Bosh sahifa » Sherlar » Muqumiy she’rlari. Muqimiy ijod yo’li.

Muqumiy she’rlari. Muqimiy ijod yo’li.

by administrator

Muqumiy she’rlari. Muqimiy ijod yo’li.

muqumiy-sherlari-hayoti-va-ijodi

EY, YORI JONIM

Oshiq bo’libman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab, yo’qdur majolim.

Bir yo’qlamaysan kuygan qulingni,
Ko’zlari jallod, nozik niholim.

Rahm ayla manga, ey bag’ri qattiq,
Diydam to’la qon, ey sho’xi zolim.

Lab tashnalarga ayla nazora,
Qaddi chu shamshod qoshi hilolim.

Olding ko’ngulni bir-ikki so’zlab,
Devona bo’ldim, to’ti maqolim.

Har dam kuyarman, yodimga tushsang,
Bir ko’rmaguncha yo’qdur majolim.

Necha zamondur, ko’zdin nihondur,
Oshiq Muqimiy, ey xasta holim.

Bu qiziq: Muqumiy hayoti va ijodi >>>>

muqumiy-hayoti-va-ijodi

KIM DESUN

Ul tag’ofulpeshag’a holi xarobim kim desun?
Hajrida mundog’ meni ko’rgan azobim, kim desun?

Kunduzi bir yerda bir dam olmay oromu qaror,
Lahzae yo’q kechalar ko’zlarda xobim, kim desun?

O’z ko’mochig’a, masalkim, tortadur kul har kishi,
Bas, kuyub ishqida chekkan iztirobim, kim desun?

Kuymagan bo’lsa birov mehru muhabbat o’tig’a,
Sham’dek to subh o’rtab tabu tobim, kim desun?

Hamnishindurlar ulug’larga xushomadgo’ylar,
Yo’lida jononimi xayru savobim kim desun?

Gar qilich boshimg’a ham kelsa, degayman rostin,
So’zki haq bo’lsa, savolimg’a javobim, kim desun?

Do’stlar, so’rsang g’izosidin Muqimiy, erta-kech,
Qon sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?

ZULM ILA QAHRU G’AZAB

Zulm ila qahru g’azab izhor qilmoq shunchalar,
Oshiqi bechoraga ozor qilmoq shunchalar.

Gul debon sevgon kishining ko’kragiga nish urib,
Xasta-yu ma’yus etib, afgor qilmoq shunchalar.

To’tiyi shirinsuxan ag’yorlarning bazmida,
Bizga kelganda gapirmay, zor qilmoq shunchalar.

Sizga kim aydi: muhabbat ahlini qil ihtisob,
Qo’rqutib o’y aybiga iqror qilmoq shunchalar.

Garchi kelsa, eski to’n, bizdek duogo’yi faqir,
Kambag’alning xirqasidan or qilmoq shunchalar.

Har balo-yu, jabr kelsa, yonmagay hargiz, Muqim,
Oshiq ahlini urubon xor qilmoq shunchalar.

TOLEIM

Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim,
Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim.

Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g’am,
Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.

Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot,
Ro’yigardon teskari, tobora badtar toleim.

Ro’zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
Bo’lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?

Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
Daf’atan ikki qulog’ini qilur kar, toleim.

TANOBCHILAR

Bo’ldi taajjub, qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.

Adl qulog’i-la eshit hlimi,
Zulm qilur, baski, menga zolimi.

O’n ik(k)i oyda keladur bir tanob,
O’zgalara rohatu menga azob.

Sulton Alixo’ja, Hakimjon – ikav,
Biri xotun, birisi bo’ldi kuyav.

Ikkalasi bo’ldi chunon ittifoq,
Go’yo xayol aylaki (qilmay nifoq).

Osh yesalar, o’rtada sarson ilik,
Xo’ja – chiroq yog’I, Hakimjon – pilik.

Bir-birisig’a solishurlar o’run,
Erta-yu kech o’pushib og’iz-burun.

Sallalari boshlarida oq savat,
Ko’rpacha tagda hama vaqt uch qavat.

Birlari mo’ltoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pixu gavda xar.

Og’izlar maqtanib, o’n besh qarish,
Maydasuxan, ezma (churuk), zanchalish.

Qaysiki qishloqqa tushar otidin,
Elni yig’ib, voqif etar zotidin.

Derki: “Ko’zungga xali kal jo’jaman,
Maxdumi a’zamlik o’zim xo’jaman.

Bizga bobo hazrati Shoxlig’ mazor,
Muxlisimiz mardumi ahli diyor.

Ham yana Erhubbi bo’lodur tag’o,
Ammamizning erlaridur Nurato.

Bibi Ubayda bo’ladur holamiz,
Goh kelur erdi kichik bolamiz.

Xizr otamlarga birodar erur,
Chimlig’ azizlar menga dodar erur.

Garchiki men olimu shayxi zamon,
Qirqingizga emdi beray bir qozon.

Manki, tanobingg’a chiqibman kelib,
Xizmatimi yaxshi qilinglar bilib.

O’t qo’yubon kuyduradurg’on o’zim,
Hokimingu o’lduradurg’on o’zim.

