Bosh sahifa » Maqol » Ahillik va noahillik haqida maqollar. Eng sara maqollar

Ahillik va noahillik haqida maqollar. Eng sara maqollar

by administrator

Ahillik va noahillik haqida maqollar

Ahillik-va-noahillik-haqida-maqollar

Ahillik-va-noahillik-haqida-maqollar.

Ayrilmas qo’shningga uyatli so’z aytma.

Aytishsang so’z chiqadi,
Turtishsang — ko’z.

Arg’amchiga qil quvvat.

Anil ishlasang, ish unar,
Har mushkul oson bo’lar.

Anil oila — baxtli,
Noahil oila — vaqtli.

Ahillikda ish bitar,
Ish bitsa ham, qish bitar.

Baraka — inoqlikda,
Boqiylik — quvnoqlikda.

Baraka — tejamlikda,
Yutuq — ahillikda.

Tavsiya etamiz : 

Mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollar
Saxiylik va baxillik haqida maqollar
Go’zallik va xunuklik haqida maqollar

Bel bilan bilak biriksa, ish bitar.

Bemaslahat ishning buzarmoni ko’p.

Besh barmoq yig’ilsa, musht bo’lar.

Besh qo’lim past-u baland,
Beshovi asal-u qand.

Bir bosh — balo bosh,
Ikki bosh — mardona bosh.

Boylik boylik emas,
Ahillik — boylik.

Bolta sopidan o’zmas,
Yigit — to’pidan.

Bugun — sizdan, ertaga — bizdan.

Bo’likchilik tushgan elda
Bukri o’g’il tug’ilar.

Bo’ri bo’rini yormas.

Bo’ri bo’rini saqlar.

Davlat — og’iz birlikda.

Dasturxon ustida dushman ham do’st ko’rinar.

Dehqon makkasidan kechsa ham,
Chumchuqlar o’zaro kelisholmas.

Donxonada sichqon chiqisholmas.

Do’sting bilan dildosh bo’l,
Qilar ishiga qo’ldosh bo’l.

Yer tovsiz bo’lmas,
El — dovsiz.

Yetti bojani bir bo’ri yer.

Yov chopsa, qo’shilib chop.

Yolg’iz aql o’zi yaxshi,
Ikki bo’lsa, yana yaxshi.

Yortini yorib yeyish — totuvlik nishonasi.

Janjalli uy — azobli go’r.

Zarb bilan suv bo’linmas,
O’t bilan suv kelishmas.

Zulm xo’rlanganni birlashtirar.

Ikki ovsinning kavushi
Kavshandozda ham chandishar.

Ikki sichqon urishdi,
Bizga don tushdi.

Ikki shunqor urishsa,
Bir qarg’aga yem tushar.

Ikki yaxshi urishsa,
O’zgalarga yem bo’lar.

Ikki qo’chqor kallasi bir qozonda qaynamas.

Inoqlik jon kiritar.

Niyat buzilsa, jon ketar.

It yig’ini birikmas.

Ittifoq bitar, noittifoq yitar.

Yirtiq uyni tomchi yer,
Og’asiz emi qamchi yer.

Yo’ldoshi ko’pning qoidoshi ko’p.

Kemaga tushganning joni bir.

Tavsiya etamiz : 

Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar
Baxt, omad va baxtsizlik haqida maqollar
Epchillik va noshudlik haqida maqollar

Ahillik va noahillik haqida maqollar. 

Keng kengashib yirtilar,
Tor — tortishib.

Ko’mak bo’lsa har ishga,
Bitadi qolmay qishga.

Ko’maklashgan ish bitar.

Ko’p og’iz bir bo’lsa,
Bir og’iz yengilar.

Ko’p to’kilsa, ko’l bo’lar,
Ko’p biriksa, el bo’lar.

Ko’paylashgan quda otlantirar.

Mayizni bo’lib yesa, qirq kishiga yetar.

Maslahat — zardan qimmat.

Ovul boshqa, tilak bir,
Barmoq boshqa, bilak bir.

Ovul iti ola bo’lsa-da,
Bo’ri kelganda birlashar.

Ovul iti talashar,
Bo’ri kelsa, yarashar.

Ovuli boshqa oldirmas,
Ovuling seni qoldirmas.

Ovulingdan olg’ir chiqsa oting o’zar,
Ovulingdan yomon chiqsa eling to’zar.

Ovulni olalik buzar,
Orani qoralik buzar.

Oila anil bo’lsa,
Omad o’z oyog’i bilan kelar.
Olti o’g’ri bir bo’lsa,
Bir to’g’rini egadi.

Oltovlon ola bo’lsa,
Og’zidagini oldirar,
To’rtovlon tugal bo’lsa,
Tepadagini endirar.

Ot ayiling mahkam bo’lsa,
Oting tuvlab ne qilar.

Og’a-ining qobil bo’lsa,
Eling tuvlab ne qilar.

Otasi achchiq olma yesa,
O’g’lining tishi qamashar.

Oti birning joni bir.

Og’a-ini totuv bo’lsa, ot ko’p,
Opa-singil totuv bo’lsa, osh ko’p.

Og’a-ini totuv bo’lsa,
Tog’ni talqon qilar.
Opa-singil totuv bo’lsa,
Uyni bo’ston qilar.

Og’a-ini talashsa,
Yov chopganda yarashar.

Og’ayni biriksa, bosh ko’payar,
Ovsin biriksa, osh ko’payar.

Sakkizdan — zakot,
O’n oltidan — hayrot.

Sendan harakat, mendan barakat.

Serdaraxt qishloqni sel olmas.

Serjanjal uyda baraka yo’q.

Sichqon, mushuk do’st bo’lsa,
Omborni xudo urar.

Suv birlashsa daryo bo’lar,
El birlashsa — olomon.

Suvsizlikdan baliq o’lsa, daryoga nima g’am.

Suyanishgan yiqilmas.

Tavsiya etamiz : 

To’g’ri so’z va yolg’onchilik haqida maqollar
Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar
Mehr-oqibat va oqibatsizlik haqida maqollar

Tayoqqa suyanib oyoq tolmas,
Oyoqqa suyanib tayoq toymas.

Talashgan yerda tariq bitmas.

Tanasi boshqa dard bilmas,
Uyi boshqa g’am bilmas.

Tani boshqaning joni boshqa.

Tari(q)ga sherik — bariga sherik.

Tarqoqh el bo’lsa, dushmanga o’q bo’lar.

Tegra-toshing yov bo’lsa ham,
Uying ichi sov bo’lsin.

Til boshqa-yu tilak bir,
Yuz boshqa-yu yurak bir.

Tiriklikda siylashgan yaxshi,
G’ariblikda — munglashgan.

Tiriklikning kuchi — birlikda.

Tomosha — tandir boshida.

Tomoshani jar ko’chada ko’r.

Tor tortishib yiqilar,
Keng — kengashib.

Torga — tor dunyo,
Kengga — keng dunyo.

Totuv turmush — uzoq umr.

Totuvlik — baxt,
Totuvsizlik — qulagan taxt.

Totuvning tani bir.
Tulum o’zbekning tubi bir.

To’dadan ajragan to’rga tushar.

To’zigan g’ozni to’plangan qarg’a olar.

U ko’z bu ko’zga do’st emas.

Uv uvga suyav,
Chiy chiyga suyav.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x