Abdulla Oripov Tarjimai hol
Bosh sahifa » Arboblar » Abdulla Oripov sara she’rlari. A.Oripov sherlar to’plami.

Abdulla Oripov sara she’rlari. A.Oripov sherlar to’plami.

Abdulla Oripov sara she’rlari. A.Oripov sherlar to’plami.

Abdulla Oripov she'rlariTaniqli shoir Abdulla Oripov tomonidan qator she’rlar va she’riy to’plamlar yozilgan. She’riy to’plamlarni qayta qayta o’qib uning tub mohiyatini tushunish mumkin. Quyida Abdulla Oripov Tomonidan yozilgan she’rlarni havola etamiz.

Xatolaring kerak ularga 

Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Do’stman, deya senga qo’lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yo’qsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra bo’lsa ham,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox  navdangni darhol butarlar
Tag’in kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting go’rin titarlar.
Faqat unma, ulg’ayma faqat,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Ular senga bir umr yo’ldosh,
Sodiq hamroh kabi o’tarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni ular kutarlar.
1991 yil

TAVSIYA ETAMIZ: A.Oripov hayoti va ijodi haqida

Birinchi muhabbatim

Dunyo degan shundayin anglab bo’lmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim

Holbuki orzulardan judo ham bo’lganim yo’q,
Yuduzday kuyganim yo’q, oy kabi inganim yo’q.
Erta xazon gul kabi sarg’ayib, so’lganim yo’q,
Seni eslab yig’layman, birinchi muhabbatim,
Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muhabbatim.

Yo’lin yo’qotsa odam  muhabbatga suyangay,
G’ussaga botsa odam  muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam  muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim,

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko’rib men bor dunyoni unutdim,
tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg’iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.

****

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yoptilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va mudroq tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni…

Bu qiziq: A.Oripov hayoti va ijodi haqida

Abdulla Oripov She'rlari
Abdulla Oripov She’rlari

KETMOQDAMAN

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

Na ishonchu na quvonchu na ko’ngildan gapni och,
Barchasidan ushbu kun yo’qdir samar, ketmoqdaman.

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.

Necha kunlar o’tdi, lekin so’rmading holimni bir,
Oxirida hol so’rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.

TAVSIYA ETAMIZ: A.Oripov hayoti va ijodi haqida

Abdulla Oripov Tarjimai hol

O’ZBEKISTON

Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o’z yurtin butun –
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o’lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Yurmasman hech behishtni izlab,
Topolmasam chekmasman alam.
O’tirmasman ertaklar so’zlab,
Musallo deb yo’nmasman qalam.
Ko’klamingdan olib sururni,
Dovrug’ soldi ustoz Olimjon,
G’afur G’ulom tuygan g’ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
Olis tarix qadamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Kechmishing bor chindan ham uzoq,
Ilg’ay olmas barchasin ko’zim.
Maqtamasman moziyni biroq,
O’tmishingni o’ylayman bir zum.
Zabtga olib keng Osiyoni,
Bir zot chiqdi mag’rur, davongir,
Ikki asr yarim dunyoni
Zir qaqshatdi Buyuk jahongir.
Aytgum, bu kun, u manim, manim.
O’zbekiston, Vatanim manim.

Bobolardan so’z ketsa zinhor,
Bir kalom bor gap avvalida.
Osmon ilmi tug’ilgan ilk bor
Ko’ragoniy jadvallarida.
Qotil qo’li qilich soldi mast,
Quyosh bo’lib uchdi tilla bosh.
Do’stlar, ko’kda yulduzlar emas,
U, Ulug’bek ko’zidagi yosh.
Erda qolgan, o, tanim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

Ko’z oldimdan kechar asrlar,
Ko’z-ko’z etib nuqsu chiroyin.
Sarson o’tgan necha nasllar,
Topolmasdan tug’ilgan joyin.
Amerika – sehrli diyor,
Uxlar edi Kolumb ham hali,
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash’ali.
Kolumbda bor alamim manim,
O’zbekiston, Vatanim manim.

TAVSIYA ETAMIZ: A.Oripov hayoti va ijodi haqida

Manba:

Subscribe
Notify of
guest
2 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
fotima

gap yoq raxmat hammaga

fotima

gap yoq raxmat hammaga

She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
2
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top