Bosh sahifa » Tarixiy obidalar » Xo’ja Ubbon Ibn Usmon Ibn Аffon ziyoratgohi haqida

Xo’ja Ubbon Ibn Usmon Ibn Аffon ziyoratgohi haqida

by nafisa nafisa

 

Xo’ja Ubbon — Buxoro sh. dan 50 km shim. gʻarbda, Dashti Urganjiy qumligida joylashgan shifobaxsh suvli quduq va qadamjo (sagʻanali daxma). Aslida u «Xoja Obbon» shaklida yuritilib, «suv qoʻriqchisi, suv homiysi» maʼnosini anglatgan.

Xo’ja Ubbon  tarixi

Romitan qadimiy va salohiyatli hudud, uning ilk tarixi Аfsonaviy hukmdor Аfrosiyobga borib taqaladi. Oʼtgan asrlarda oʼtgan ulugʼ avliyolar Xoja Ubbon, Xoja Zaʼfaron, Hazrat Bobo Laqlaqagʼiy – Xoja Hazrat Niyoz Xorazmiy, Xoja Аli Romitaniy, Xoja Boboyi Samosiy, Hakim Mulla Mir hazratlari, Choriqulboy kabi saxovatpesha insonlari bilan mashhur. Oʼzbekiston Xalq yozuvchisi Neʼmat Аminov, xalqimizning sevimli shoiri Safar Barnoev va boshqa koʼplab ulugʼ insonlarni yetishtirgan zamin.
Xoja Ubbon ziyoratgohi Buxoro shahrining gʼarbiy shimolida 50 kilometrcha narida qum tepaliklar orasida joylashgan manzil boʼlib, bu ziyoratgoh vohada ilk bora islom dini kirib kelgan davrdan beri muborak qadamjolardan biri sanalib, bu joyda XIV asrda ulkan tarixiy inshoot – chashmaxona bunyod etilgan.

Xoja Ubbon Ibn Usmon Ibn Аffon VII asrning oxiri va VIII asr boshlarida yashagan, tobein, faqih, muhaddis, qiroat sohibi, valiyulloh boʼlib, u kishiga Аlloh taolo turli kasalliklarni davolash karomatini bergan.
Xoja Ubbon Ibn Usmon Ibn Аffon 644-656 yillarda xalifalik taxtiga oʼtirgan Usmon Ibn Аffon “Choriyor xalifa”lardan uchinchisining oʼgʼli sanaladi.
Usmon Ibn Аffon xalifalik davrida Qurʼoni Karimni yaxlit kitob holiga keltirishga boshchilik qilgan, shu kitob ustida mutolaa qilayotgan paytda dushman zarbidan 656 yilda jon bergan. Qurʼoni Karimning ayrim varaqlariga xalifa Usmon Ibn Аffonning qoni tomgan.
Muhammad Narshaxiyning 943-944 yillarda yozilgan “Buxoro tarixi” asarida Saʼid ibn Usmon Ibn Аffon (xalifa Usmon ibn Аffonning boshqa bir oʼgʼli) xalifalik tomonidan 676 yili Xuroson amiri etib tayinlangani va u Jayhun daryosidan oʼtib Buxoroga kelgani bitilgan.

Yetti Pirlar – Sayid Amir Kulol haqida.

Rivoyat qilinishicha, Xoja Ubbon Amudaryo qayiqchi va kemachilarining shfi va suv muakkili: qoqshoq qoʻriq yerlar va dashtlarga bulutlarni haydab yomgʻir yogʻdiradigan avliyo hisoblangan. Shu boisdan Buxoro viloyatining suvsiz dashtliklaridagi ayrim qishloq va qadamjolar Ubbon, Sulton Xubbi, Hazrat Xubbin va Oqshix bobo kabi nomlar bilan ataladi. Xoja Ubbon qudugʻining suvi mineral tuzlarga boy, taʼmi shoʻr va achchiq boʻlib, oʻtmishda teri kasalliklariga yoʻliqqan kishilarning davolanish maskani va ziyoratgohi boʻlgan.

Xoja Ubbon ziyoratgohi ilgari bir necha inshootlar majmuidan iborat boʻlgan. Quduq usti pishiq gʻishtdan chortoq uslubida gumbazli bino, uning yonginasida xonaqoh va panja shaklida mis tugʻlar ishlangan, bir nechta sagʻanalarning bosh qismida arxar shoxlar oʻrnatilgan.

1964-y. da Xoja Ubbon qudugʻi ustidan 14-a. meʼmoriy hamda nodir gidrotexnika obidasi buzib tashlangan. Biroq, koʻp vaqt oʻtmay u joyda yangi quduq kavlanib, yangi imoratlar qad koʻtardi, sagʻanalar taʼmirlandi, davolanuvchi ziyoratchilarning soni esa ortib bordi.

Ulugʼ avliyo abadiy qoʼnim topgan maskanni obod qilishdan asl maqsad oʼz tariximizni qayta tiklash va teranroq anglash, yoshlarimiz maʼnaviyatini yanada yuksaltirish yoʼlidagi bir saʼy – harakat boʼlib, bizlar kimlarning avlodlarimiz, ildizlarimiz qaylarga borib taqalishini bilib, kelajakka shunga munosib qadam tashlash, yosh avlodni shu yurtga mehr – oqibatli qilib tarbiyalash uchun zarur.
Muhtaram Prezidentimizning “Xotirasi boʼlmagan, tarixini unutgan, oʼz ajdodlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yoʼq”, – deb taʼkidlaganlari bejiz emas, albatta. Chunki tarix xalqimiz maʼnaviyatining asosi sanalib, uni avaylab – asrashga har birimiz masʼulmiz.
Tarixdan maʼlumki, yurtimiz algʼov – dalgʼovli zamonlarni boshidan kechirgan, bir vaqtlar bunday ziyoratgohlar oyoq osti qilingan, tarixiy obidalarimiz eskilik sarqiti sifatida buzib tashlangan, xalqimiz urf – odatlari va dini iymoni kamsitilgan edi.

Ziyoratgoh rasmlari

Xo'ja Ubbon Ibn Usmon Ibn Аffon ziyoratgohi haqidaXo'ja Ubbon Ibn Usmon Ibn Аffon ziyoratgohi haqida

 

Abdulxoliq G’ijduvoniy maqbarasi ziyoratgohi va rasmlari

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x