Bosh sahifa » Sherlar » Sharof Boshbekov asarlari. Tarjimai holi.

Sharof Boshbekov asarlari. Tarjimai holi.

by administrator

sharof boshbekov ijodi.Iste’dodli dramaturg Sharof Boshbekov 1951 yili Samarqandda dunyoga kelgan. Sharof Boshbekov dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rgan.

TAVSIYA ETAMIZ : SH.BOSHBEKOV HAYOTI VA IJODI >>

Sharof Boshbekov Asarlari

Sharof Boshbekovning «G» varianti» (1981), «G‘urur» (1982) «Jumboq» (1986) kabi hikoyalari yuzaga kelgan. Shundan so‘ng uning rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi.

Sh.Boshbekov ijodi

Sharof Boshbekov «Tushov uzgan tulporlar» (1983) hamda «Eshik qoqqan kim?» (1987) kabi komediya, «Temir xotin» (1989), «Qasosli dunyo» qisqa metrajli film stsenariysini yozdi. Shuningdek, «Eski shahar gavroshlari» (1998) kabi jiddiy komediya yaratdi. So‘nggi vaqtda uning «Taqdir eshigi» dramasi maydonga keldi. Ayniqsa «Temir xotin» pesasi adibga katta shuxrat keltirdi. Unda fan-texnika rivoji davrida inson ongi, dunyoqarashi, ruhiyatida sodir bo‘layotgan jiddiy o‘zgarishlar hajviy yo‘sinda umumlashtirib berilgan. Adibning shu asari asosida kinofilm ham yaratildi (1990).

Shuningdek, u «Sharif va Ma’ruf», «Yuzsiz» (1993), «Tilla bola» (1994) kabi filmlarning stsenariylarini yozishda ham ishtirok etdi.
U «Masxaraboz» (1996), «Farhod va Shirin» filmlarining stsenariysini yozish barobarida rejissyor sifatida ham ijod qildi. «Charxpalak» nomli 60 lavhali videofilmni ham yaratdi.
Shuningdek, «Tentak farishtalar» (1995), «Zo‘rdan zo‘r chiqsa» (1996) kabi sahna asarlarini yozdi. Uning «Temir xotin» asari 1989 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining M.Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq deb topildi. 1990 yilda esa unga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. U «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Sharof Boshbekov asarlari

Sharof Boshbekov. Mening yozuvchi bo‘lganim (biografik hajviya)
Sharof Boshbekov. Temir xotin (komediya)
Sharof Boshbekov. Falakning gardishi (kinoqissa)

 

TAVSIYA ETAMIZ : SH.BOSHBEKOV HAYOTI VA IJODI >>

Boshqa ijodkorlar >>

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x