Bosh sahifa » Arboblari » Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi

Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi

by administrator

Muxtor AshrafiyMuxtor Ashrafiy haqida.

Muxtor Ashrafiy — bastakor, dirijyor, pedagog. Zamonaviy o‘zbek musiqasi asoschilaridan biri.

1912 yil 11 iyun (eski uslubga ko‘ra 29 may) kuni Buxoroda tug‘ilgan.

1929-1931 yillar Samarqanddagi musiqa, teatr va xoreografiya institutida, so‘nga (1934-1937) Boris Shexter va Sergey Vasilenkolar sinfida Moskva konservatoriyasida tahsil olib, nihoyat, Leningrad konservatoriyasida (1941-1943) Maksimilian Shteynberg sinfida o‘qiydi.

1944 yil Toshkent konservatoriyasi professori, 1947 dan 1962 yilgacha direktor, 1971 yildan 1975 yilgacha konservatoriya rektori. Ashrafiy chinakam zabardas o‘zbek bastakori va mamlakatimiz musiqiy hayotidagi nufuzli shaxslardan biri sanaladi: 1943-1947 yillar u Navoiy nomidagi Toshkent opera va balet teatriga boshchilik qiladi, 1964 yil Samarqandda xuddi shunday teatrga asos soladi.

Mukofotlari.

Mislsiz xizmatlari uchun Ashrafiy turli mukofot va unvonlar bilan taqdirlargan, xususan, SSSR Xalq artisti (1951). 1943 yil “Qahramonlik simfoniya”si uchun ikkinchi darajali Stalin mukofotiga (50 000 rubl) sazovor bo‘lib, pulni havo kemasi va tank ustunini yaratish uchun Mudofaa fondiga topshiradi, “Stalin mukofoti laureati”.

Ijodi.

S.N. Vasilenko bilan hamkorlikda “Bo‘ron” nomli birinchi o‘zbek operasini (Navoiy nomidagi o‘zbek opera va balet teatri, 1939) yozgan, “Buyuk kanal” (S.N. Vasilenko bilan hamkorlikda, 1941, 3-nashri 1953 yil), “Dilorom” (1953), “Shoir yuragi” (1962) operalari, “Sevgi tumori” (1969) baleti, “Qahramonlik simfoniyasi” (1942, SSSR Davlat mukofoti), “O‘zbekiston” (1947) va “Baxt qo‘shig‘i” (1951, SSSR Davlat mukofoti, 1952) kantatalari, “Farg‘onacha” (1943) orkestr uchun syuita, filmlar uchun musiqalar va boshqa asarlar muallifi.

Hayotdan 1975 yil 15 dekabr kuni Toshkentda ko‘z yumgan.

1975 yil bastakorning “Hayotimda musiqa” nomli xotira kitobi nashrdan chiqqan, vafotidan bir yildan so‘ng Toshkent konservatoriyasiga uning nomi berilgan.

O‘zbek operasi asoschilaridan biri, atoqli o‘zbek bastakori Muxtor Ashrafiy sharafiga bastakor umrining so‘nggi yillarini o‘tqizgan (1969 yildan 1975 yilgacha) uyi o‘rnida muzey tashkillashtirilgan.

Ijodiy ishlari:

Operalari: “Bo‘ron” (1939, S. Vasilenko bilan hamkorlikda), “Buyuk kanal” (1941, S. Vasilenko bilan hamkorlikda), “Dilorom” (1958), “Shoir yuragi” (1962).

Baletlari: “Sevgi tumori” (1969), “Temur Malik” (1970), “Barqarorlik” (1971), “Sevgi va shamshir” (1973).

Orkestr uchun asarlari: 1-sonli Qahramonlik simfoniyasi (1942), 2-sonli “Yashasin, g‘alabachilar” simfoniyasi (1944), “Rustam haqida doston” oratoriya (1974), teatr sahna asarlari va kinolar uchun musiqa va boshqalar.

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x