Bosh sahifa » Arboblari » Savitskiy Igor Vitalyevich tarjimai holi

Savitskiy Igor Vitalyevich tarjimai holi

by administrator

Savitskiy Igor VitalyevichSavitskiy Igor Vitalyevich haqida.

Igor Vitalyevich Savitskiy — sovet rassomi, ta’mirchi, etnograf, san’atshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Nukus san’at muzeyi tashkilotchisi va birinchi direktori (“O‘rta Osiyoning Tretyakov” muzeyi), O‘rta Osiyoda rus madaniyatining birinchi jonbozlaridan.

Igor Vitalyevich Savitskiy 1915 yil huquqshunoslar oilasida tug‘ilgan. Uning otasining kelib chiqishi (dodasi polyaklar oilasidan, buvisi yahudiylardan kelib chiqqan) polyak va yahudiylardan bo‘lgan. Onasi tarafdan dodasi – Timofey Dmitriyevich Florinskiy taniqli rus slavyanshunosi, Kiyev universiteti professori, Rossiya Fanlar Akademiyasining muxbir-a’zosi, ko‘plab kitoblar muallifi bo‘lib, o‘zining ilmiy maktabini yaratgan.

Ijodi

Igor Savitskiy bolaligida yaxshi ta’lim oladi, fratsuzs tilida erkin so‘zlashadi, zotan, uyidagi tarbiyachi ayol fransuzs millatiga tegishli bo‘lgan. Igorning ota-onasi tez-tez xorijda, Ovrupada bo‘lishadi, Fransiyaning madaniy hayotidan doim boxabar bo‘lishgan va farzandlarida ham bolalikdan yuksak did shakllanishida o‘ziga xos hissa qo‘shishgan.

1920 yilgi inqilobdan so‘ng Igor Savitskiy ota-onasi bilan Moskvaga ko‘chib o‘tadi, bu yerda u rassomchilik bilan qiziqib qoladi. “O‘roq va bolta” zavodining fabrika-zavod oliygohida elektro‘rnatuvchi mutaxassisligiga o‘qishi davomida u moskvalik rassomlar R. Mazel va Ye. Saxnovsklardan shaxsiy darslar oladi.

1934 yildan Igor Savitskiy Moskva Poligrafiya institutining grafika fakultetida o‘qishni boshlaydi, so‘ngra, Moskva rassomchilik oliygohida o‘qishni davom ettiradi. 1938-1941 yillar Rassomlar malaka oshirish institutida o‘qib, Lev Kramarenkoning ustaxonasida dars oladi va u bilan Qrim hamda Kavkazga sayohatlar uyushtiradi.

1941 yil u Surikov nomidagi Moskva davlat universitetiga o‘qishga kiradi. Kasalligi tufayli armiya hizmatiga chaqirilmaydi, 1942 yildan 1944 yilga qadar institut tarkibida Samarqandga jo‘natiladi. Bu yerda u ilk bor O‘rta Osiyo xalqining o‘ziga xos va qiziqarli madaniyati, shuningdek, Robert Falk va Konstantin Istomin kabi atoqli rassomlar bilan tanishadi, Nikolay Ulyanovdan rassomchilikdan dars oladi.

1946 yilning dekabrida Igor Vitalyevich Surikov nomidagi grafika institutini “ofort” mutaxassisligi bo‘yicha yakunlaydi (diplom sanasi: 3.XII.1946).

1950 yil T. A. Jdankoning taklifi bilan O‘rta Osiyoga, to‘g‘rirog‘i, T. A. Jdanko rahbarligi ostidagi va Sergey Pavlovich Tolstov yetakchiligidagi SSSR FA Xorazm Arxeologo-Etnografik Ekspeditsiya tarkibida Qoraqalpog‘istonga kelib, qoraqalpoqcha xalq-hunarmandchilik san’ati buyumlarini o‘rganadi va jamlaydi.

Ekspeditsiyada ishlash davrida uzviy rassomchilik majburiyatlari bilan birga, Savitskiy xalq-hunarmandchilik san’ati buyumlarini to‘plash maqsadida Qoraqalpog‘iston ovullari bo‘ylab safarlar uyushtiradi. Bu faoliyat uni shu qadar o‘ziga jalb qildiki, u barchaga kam tanish bo‘lgan, sahroning o‘rtasida, Amudaryoning quyi qismida joylashgan kam aholili qoraqalpoq san’ati bilan jiddiy qiziqa boshlaydi.

1950 yil Igor Vitalyevich butunlay Qoraqalpog‘istonga ko‘chib kelib, o‘zini qoraqalpoqlarning arxologik tadqiqaotlari va etnografiyasiga bag‘ishlaydi. Keyinroq, zamonaviy san’at asarlarini to‘plash bilan qiziqib, bu buyumlar natijada, Nukus nomidagi san’at muzeyining asosiga aylanadi. Odamlarning fikrika ko‘ra, u mahoratli to‘plovchi bo‘lgan.

1956 yildan Qoraqalpoq sanoat va madaniyat ilmiy-tadqiqiy institutining amaliy san’at bo‘limi ilmiy xodimi bo‘lgan, 1957 yildan tashkilot Majmuiy ilmiy-tadqiqot institut nomini olgan. 1959 yildan I. V. Savitskiy O‘zbekiston FA tarix, til va adabiyot institutining Qoraqalpog‘iston filialida ishlaydi, kechroq, Qoraqalpog‘iston tarix-o‘lkashunoslik muzeyida faoliyat yuritadi.

