Mundarija
Tursunoy Sodiqova tomonidan yozilgan sheโrlar toโplami. Tursunoy Sodiqova hayoti va ijodi.
Tursunoy Sodiqova 1944 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tamomlagan (1961โ1966).
TAVSIYA ETAMIZ : T. SODIQOVA hayoti va ijodi toโliq >>
T.Sodiqova sheโriy toโplamlari nomlari
Uning birinchi sheโri 1961 yilda ยซLenin uchquniยป roโznomasida bosilgan. Hozirgacha beshdan ortiq toโplamlari chop etilgan. ยซQizlar daftariยป (1973) sheโriy turkumining tashkilotchilari va mualliflaridan biridir. Shoiraning birinchi sheโriy guldastasi ยซKuyยป nomi bilan 1978 yilda chop etilgan. 2017 yil 14 yanvar kuni vafot etgan.
Tursunoy Sodiqova sheโrlar
IQBOL
Yuragimga toโldi bir tuygโu,
Men sheโr qilib aytmasam boโlmas,
Garchi mening kashfim emas u,
Balki oddiy bir sheโrdir xolos,
Men bari bir aytmasam boโlmas.
Ul his toโlar tomirlarimga,
Koโzlarimga toโlib boradir.
Koโchirmasam agar sheโrimga,
Naq bagโrimda oโtday yonadir.
Boโlmoq uchun bu oโtdan xalos,
Men u sheโrni aytmasam boโlmas.
Menga na shon, na qarsak kerak,
Sheโrdan taโna qilgan shoirmas:
Chiqmasin-chun qinidan yurak,
Aylamay deb oโz-oโzimga qasd,
Men u sheโrni aytmasam boโlmas.
Ayta olsam, boโlar moโjiza:
Bir daqiqa qolgum yasharib,
Qatra gโubor qolmas yer uzra,
Bir daqiqa kular Yer shari.
Koโrinadi hamma chiroyli,
Toshlar โ gavhar, giyohlar โ zumrad.
Bir daqiqa imkonim togโdir,
Bari gโamni qiladurman rad.
Eh, boโlay deb oโshal zavqdan mast,
Oโzga emas, oโzim-chun xolos
Men u sheโrni aytmasam boโlmas!
Taqdirimga ming bor shukurkim,
Menga dedi: sheโr yozishni ol.
Mayli, sheโr deb qurisa ilkim,
Boโlay, mayli, beorom, behol,
Bu dunyoni shoirchasiga
Kuylamoqning oโzi bir iqbol!
Yuragimga toโlar ajib sas,
Men sheโr qilib aytmasam boโlmas,
Ilhom zavqi, iqbol haqqi, rost,
Men u sheโrni aytmasam boโlmas!
TAVSIYA ETAMIZ : T. SODIQOVA hayoti va ijodi toโliq >>
Tursunoy Sodiqova sheโrlar
YoR-YoR
Bugun qoโshni qishloqqa
Kelin tushdi, yor-yor,
Eshitmasam qaniydi,
Hushim uchdi, yor-yor.
Hushi uchdi demanglar,
Qilaman or, yor-yor,
Ataylab ham shu toโyga
Bormogโim bor, yor-yor,
Kuyov yigit, mana biz
Kulib keldik, yor-yor,
Bizda qolgan koโnglingizni
Olib keldik, yor-yor.
Muhabbatin yuta olgan
Bir dengizman, yor-yor,
Sizni oโzga qoโlga bergan
Mardingizman, yor-yor.
Mayli, bagโrim sizsiz yonib,
Tamom boโlsin, yor-yor,
Sizni olgan oโzga qoโllar
Omon boโlsin, yor-yor.
Toโyingizda tilaydirman
Toledan taxt, yor-yor,
Bor boโlsangiz bu dunyoda
Shu bizga baxt, yor-yor.
Mardlik bilan yor-yor aytib
Turgan oโzim, yor-yor,
Toโyingizdan omon ketay,
Tilang toโzim, yor-yor.
* * *
Muhabbatim
Muhabbatim, kiming boโldim men?
Doโstingmanmi, nechun doโst kabi
Hol soโrmadim, koโngil topmadim?
Nechun soโndi menda matlabing,
Xohishingni nega toptadim?
Yo dushmanmi? Ne uchun unda
Boshginamga seni etdim toj!
Nechun tavof qilurman kunda,
Nechun senda bari ehtiyoj?
Muhabbatim, kiming boโldim men?..
* * *
Taqdir
Gurkirgan quvonchlarim Siz bilan toโldi,
Siz-la toโldi bagโrimdagi titroq dardlarim.
Sizning bilan olamim ham bir butun boโldi,
Sizning bilan toโldi hatto koโngil gardlarim.
Sizni koโrgach borligโimda, oโngu soโlimda,
Sizni jonu jahonimda tuygan boisdan,
Oโzingizni joylamoqlik kelmay qoโlidan,
Taqdir Sizni olib ketdi bizdan olisgaโฆ
* * *
Ming suluvni kuydirgan ul suqsurdayin boโyingiz
Xaridorim boโlibdur deb, ajab, yonib ketmadim.
Shayton qursin, shoโxlik sari tushsa goho yoโlingiz,
Gunohkor-ku demay sizdan, ajab, tonib ketmadim.
Sizni deya sizsiz yashash yoโlin oโzim sayladim,
Oโzim ketib goh oโt qoโydim oโzim yeru samoga.
Sizning alpday jismingizni mushtday qalbga joyladim,
Ismingizni yozib qoโydim, doโstim, arshi aโlogaโฆ
* * *
Kechiringiz, guldiraqday feโllarim uchun,
Uyingizga yashindayin tushdim, kechiring.
Dovullarim quyunida qoldingiz butun,
Bari orom, tiichingizni quvdim uchirib.
Kechiringiz, bahor yangligโ keldim, ketarman,
Bor gardingiz yuvib ketgum, qoladursiz tinch.
Sizga qolur pokiza his, muattar armon,
Izlarimda teradursiz yam-yashil sogโinchโฆ
TAVSIYA ETAMIZ : T. SODIQOVA hayoti va ijodi toโliq >>
* * *
Armon
Armonimdir jamalakli sochim piligi,
Chang koโchada qolib ketgan chala oโyinlar.
Qulogโimda qoโshiq boโlib qoldi bir kulgi,
Allakimning suhbatidan ketdim toโyinmayโฆ
Eh, armondir oโsha magโrur sharmu nazokat,
Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yoโllarda.
Yuragimga singdi pinhon hislarim qat-qat,
Armonlarim ketdi oโsha suqsur boโylarda,
Uchrashmagan uchrashuvlar qoldi yoโllardaโฆ
* * *
Boshqalarga oโxsholmadik, oโxsholmadik-ey, esiz,
Magโrurlikda bizga qiyos boโldi sovuq choโqqilar.
Boshim egib bormadim men, kelmadingiz va yo siz,
Gโurur bizni ming tiriltib, ming bor yana yoโq qilar.
Dardlarimiz buloq boโldi, bagโrimizda vulqonlar,
Tuygโularga til bermadik na men oโzim va na siz.
Bir-birovin izlab-boโzlab topishganlar โ insonlar,
Bizlar togโmiz, togโlar kabi zimdan nurab boryapmizโฆ
TAVSIYA ETAMIZ : T. SODIQOVA hayoti va ijodi toโliq >>