Abdulla Oripov sara sheโrlari. A.Oripov sherlar toโplami.
Taniqli shoir Abdulla Oripov tomonidan qator sheโrlar va sheโriy toโplamlar yozilgan. Sheโriy toโplamlarni qayta qayta oโqib uning tub mohiyatini tushunish mumkin. Quyida Abdulla Oripov Tomonidan yozilgan sheโrlarni havola etamiz.
Xatolaring kerak ulargaย
Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Doโstman, deya senga qoโlin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ularย kutarlar.
Xato qilsang, ularga bayram,
Yoโqsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra boโlsa ham,
Xato qilishingni ular kutarlar.
Xatolaring kerak ularga,
Shox ย navdangniย darhol butarlar
Tagโin kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingniย ularย kutarlar.
Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting goโrin titarlar.
Faqat unma, ulgโayma faqat,
Xato qilishingniย ularย kutarlar.
Ular senga bir umr yoโldosh,
Sodiq hamroh kabi oโtarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingniย ularย kutarlar.
1991 yil
TAVSIYA ETAMIZ: A.Oripov hayoti va ijodi haqida
Birinchi muhabbatim
Dunyo degan shundayin anglab boโlmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Holbuki orzulardan judo ham boโlganim yoโq,
Yuduzday kuyganim yoโq, oy kabi inganim yoโq.
Erta xazon gul kabi sargโayib, soโlganim yoโq,
Seni eslab yigโlayman, birinchi muhabbatim,
Eslab bagโrim tigโlayman, birinchi muhabbatim.
Yoโlin yoโqotsa odam ย muhabbatga suyangay,
Gโussaga botsa odam ย muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam ย muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim,
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar koโrib men bor dunyoni unutdim,
tongda turib nomingga ushbu sheโrimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim,
Yolgโiz ollohim mening, birinchi muhabbatim.
****
Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb oโtadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yoptilar.
Dunyoda koโrgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir koโlmak hovuz deb bilar dunyoniโฆ
Bu qiziq: A.Oripov hayoti va ijodi haqida
KETMOQDAMAN
Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.
Na ishonchu na quvonchu na koโngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yoโqdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Necha kunlar oโtdi, lekin soโrmading holimni bir,
Oxirida hol soโrab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
TAVSIYA ETAMIZ: A.Oripov hayoti va ijodi haqida
OโZBEKISTON
Yurtim, senga sheโr bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, oโz yurtin butun โ
Olam aro atagan tanho.
Ular sheโri uchdi koโp yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir oโlka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
Oโzbekiston, Vatanim manim.
Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
Oโtirmasman ertaklar soโzlab,
Musallo deb yoโnmasman qalam.
Koโklamingdan olib sururni,
Dovrugโ soldi ustoz Olimjon,
Gโafur Gโulom tuygan gโururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
Oโzbekiston, Vatanim manim.
Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilgโay olmas barchasin koโzim.
Maqtamasman moziyni biroq,
Oโtmishingni oโylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi magโrur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
Oโzbekiston, Vatanim manim.
Bobolardan soโz ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tugโilgan ilk bor
Koโragoniy jadvallarida.
Qotil qoโli qilich soldi mast,
Quyosh boโlib uchdi tilla bosh.
Doโstlar, koโkda yulduzlar emas,
U, Ulugโbek koโzidagi yosh.
Erda qolgan, o, tanim manim,
Oโzbekiston, Vatanim manim.
Koโz oldimdan kechar asrlar,
Koโz-koโz etib nuqsu chiroyin.
Sarson oโtgan necha nasllar,
Topolmasdan tugโilgan joyin.
Amerika โ sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mashโali.
Kolumbda bor alamim manim,
Oโzbekiston, Vatanim manim.
TAVSIYA ETAMIZ: A.Oripov hayoti va ijodi haqida
gap yoq raxmat hammaga
gap yoq raxmat hammaga