Stalinizm davridan beri madaniyat siyosatida sodir bo‘layotgan voqealarning guvohi sifatida, u SSSR vaqti hech kimga foydasiz bo‘lib qolgan, halok bo‘layotgan bir qatlam rus madaniyatiga bee’tibor bo’la olmadi (1960-yillar, “buldozer” ko‘rgazmalari davri). Igor Savitskiy Moskvadan va Soyuzning boshqa shaharlaridan yuzlab, minglab, o‘n minglab unutilgan asarlarni olib chiqa boshlaydi. Savitskiy “xalq dushmani” deb e’tirof etilishi xavfi ostida, qonunga xilof tarzda rassomlarni yoki merosxo‘rlarini, Sovet Ittifoqi hududida bo‘ylab asarlari tufayli hukm qilingan va rad etilganlarni qidirgan.

Uning maqsadi kichik Tretyakov muzeylarining tartibini takrorlamagan holda o‘ziga xos muzey yaratish bo‘lgan. Mahalliy hukumatning ishonch krediti asosida, Savitskiy 10-15 yil ichida muzey kolleksiyasini to‘playdi.

1966 yil Igor Vitalyevich Savitskiy umuman o‘zgacha muzey tashkil etadi. Unda Volkovning suratlari yorqin ranglarda tovlanardi. Ushbu yangi san’at turi avangard nomini oldi.

U tomonidan to‘plangan muzey kolleksiyasi sotsialistik realizmning san’at nazariyasini rad etib, post-avangard maktabi rassomlarini hayotga qaytaradi.

Birgina shaxs tufaydi, butun bir davr qutqariladi. 50.000 dan ziyod buyumlar muzey kolleksiyasini to‘ldirdi – sovet tasviriy san’at davrining avangard va post-avangard asarlari, qimmatbaho arxiv ma’lumotlari (fotosuratlar, hujjatlar, rassomlarning xotiralari).

Savitskiy muzeyi madaniyat o‘chog‘i aylanib, Qoraqalpoq ziyolilarini o‘ziga jalb qildi. Muzey va uni yaratgan shaxs ushbu hududning madaniyat ravnaqida katta ahamiyat kasb etadi. Savitskiyning “nukus davri” qoraqalpoq san’ati ravnaqining eng gullagan pallasiga to‘g‘ri kelgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U, shuningdek, yosh qoraqalpoq rassomlariga ularning Moskva va Toshkentdagi izdoshlari 1920-1930 yillar qaysi yo‘lni bosib o‘tganligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Nukus majmuasi faoliyatining ilk yillaridayoq barchaga mashhur bo‘lib ketadi. 1968-1969 yillar uning kolleksiyasi Moskvadagi Sharq muzeyida namoyish etiladi. So‘ngra, SSSR shaharlari bo‘ylab tantanavor namoyishlar bo‘lib o‘tadi: Lvov, Leningrad, Olma-Ota, Ufa, Qozon, Toshkent va boshqalar. Savitskiyning nufuzi shu qadar ko‘tarildiki, u bilan hatto Moskvada ham maslahatlashishadi. SSSR Madaniyat ishlari vazirligi unga madad ko‘rsatib, uning buyumlarini xarid qilishda homiylik qiladi. Uning qarshisida badiiy qadriyat eshiklari ochiladi. 1975 yil Savitskiyga Fernan Lejening bevasi Nadejda Leje tomonidan SSSR Madaniyat ishlari vazirligiga hadya qilingan san’at asarlarini olish taklif qilinadi. Kolleksiyadan Luvr muzeyining noyob eksponatlarining ajoyib nusxalari ham bo‘lgan.

Hatto, umrining so‘nggi oylarini kasalxonada o‘tkazarkan, Savitskiy kasalxonani ishxonaga aylantirib, jurnallar uchun ilmiy maqolalar yozgan, turli tashkilotlarga iltimosnomalar yuborgan, yangi buyumlar xaridi bo‘yicha o‘zaro suhbatlar olib borgan, muzey muammolarini hal etgan.

1984 yilning 27 iyulida I. V. Savitskiy uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng Moskva kasalxonasida jon beradi. Moskvalik do‘stlari, rassomlar, san’atshunoslar u bilan Sharq xalqlari Davlat san’ati muzeyida vidolashadi. Uning tanasi Nukusdagi rus qabristoniga dafn etilib, u yerga “Go‘zallikning daho xaloskoriga mamnun avlodlardan” yodgorligi o‘rnatilgan. Ammo eng yaxshi yodgorlik uning qoldirgan muzeyi bo‘ldi.

Ordeni

Igor Vitalyev vafot etgandan so‘ng, uni butun dunyo tanidi. Uni butun davrning avangard san’ati va bir qatlam qoraqalpoq amaliy san’atining qutqaruvchisi deb e’tirof etishgan. “Sahrodagi muzey” fenomeni haqida butun dunyo so‘zlagan.

Tarixiy eksponatlar va dekorativ-amaliy san’at asarlari bilan to‘ldiriladigan muzey, shubhasiz, mamlakatda va Markaziy Osiyoda eng yaxshi muzeydir. “Dunyodagi eng yaxshi muzeylardan biri” — deya nomlashgan Mitteran va A. Gor.

2002 yil O‘zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti I. A. Karimovning farmoni bilan, I. V. Savitskiy vafotidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Savitskiyning merosi 7.452 ta tasviriy san’at asari, 25.223 ta grafika, 1.322 ta haykal, 7.562 ta xalq-amaliy san’ati asarlari, 1.902 tanga, 8.618 ta arxeologik tadqiqot topilmalarini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x