Xoh tanobingni duchandon qilay,
Xoq karam birla boshingni silay”.

Xo’ja so’zini munga bermay qaror,
Mardumi sahroyi bo’lur beqaror.

Derki Hakimjoni: “Ayo, oqsoqol,
Bizni topibsan magaramkim o’sol?

Hozir eting to’rt nafar mardikor,
To’g’ri qil, oldimga qilibon qator.

Arqonimi yeringa sudrab chiqay,
Bachchataloq qishloqilarni (uray).

Bir burayin mo’yilabimni chiqib,
Tort tanobini – jazosi – siqib.

Yaxshiligingni fuqaro bilmagay,
Holi bular ko’zga bizi ilmagay.

Ikki tanobini qilay o’n tanob,
Yurtingizni kuydurub, aylay harob.

Xoh o’lung, xoh qoling, bachchag’ar”, —
Debki, uzanguga ayog’in tirar.

Bir-biriga qishloq eli boqishib,
Goh u yon, goh bu yon chopishib.

Jam bo’lib aylayubon maslahat:
– “Do’g’mag’a, – der, – bir nima berib jo’nat!”

Aqcha qo’lida ik(k)i-uch mo’ysafid
Derki: – “Bu nazringizu, bizlar – murid”,

Zulm bilan elligu yuzni olur,
Boz tanobini duchandon solur.

Tag’i bular yaxshi-yu, bizlar yomon,
El tamizidin hazar et, al’amon.

O’zga yana g’ussa budurkim, deyin,
Shunchaki bir qissa bulardin keyin:

Qo’shti Jalolxon degan o’g’lin menga,
Dedi: “Ruqum o’rgatasiz siz anga”.

Yukladi o’g’lini senga, muxtasar,
Bu dag’i ortiqcha (menga dardisar)…

So’zni, Muqimiy, kerka etmak tamom,
Mazzasi qolmas, uzun o’lsa kalom.

Bu qiziq: Muqumiy hayoti va ijodi >>>>

“Sayohatnoma”lardan
QO’QONDAN SHOHIMARDONGA

Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak bag’rimni xun,
Ko’rdiki, bir ahli funun –
Charx anga kajraftor ekan.

Qolmay shaharda toqatim,
Qishloq chiqardim odatim,
Xohi yayov, bo’lsun otim,
Goh sayr ham darkor ekan.

“Ultarma”ga qildim yurush,
Yo’ldosh edi bir chitfurush,
Yetdim jadallab vaqti tush,
Bir dam qiziq bozor ekan.

Bir ma’raka ko’rdim butun,
Ja’mi yopingan boshga to’n,
Boqsamki, besh yuzcha xotun,
Voiz so’zin tinglor ekan.

Mingboshilik kimning ishi,
Desam, dedi bedonishi,
Bir “Qo’shtegirmon”lik kishi,
Xo’ja Iso badkor ekan.

Mag’rur, xasisu beshu kam,
Har gapda yuz ichgay qasam,
Takjoy olur moxovdan ham,
Hoji o’zi murdor ekan.

“Do’rmoncha”ga ketdim o’tub,
Yoqamni har soat tutub,
Yotdim ul oqshom g’am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan.

Unda bo’lus G’ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi,
Yurt barcha norozi, dedi,
Qilg’on ishi ozor ekan.

Boz izdihomi voizi,
Badkayf, ochilmas ko’zi.
Yuqori boshidin tizi,
Ermaklari ko’knor ekan.

So’rsam, dedilar: “Bo’rbaliq”,
Birmuncha echkilar ariq,
Kelsa kishi yeyar tariq,
Shomu sahar tayyor ekan.

“Oq yer”din o’tdim, boylari –
Oliy imorat joylari,
Mehmonsiz o’tkay oylari,
Kelsa birov nochor ekan.

Ammo nazarda “Roshidon”,
Firdavs bog’idin nishon,
O’ynab oqar obi ravon,
Sahni gulu gulzor ekan.

Ma’yus bordim “Zohidon”,
Bir ko’cha ketguncha do’kon,
Sho’x odami, ichmay piyon,
Mast, otasi bezor ekan.

Suvlar sepilgan so’rilar,
Bo’rlangan o’choq-mo’rilar,
Tab’ing mabodo choy tilar,
Damlashlari ishqor ekan.

“Oltiariq” qursin o’shal,
Sellarda qoldim bir mahal,
Bo’ldim ivib, yomg’urda shal,
To’n shilta, ho’l ezor ekan.

Mingboshisi so’finamo,
Tasbehu bo’ynida rido,
Cho’qub qochar zog’i alo
Bir dog’uli ayyor ekan.

Xayru soho vajhiga kar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan.

Ko’rdim chuqur “Chimyon” erur,
Yer ostida zindon erur.
Dushmanlari mehmon erur,
Bog’i uning tutzor ekan.

Vodil maqomi dilfizo
Ko’chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.

QO’QONDAN FARG’ONAGA

Chun shahrdin chiqdim «Qudash»,
Ko’ngul bo’lub mahzun-u g’ash,
Majnunsifat, devonavash,
Serchashma-yu kam chang ekan.

