Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Bolaga soʼz orqali tarbiya bering.Ota – ona va bolalar o’rtasidagi munosabat.

Bolaga soʼz orqali tarbiya bering.Ota – ona va bolalar o’rtasidagi munosabat.

by nafisa nafisa

Ota - ona va bolalar o'rtasidagi munosabat.

Bolaga tarbiya

 

Bola bilan muloqot qila olish tarbiyaning muhim jihatlaridan biridir. Bunga erishishning bir necha yoʼllari bor:

1. Oldin muomala oʼrnating, keyin yoʼl-yoʼriq koʼrsating. Kichik yoshdagi bolangizga biror muhim gapni tushuntirmoqchi boʼlsangiz, oldin tiz bukib oʼtiring. Koʼzingiz uning koʼzi bilan tenglashsin. Chunki koʼz orqali axborot almashish katta ahamiyatga ega.

2. Bolangizga ismi bilan murojaat qiling, ayniqsa, suhbat boshida.

3. Qisqa, loʼnda gapiring.

4. Аsosiy maqsadingizni soʼzingiz boshidayoq ayting. Аyniqsa, aytmoqchi boʼlgan gapingiz bitta boʼlsa yoki bolangizning yoshi kichik boʼlsa.

5. Oddiy tilda gapiring.

6. Bolangizdan aytganlaringizni qaytarishini soʼrang.

7. Farzandingizga rad etishi mumkin boʼlgan ishni buyuring. Masalan, “Kiyinib olsang, aylangani chiqamiz”, deb koʼring.

8. Tasdiq gaplarni ishlating. “Pichoqqa tegma!” deyish oʼrniga “Pichoq oʼtkir, qoʼlingni kesishi mumkin. Ehtiyot boʼl”, deb ogohlantiring.

9. Qoʼshni xonada turib “Ovqatga chiq!” deb baqirgandan koʼra, farzandingiz oʼtirgan xonaga kirib taklif qiling.

10. Taklifli murojaatlardan foydalaning. Masalan, “Bugun qaysi kiyimimizni kiyamiz: qizilinimi, yashilinimi?”

11. Bolaning yoshiga mos gapiring. Ikki-uch yoshli bolaga “Nimaga bunday qilding?” yoki “Nimaga gapimga quloq solmayapsan?” qabilidagi savollarni bermang. U hali bu kabi savollarga javob berish yoshiga yetmagan.

12. Muloyim boʼling, bolaning koʼngliga yoqadigan erkalatish soʼzlaridan foydalaning…

Tavsiya etamiz : Bolaning intellekti turlari

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x