Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xorazmdagi Muhammad Amin Inoq madrasasi haqida ma’lumot

Xorazmdagi Muhammad Amin Inoq madrasasi haqida ma’lumot

by nafisa nafisa

Muhammad Amin inoq ( 1730—1790. 14.4) — Xiva xonligini idora qilgan oʻzbek qoʻngʻirot sulolasi asoschisi.

Muhammad Amin Inoq.

Rahimqulixon vafotidan keyin taxtga Olloqulixonning o’g’li Muhammad Amin inoq (1846-1855) ko’tarildi. U shu vaqtda akasi Rahimqulixonni taklifi bilan Hazoraspda hokim bo’lib, taxtga ko’tarilishdan oldin, 1845 yilda Muhammad Amin inoqga xon tomonidan Ko’hna Urganch atroflarida dehqonchilik qilish uchun yangi erlarni o’zlashtirish maqsadida katta ariq qazish vazifasi topshirildi.

1847-1848 yillarda Muhammad Aminxon Xiva shahri yaqinidagi Rofanik, Soyot, Gullanbog’, Oqmachit, Angariq, Shohobod, Oqyop, Zey qishloqlarida yangi hovli-bog’lar barpo etdi. Xon bu xayrli ishlarni amalga oshirish bilan birga o’z mulki xolisini ham ko’paytirib olgan. Ushbu hovlilarda 286 qul ishlatilgan. Xonning barcha qullari soni esa 1500 nafardan ortiq bo’lgan. Bog’lar va dalalardan olinadigan hosil xon omboriga tushirilgan hamda ularni sotish uchun imtiyozli sharoitlar yaratilgan. Xon erlaridagi mo’l hosil bergan har xil donli ekinlar, chunonchi, bug’doy, tariq, kunjut, jo’xori va shu kabilar Xiva xonligiga g’alla sotib olmoq uchun turli joylardan kelgan turkmanlarga ancha yuqori bahoda sotilardi. G’alla sotib oluvchilar kelganda, o’zining butun g’allalarini istagan bahoda pullab olish uchun, xon butun xivaliklarga o’lim tahdidini solib, g’alla sotishni man etadi va bu bilan o’z g’allasining narxini oshiradi”. 1846 yilda Muhammad Aminxon omborlariga 112019 botmon va 1850 yilda 102557 botmon g’alla topshirilgan. Holbuki, ushbu don-dunning barchasi xon oilasi ehtiyoji uchun, emas balki aksariyati daromad olish maqsadida bozorlarda sotilardi.

Xorazm tarixiy va zamonaviy obidalari fotojamlanma.

Madrasa me’morchiligi.

Muhammad Aminxon davrida Marv va Seraxs qal’lalari atrofidagi taka, sariq va yovmut kabi turkman qabilalarining qo’zg’olonlari kuchaydi. Qo’zg’olonchilar xon yuborgan soliq yig’uvchi amaldorlarni qatl qildilar. Natijada bir necha bor qo’shin tortib, turkmanlar ovullarini vayronaga aylantirdi. 1854 yildagi shiddatli janglardan so’ng Marv qal’asi yakson qilindi. Muhammad Aminxon davlat ishlaridan chalg’iganda shahar obodonchiligi ustida ko’p qayg’urib o’z nomiga bir madrasa va minora qurdirdi. Xiva shahrida 64 ta madrasa mavjud bo’lib, shular ichida eng yirigi va chiroylisi Xiva xoni Muhammad Aminxon tomonidan qurilgan madrasa hisoblanadi.

Madrasa Ichan qal’aning g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, shaharning bosh darvozasi Ota darvozadan kirib kelganda, o’ng tomonda joylashgan. Bu me’morchilik obidasi o’z davriga xos uslubda eng katta va hashamatli qilib qurilgan. Madrasa pishiq g’ishtdan qurilib, uning devorlarini qalinligi 1,5 metrga etadi. Madrasa 2 qavatli, 130 hujradan iborat bo’lib, tarixiy ma’lumotlarga asosan unda bir vaqtning o’zida 260 nafar talaba tahsil olgan.

Madrasa va minora qurilishi tarixini tarixchi olimlar quyidagicha yoritadilar. “Madaminxon xonligining to’rtinchi yilida Arkning qibla tomonida bir madrasa va minora qurilishini boshlatdi. Uning qurilishini Bekniyoz devonga buyurdi. Bekniyoz devonbegi qurilishni boshlab, uning ustida Muhammad Karim devonni qo’ydi. Muhammad Karim Xorazmning mashhur ustalarini topib, ishga mashg’ul bo’ldi. Xonning amri bilan Angarikda qum etagida bir hovli va bog’ qurilishi ham boshlab yuborildi va unga Abdulla Qushbegi tomonidan Ismoil devon ibn Odina devon bosh qilib qo’yildi. 1851 yilda Muhammad Aminxon madrasasini qurish uchun tanlov e’lon qilindi va ustaboshi Abdulla “jin” chizgan loyiha xonga manzur bo’ldi. Madrasa uch yildan keyin bitdi. Xon xushhol bo’lib Bekniyoz devonbegiga katta to’y va shohona ziyofat anjomini tayyorlatdi. To’yga kelgan xonning og’a-ini va yaqinlariga zarbof to’nlar kiygizildi, bedov otlar hadya qilindi. To’yda ishtirok qilgan hamma in’om olmasdan qolmadilar. Madrasaning binosiga zamon shoirlari tarixlar aytib, xondan in’omlar oldilar. Madrasa peshtog’ida bir minora qurilishi boshlangan ediki, hali bitmagan minorani shoirlar “Falak ayvoniga qo’yilgan ustundek” deb ta’rifladilar.

