Bosh sahifa » Arboblari » Musaboyev Is’hoq Qurbonovich

Musaboyev Is’hoq Qurbonovich

by administrator

Musaboyev Is’hoq Qurbonovich hayoti va ijodi.

Musaboyev Is’hoq Qurbonovich – O‘zRda xizmat ko‘rsatgan shifokor (1944), O‘zR xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1955), Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990). O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumining 7 ta faxriy yorlig‘i bilan mukofotlangan.

U ichak yuqumli kasalliklari biokimyoviy va immunologik jarayonlarning buzilishi, dizenteriya, xoleriya, tifoparatifoid kasalliklari, virusli gepatit, difteriya va boshqa qator kasalliklarning klinik tasnifi va ratsional terapiyasini ishlab chiqqan.

U Farg‘ona viloyatining Naukent qishlog‘ida 1910 yil 22 noyabr kuni tug‘ilgan. 1930 yil Farg‘ona tibbiyot texnikumini, 1935 yili Samarqand Davlat Tibbiyot institutini tugatgan. 1942 yil “Tifoparatifoz turiga mansub kasalliklaridagi Gemotransfuziya” mavzusidagi nomzodlik va 1951 yilda esa “Tifoparatifoz turiga mansub kasalliklarida jigar funksiya” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, professor (1952).

1935-1938 yillar Samarqand tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi aspiranti va yordamchisi. Ulug‘ Vatan urushi boshida shifoxonada navbatchilik qilgan. Urushning birinchi kunlaridanoq, yuqumli kasalliklarning soni ortib boradi, ayniqsa tifoparatifoz, toshmali terlama va boshqalar avjiga chiqadi. 1941 yilning dekabr oyida Musaboy Is’hoq Qurbonovich harbiy hizmatga chaqiriladi.

Uni O‘rta Osiyo aholisining tarkibidan tuzilgan (o‘zbeklar, tojiklar, qirg‘izlar, turkmanlar) 92-alohida o‘qchi brigadasining epidemiologi (tozalik vzvodi qo‘mondoni) etib tayinlanadi.

1942 yilning martida 92-alohida o‘qchi brigadasining tozalik xizmati boshlig‘i – yangi vazifaga tayyorlashadi. Askarlar tayyorlovi yakunidan so‘ng, 1942 yilning may oyida brigada Yeletskka – taqsimlovchi bo‘linmasiga yuboriladi. U yerda Musaboy Is’hoq Qurbonovich bomba portilagan yerga tushib qoladi va jarohatlar oladi.

Musaboyev Is’hoq ijodi.

Harbiy tayyorgarlik sharoitlari og‘ir edi: toshma terlama epidemiyasi va turli yuqumli kasalliklar, ko‘proq iqtisodiy qiyinchiliklar, urushdan qaytarib yuborilganlar hisobiga yashash joyining torligidan qiynalishgan. Bunday sharoitlarda urushga chaqirilgan 92-o‘qchi brigadasi tarkibidagilar kasal bo‘lib qolishgan.

Maxsus tozalash qurilmalarisiz dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish zarur bo‘lgan. Sutka davomida uyqusiz, maxsus reja asosida, yer kavlab ishlashga to‘g‘ri kelgan. Dezinfektsiya ishlarini o‘tkazish uchun yerto‘la dezokamerasini tayyorlab, u yerga I.K. Musabayevni 343-sonli harbiy kasalxona yuqumli kasalliklar bo‘limiga boshliq etib tayinlashadi.

Bu bo‘limga, asosan, yuqumli kasallikka chalingan (terlama, dizenteriya va boshqa yuqumli kasalliklar) yarador askarlar kelib tushib, yuqori malakali yordam olishardi. I.K. Musabayev a’lo darajali xizmati uchun qo‘mondon tomonidan ko‘p karra mukofotlangan.

Og‘ir epidemiologik vaziyatni hamda front va front orti uchun xodimlarni tayyorlash bo‘yicha murakkab holatlarni hisobga olib, 1944 yili O‘zbekiston hukumati I.Musaboyevni “O‘zSSR Sog‘liqni saqlash xalq qo‘mondonligi”ga jo‘natib, u yerdan Samarqand tibbiyot institutiga yuboriladi.

