Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Bolaning intellekti turlari

Bolaning intellekti turlari

by nafisa nafisa

Bolaning intelekti turlari

Bolaning intellekti

 

  • Bolam juda aqlli bola. 5 yoshdan shaxmat ustasi, ammo maktabdagi predmetlarga layoqati biroz sust. Tengdoshlari bilan yaxshi chiqishadi, ammo umuman dars qilgisi kelmaydi. Qanday qilib, shunday zehnli oʼgʼlim maktabda qonikarli baholarga oʼqishi mumkin?! Nima yoʼl tutishga hayronman.
  • Buni bilishdan avval, boladagi intellekt (zehn) turini bilib olishimiz zarur. Garvard universiteti professori Xovard Gardner tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot natiijalariga koʼra, biologik asosga ega 8 turdagi zehn (intellekt) turi mavjud. Koʼp zehnlilik nazariyasi deb atalgan tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi:
Buyuklarning oltinga teng so’zlari.Uilyam Shekspir
  •  Ogʼzaki intellekt- soʼzlashuv va yozuvda insonning soʼzlardan taʼsirli va oqilona foydalana olish qobiliyati. Shoirlar, jurnalistlar, yozuvchilar, siyosatchilarda shunday intellekt boʼladi. Bunday bolalar ertak, xikoya, latifa aytishni, oʼqishni, soʼz oʼyinlarini, krossvord yechishni yaxshi koʼrishadi.
  • Mantiqiy intellekt – sonlardan tezlik bilan foydalanish qobiliyati. Olimlar, matematiklar, kompьyuter dasturchilarida shu zehn boʼladi. Bunday zehnli bolalar biror narsaning qanday ishlashiga qizikishadi va uni oʼrganish uchun tinmay savol berishadi. Matematika ularning eng yaxshi koʼrgan fani xisoblanadi. Shashka, shaxmatni ham sevishadi.
  • Vizual-tasviriy intellekt – atrofidagi narslarni hayolida jonlantira olish qobiliyatiga egadir. Rassom, meʼmor kabi kasb egalarida bunday zehn ustunlik qiladi. Bundaylar hayolparast, narsalarni buzib yasashni yaxshi koʼradigan boʼladi.
  • Tana-kinestetik intellekt – inson oʼzini ifoda etayotgan paytda tana harakatlaridan yaxshi foydalana olish qobiliyatidir. Raqqosalar, yengil atletikachilar, akterlar va sportchilarda shu zexn ustunlik qiladi. Bunday bolalar juda harakatchan boʼlishadi. Yugurishni, sakrashni, kurashishni yaxshi koʼrishadi. Qoʼl harkatlari bilan bajariladigan mashgʼulotni yaxshi uddalaydilar.
  • Musiqiy-ritmik intellekt – bunday zexnli shaxslar ovozlarga nisbatan taʼsirchan boʼlishadi. Аksariyati xushovoz boʼlishadi, musiqa asbobini chalishni yaxshi koʼrishadi.
  • Ijtimoiy intellekt –oʼzgalarning ruhiy holati, hissiyotlari, tuygʼularini anglash qobiliyati. Maslahat va nasihat berishda ularga teng keladigani yoʼk. Oʼqituvchi va siyosiy liderlar ushbu zehnga ega bulishadi. Liderlik xususiyatiga ega bolalar doʼstlari orasida mashxur hisoblanadi. Ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishdan zavqlanishadi. Klublarda, tashkiliy masalalarda bajonidil qatnashishadi. Yaqin doʼstlari koʼp boʼladi. Boshqalar uchun kaygʼuradi.
Bolalar haqida she’rlar to’plami
  • Ichki zehn – oʼzini boshqarish, oʼzini bilish qobiliyatidir. Ular mustaqil harakatlanishadi. Oʼzlari qizikadigan narsalar xususida ortiqcha gapirishni yoktirishmaydi. Odatda, yolgʼiz harakatlanishni va yolgʼiz oʼynashni yaxshi koʼrishadi. Boshqalar koʼz oʼngida ular odamovi boʼlib koʼrinadi.
  • Tabiiy intellekt – xasharotlar, xayvonlar, zilzila singari hodisalarga nisbatan eʼtiborli boʼlish qobiliyati. Toza va yam-yashil muxit ular uchun muhim sanaladi. Tabiatni sevuvchilar aynan shulardir.

 

Tavsiya etamiz : O’zbekiston bayrog’i haqida she’rlar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x