Madrasaning peshtoqiga chiroyli koshin taxtalar o’rnatildi va ularga nasta’liq xatida quyidagi so’zlar yozib qo’yildi:

“Kad vasallohu taolo ba ixtitom binoi qazo al madrasai muqaddasa ul tohi xayrul madoris fil olam biamri sultonuzzamon Abul G’oziy Muhammad Amin Bahodirxon ibn Olloqulixon Navvarollohi marqadihi 1270”.

Tarjimasi: “Olloh taoloning inoyati bilan zamon sultoni Abulg’oziy Muhammad Aminxon ibn Olloqulixon (uning qabri nurli bo’lsin)ning amriga binoan ushbu muqaddas madrasa yaxshiliklar maskani bo’lsin deya bino etildi”. Hijriy sana 1270 (milodiy 1854 yil).

Madrasa me’moriy jihatdan boshqa shu kabi binolarga o’xshash, bino simmetrik tarzda, ikki qavatli qilib qurilgan, tarhi to’g’ri burchakli, hovlili. Peshtoqning ikki yoniga an’anaviy guldasta-minoralar ishlangan. Bosh tarzini besh gumbazli miyonsaroy, masjid, darsxona va qo’shimcha xonalar egallagan. Hovlining ikki yonida kichik peshtoqlar bor. Birinchi qavatdagi hujralar yotoqxona va yordamchi xonalar sifatida xizmat qiladi, ikkinchi qavatdagi ravoqli peshayvon binoga fayz bag’ishlagan. Ichkari hovlida to’rtta kichik peshtoqlar ham mavjud bo’lib, ularda “suls” xatlari bitilgan koshinlar, bezaklar ham mavjud. Derazalarda ganchdan ishlangan panjaralar qurilgan. Pastida devor va tsokol orasiga nam o’tkazmaydigan qatlam (gidroizalatsiya)-tosh belbog’ (poyas)ni balandligi 68 sm qilib qo’yilgan. Madrasani o’lchamlari quyidagicha:

Umumiy o’lchami-71,7 x 60,0 metr
Ichkari hovli-38,0 x 38,0 metr
Peshtoq o’lchami-25 metr balandlikda qurilgan.

Buxoro tarixiy va arxitektura yodgorliklari va rasmlari

“Madaminxon madrasasi – deb yozadi 1863 yilda Xivaga kelgan sayyoh A.Vamberi – karvonsaroy tipida qurilgan bo’lib, yonidagi minorasi xonning halokati tufayli bitmay qolgan”.

Madrasa uchun ma’lum miqdorda vaqf eri ajratilgan. Bu er 32525 tanob bo’lib, unda o’stirilgan va yig’ilgan hosil bilan o’quvchilar (talabalar) shug’ullanishgan. Bu berilgan vaqf eridan yiliga 12000 Xiva botmoni miqdorida (botmon-20 kg) bug’doy va 5000 tillo pul daromad qilingan.

Hujralarda 2-3 talaba yashagan, barcha hujra eshiklari hovliga qarab solingan va har bir hujrada o’choq o’rnatilgan. Madrasada diniy va dunyoviy ilm berilgan, ayni paytda ko’ngilochar o’yinlar, shuningdek ashula aytish man qilingan. Madrasada o’qish muddati chegaralanmagan bo’lib, ayrim talabalar bir kursda 3-4 yil, hatto 8-10 yillab o’qishgan. Madrasada ta’lim 3-bosqichda olib borilgan,

1. Boshlang’ich “adno”
2. O’rta “avsat”
3. Yuqori “a’lo” guruhlarida.

1935 yilda Xivaning ba’zi tarixiy binolari vayron qilingan, shu davrda ishlagan qariyalarning aytishlaricha, madrasa ichidan ikkita qabr topilgan. Qabr ichidagi jasadlar yaxshi saqlangan bo‘lib, ularni kafandan tashqari teri bilan ham o‘rashgan. Madrasada yigirmadan ziyod hujralar bo‘lib old tomoni ikki qavatli kiraverishda ikki tomonidan tepaga ko‘tarilish uchun maxsus zinapoyalar qurilgan.Ushbu madrasa qarshisida XIX asr boshlarida Fozilbiy masjidi ham qurilgan.

Madrasa rasmlari.

Xorazmdagi Muhammad Amin Inoq madrasasi haqida ma'lumot

Shohi Zinda maqbarasi.

manba

 

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x