1944 yildan 1949 yilgacha – yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti, 1949 yildan 1951 yilgacha – Samarqand tibbiyot institutining yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri va bir vaqtning o‘zida, Samarqanddagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori. 1951 yildan 1988 yilgacha yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri, bir vaqtning o‘zida, 1962 yildan 1970 yilgacha Is’hoq Qurbonovichning bevosita ishtiroki bilan tashkil etilgan O‘zbekiston ilmiy-tekshirish institutining epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar fani bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Ilmiy tadqiqotlarida asosiy yo‘nalish klinik jihatlarni o‘rganish, biokimyoviy faol moddalarning mohiyati (mikro-makro moddalar, vitaminlar, fermentlar va boshqalar) va biokimyoviy moddalarning ichak yuqumli kasalliklariga chalingan bemorlarning immunologik jarayonlari bilan mujassamligi hisoblanadi.

U ichak yuqumli kasalliklarining biokimyoviy va immunologik jarayonlarini qonunlashtirdi, dizenteriya, yuqumli gepatit, difteriya va bir qator boshqa kasalliklarning muvofiq davosini va klinik tasnifini ishlab chiqdi.

U Qoraqalpog‘istonda bo‘lgan vabo epedimiyadasida birinchi bo‘lib tashhis qo‘ygan va 1965 yili unga qarshi kurashga boshchilik qilgan. U tomonidan Afg‘onistondan Qoraqalpog‘istonga vabo epidemiyasining kelish va tarqalish sababi aniqlangan. Qoraqalpog‘istondagi xoler epidemiyologiyasini talqin qilish bo‘yicha hukumat hay’atining raisi sifatida u bu yuqumli kasalliklar Afg‘onistondan keltirilishi sabablarini aniqladi.

Klinikani o‘rganish vaqtida klinik tasnifni tuzadi va avvalroq ta’riflanmagan yangi gastritik shaklni belgilaydi.

500 dan ziyod nashrlari bor, xususan, 34 ta risola va yo‘riqnoma, 17 ta metodik qo‘llanma. Uning nashri ostida 4 boblikda “Yuqumli kasalliklar bo‘yicha qo‘llanma” va muhim infeksiyalar bo‘yicha 20 ta ilmiy ish nashrdan chiqqan. U tomonidan 17 ta doktor va 86 ta fan nomzodlari tayyorlangan.

1961 yil SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir-a’zosi, 1966 yil O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi etib saylangan.

Musaboyev

I.K. Musaboyev ko‘p karra xalqaro anjuman va simpoziumlarda ma’ruzalari bilan chiqishlar qilgan: Deli (1959), Vengriya (1964), Tokio (1969), Vena (1970), Varshava (1974), Moskva (1966), Toshkent (1961).

U Respublika epidemiologlari, mikrobiologlari va infeksiya shikoforlari ilmiy jamiyati raisi bo‘lgan. Jamiyatning ajralishidan so‘ng Respublika Yuqumli kasalliklar Respublika ilmiy jamiyatining raisi, Yuqumli kasalliklar butunjahon ilmiy jamiyati raisining o‘rinbosari, Butunjahon Epidemiologiya va Mikrobiologlar ilmiy jamiyati faxriy a’zosi, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Latviya epidemiolog va mikrobiologlarning ilmiy jamiyati faxriy a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh infeksiyachisi etib saylangan.

Ilmiy tibbiyot kengashi Prezidiumining rais o‘rinbosari, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazit kasalliklar bo‘yicha Ilmiy Kengash raisi, Butunjahon ilmiy muammolar hay’ati a’zosi, Tibbiyot fanlari akademiyasi Prezidiumining a’zosi, Oliy attestatsion hay’at a’zosi, Katta tibbiyot ensiklopediyasi tahririy hay’at a’zosi bo‘lgan.

O‘zRda xizmat ko‘rsatgan shifokor (1944), O‘zR xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1955), Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1965), Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

Lenin (1966), Oktabr inqilobi (1980) ordenlari, uchta Qizil mehnat nishoni (1950, 1961, 1972), II darajali Vatan urushi (1985), “Hurmat belgisi” (1953) ordenlari, 16 ta Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston medallari bilan mukofotlangan. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 7 ta diplomi bilan taqdirlangan. “Bu shaxs kim” Xalqaro kitobiga kiritilgan (1992, 1997).

1988 yildan umrining oxirigacha, 2013 yilgacha Toshkentdagi shifokorlar malakasini oshirish institutida professor-maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x