«Yayfan» agarchi xush havo,
Odamlari yengilnamo,
Bir-birlari-la doimo
Bo’lar-bo’lmasga jang ekan.

«Nursux» kabi bir joy kam,
Tushmay o’tib qildi alam,
Olma, anor o’rniga ham
Bog’ida tok-u zang ekan.

Ko’p odamidin «Beshariq»,
Bog’larda ekmishlar tariq.
Yetim haqi — go’shti baliq,
Qilmishlari nayrang ekan.

Charchashni bilmas yursalar,
Purzo’r ketmon ursalar,
Vaqti namozga kelsalar,
Masjid soriga lang ekan.

«Rafqon» ajoyib joy ekan,
Bir ko’cha ketgan soy ekan,
Salqin supa hoy-hoy ekan,
Kim ko’rsa hang-u mang ekan.

Ozodadin to’pori ko’p,
Dukchisidin attori ko’p,
Choyxo’ridin ko’knori ko’p,
Bir rasta nos-u bang ekan.

Ayvonchalar misli katak,
Bir yo’lki, odam siqqudak,
Chit birla bir yerda alak,
Bozori tor-u tang ekan.

Xuftonda kirdim bir do’kon,
Qildi ashula bir juvon,
Eshak demang, undin yamon,
Hangrarda yaxshi hang ekan.

Qiyg’ir ko’targon uch yigit,
Uxlatmadilar bir minit,
Ham boshda tong otquncha it
G’ingshib chiqib, vang-vang ekan.

Aylay sayohat endi bas,
«Konibodom» qilmay havas,
Har yerda yotgan xor-u xas,
Ko’zga tikan yakrang ekan.

Bu qiziq: Muqumiy hayoti va ijodi >>>>

QO’QONDAN ISFARAGA

Aflok kajraftor uchun,
Har dam ko’ngul afgor uchun,
Ho’qand tang-u tor uchun,
Sahro chiqish darkor ekan.

Bordim shahardin «Yakkatut»,
Baqqoli duzdi badburut,
Bir tanga sotkay bir qurut,
Insofi yo’q, tarror ekan.

Qishloq juvoni yig’lishib,
Issig’da o’ynashgay pishib,
O’tgan tamoshobin tushib,
Seshanba kun bozor ekan…

Mingboshi Eshdavlat akam,
Ammo quruq savlat akam,
Qilsa chiqim gar bir diram,
Uyqu qochib, bedor ekan.

«Yayfan» kabi tolzor kam,
Yo’q soyasida zarra g’am,
Zebo sanam, qoshi qalam
Jononlari bisyor1 ekan.

Do’g’malari ham xo’b bajo,
Volosnoyi uhdaburo,
Yurt ishlarini doimo
Xayriyatin ko’zlor ekan.

«Nursux» kabi ham yurt yo’q,
Bog’dor-u dehqon qorni to’q,
Masjidlari ham ko’p uluq,
Turfa farah osor ekan.

«Rafqon»ni bozor joyi tang,
Mullolari chaqqon, garang,
Omilari ham mullarang,
Ko’ylak kiyib, dastor ekan.

Gar mevasi bir tup sotar,
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Bersa gadoga non agar,
Ming yilda ham dushvor ekan.

Ammo «Raboti» bachchag’ar,
Yo’q hech odamdin asar,
Bir podajoyi gov-u xai,
Chun og’uli tayyor ekan.

Du bora yurdim dashtlab,
Bodom koniga qarab,
Mirza Umarni so’rag’lab,
Havlisida najrjor3 ekan.

Bo’lg’ay o’shal Burhon omon,
Yaxshi yigitdur begumon,
Xursand qildi nogahon,
Mingboshi Xol sarkor ekan.

Armonki, ko’prak yurmadim,
Bir-ikki hafta turmadim,
«Tikka Rabot»ni ko’rmadim,
Purfayz buzrukvor ekan.

Ma’yus chiqdim «Isfara»,
Dil xasta, majruh-u yara,
Issiqqa kuygan qop-qora,
Olti jihat ko’hsor ekan.

Anhor-u soy-u cho’llari,
O’ynab kelodur suvlari,
Shirinki zardolulari,
Qand-u asal bekor ekan.

Shersiz emasdur beshalar,
Bordur saxovatpeshalar,
Qilmang yomon andeshalar,
Yaxshilari ham bor ekan.

Hoji Zuhur ham o’rdada,
Sarhavzalar, oliy sada,
Borsa agar bir g’amzada,
Jonig’acha esor ekan.

Boyvachchasidur badburush,
To’g’ri so’zi achchig’-turush,
Sil, eski bachcha, choyfurush,
Hofiz Umar, Qahhor ekan.

Bo’lma halovatga kasal,
Olamda yo’q benish asal,
Beshak mukofoti amal,
Dunyo qurulg’on dor ekan.

Alhamdulillo, bexatar,
Keldim, Muqim, aylab safar,
Muztar qolib, ko’rmay zarar,
Haq bandasiga yor ekan.

Bu qiziq: Muqumiy hayoti va ijodi >>>>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x