardasi ichra bir nafas pinhon bo‘l.

TAVSIYA ETAMIZ : DEHLAVIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA >>

2

Jonona, shu lablaring menga taskindir,
Bir bo‘sa tilarmen, oshig‘ing — miskindir.
Dedingki, bu gapni qo‘y, labimda tuz ko‘p,
Hay, sho‘r demagil, sho‘r deganing – shirindir…

3

Ey ta’mayu hirs agarchi doxil senga,
Tuproq emish oxiri manzil senga…
Tuproqni na’munchalar bezaysen, ey do‘st?
Tuproq bo‘ladir bir kuni hosil senga…

4

Sendin nechakim jabru jafo ko‘rgaymen,
Men barchasiga o‘zni rizo ko‘rgaymen.
Ko‘ngil boricha men seni ko‘rsam deyman,
Nur yetganicha ko‘zimda to, ko‘rgaymen….

5

Kulsang, sanamo, nozli ko‘zing noz etgay,
Gul ikki yuzingda o‘zni og‘oz etgay
Gar g‘uncha labingdin so‘z tilar ersa, sanam,
Gul-gul ochilib, o‘zini pardoz etgay…

6

Dedimki, labingda ko‘p shakarlar bordir.
Dedingki, ko‘zingda ko‘p guharlar bordir.
Dedimki, faqirmen, dedingki, bas qil,
Yuzingdin ayon bo‘ldiki, zarlar bordir…

7

Ishqing meni oshuftai hayron qildi,
Aqlimni olib, besaru somon qildi.
Har nechaki so‘ylasam, g‘amim kam bo‘lmas,
Yuvgan bilan ketmadi bu dog‘, qon qildi…

TAVSIYA ETAMIZ : DEHLAVIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA >>

Dehlaviy ruboiylar

8

Jonon, ichaver, ayshi mudoming bo‘lsin,
Qonim to‘kaver, bodai joming bo‘lsin.
May senga halol zmish, nigoro, lekin
Mensiz uni ho‘plasang, haroming bo‘lsin.

9

Ey yor, asiru mubtalomen sensiz,
Shu bori jahondin ham judomen sensiz.
Mensiz ne etarsan? — deya bir so‘ramassen,
Qilmasman o‘zimki, voy, netomen sensiz.

10

Jonon, ki jafoying bila gar o‘lgaymen,
Amring va rizoying bila gar o‘lgaymen.
Mehring bila boz o‘zimga jon topgaymen,
Jonim to‘la mehring bila boz bo‘lgaymen.

11

Chun shomi namoz bo‘ldiyu yorim ketdi,
Hijronzada qushmanu bahorim ketdi.
G’am ichra netayki, dili zorim ketdi,
Tun ichra qolib, sabru qarorim ketdi…

12

Xo‘blar sari boshlagunchi yo‘l — rohimdir,
Jonu dilu ko‘z hamisha badxohimdir.
Yo‘q kimsaki, holimni ko‘rib, o‘rtangay,
O’rtanguchi bo‘lsa, shu faqat ohimdir…

13

Jonim, sanamo, sidqu vafoyingga fido,
Boshim havasi sajdai poyingga fido.
O’z hoyu havosi bila yurgay har gul,
Illoki, dilim hoyu havoyingga fido…

14

Yo‘q, ko‘z demang, ul fitnai olamni ko‘ring,
Yo‘q, soch demang, har yonga sochilganni ko‘ring.
Ul damki itob etib, niqobin ochsa,
Voy, qosh demang, ul kamoni Rustamni ko‘ring…

U HAQIDA : DEHLAVIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA >>

Dehlaviyning sara ruboiylari

15

La’ling kabi, yor, g‘unchai xandon yo‘q,
Yuzing kabi gul? Chamanda ul chandon yo‘q.
Lab tishlar emish labingni ko‘rgan pista,
Ammo na ilojki, og‘zida dandon yo‘q…

16

Ul sarvki, sayr etarda shod o‘lmishdir,
Dil ergashib unga, nomurod o‘lmishdir.
Ko‘ynigda g‘ubor bo‘lib taralgan jonim
Oxirda shamolu girdibod o‘lmishdir…

17

Bir kecha visoling, sanamim, yor bo‘lgay,
La’ling dag‘i bir mahrami asror o‘lgay.
Ko‘zimni suray deyman oyog‘ingga, vale,
Ko‘zim yoshi birla poying afgor o‘lgay…

18

Hajr ichra mudom munisi yorsen, ey g‘am,
Bas, menga ne g‘amki, g‘amguzorsen, ey g‘am.
Ko‘nglimda makon tutibsen, ey, insof qil,
Har nechaki bor eding va borsen, ey g‘am…

19

Hasratga ko‘milganim muborak bo‘lsin,
Zahmatzada bo‘lganim muborak bo‘lsin.
Bir bora ko‘rolmadim yuzingni, ey yor,
Ko‘yingda shu o‘lganim muborak bo‘lsin…

20

Ayyomu visolu mavsumi dildorlik —
Kechdi bari, qoldi menga shu g‘amxorlik.
Tunlarki sanam vasli-la uyg‘oq erdim,
Tush erdi magar, aslidachi — bedorlik…

21

Dedim, kechasi qoshima kel, kenglik qil,
Dediki, fig‘onu nolani enlik qil.
Dedimki, jafoying bila bir oh urgum.
Dedi: bir emas, menga desa, ellik qil…

22

Ne zar tilanib, siynasi otashdirmiz.
Ne ta’na bila ko‘ngli mushavvashdirmiz.
Bir burda quruq non bila suv, tinch go‘sha.
Yo Rab, bu tiriklik bila biz xushdirmiz…

23

Ey tan, qaro yer maskaning bo‘lgusidir,
Ul chog‘da kafan pirohaning bo‘lgusidir.
Dedingki, keyin uyim qorong‘u go‘rmi?
Shoshilmaki, unda ravshaning bo‘lgusidir.

24

Ayyomi baqoga boq, chunon o‘tgusidir,
So‘ngsiz g‘amu ranj ila ravon o‘tgusidir.
O’tguvchi biror damga najot yo‘q, umr —
Afsuski, o‘tarda roygon o‘tgusidir.

BU QIZIQ : DEHLAVIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA >>

Boshqa arboblar >>

Manba

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top