Bosh sahifa » Arboblari » Satti Husain tarjimai holi

Satti Husain tarjimai holi

by administrator

Satti Husain (1908-1942) – tanqidchi va adabiyotshunos, yirigmanchi asrning 20-30 yillari ayrim Rossiya va O‘zbek prolitar birlashma vakillari bilan “milliy mumtozchilikdan voz kechishga qarshi” maqolalarda nigilistik qarashlarga qarshi chiqqanligi yaqqol namoyon bo‘lgan. U nafaqat bunday qarashlarga qarshi chiqqan, balki g‘oyalar shakllanishi va yosh iqtidorli yozuvchilarning o‘sishida milliy mumtozchilikning o‘rni muhimligini dadil yozgan.

Tarjimai hol

O‘zbekistonda yigirmanchi asrning 20-30 yillarining ma’naviyatshunos, adabiyotshunos va yozuvchilari orasida Otajon Hoshim, Abdurahmon Sa’diy, Olim Sharofutdinov, Ziyo Said va boshqalar qatorida Satti Husayn ham o‘zining faol faoliyati bilan alohida ajralib turgan. U o‘zining o‘tkir publitsistik va tanqidiy maqolalari, shuningdek, teatr tanqidi sohasida mahalliy bosmalarda ham ishtirok etadi; afsuski, u Stalin qatag‘onining aybsiz qurboniga aylangan.

Satti Husain 1906 yili Qo‘qon shahrida tug‘ilgan va yoshiligining erta pallalarida yangicha uslubdagi maktabda tahsil olgan, keyinchalik u shahar maktab internatiga tanlab olingan. U 1922 yili Toshkentga keladi va O‘rta Osiyo Kommunistlar Universitetiga (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘qishga kiradi. Talabalik davridayoq u Respublikaning adabiy hayotida faol ishtirok eta boshlaydi.

U 1927 yildan “Yosh Leninchi” gazetasida muharrir sifatida ishlashni boshlaydi va bu yerda yosh adabiyotchilar va shoirlar to‘garagini tashkil etadi. Keyinchalik bu to‘garak orqali bir qancha mashhur shoir va adabiyotshunoslar kashf qilingan. Shu davrlarda Satti Husain O‘rta Osiyo Kommunistlar Universitetining aspiranturasida ham tahsil oladi va o‘qishni davom ettirish uchun Moskvaga ketadi.

Maqolalari

O‘zbekistonga qaytgach, A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot instituti direktori etib tayinlanadi, 1940 yildan O‘zbekiston Markaziy qo‘mitasi tashviqot va targ‘ibot bo‘limida ishlay boshlaydi. Shu davrlarda u bir qancha kitoblar va maqolalar chop etadi, jumladan, “Andak”, “Ko‘rmananing egalari to‘g‘risida”, “Ijodiy yo‘limiz” , “O‘zbek teatri”(1929) va “O‘tgan kunlar” (1931) kabilar. Ularning ba’zilarida o‘sha paytlarga xos, barcha sovet respublikalarida hukmronlik qilgan dabdabali sotsializm g‘oyalarini kuzatilishi mumkin.

Shunga qaramay, alohida maqolalarida, masalan, “Ijodiy yo‘limiz” maqolasida u nigilistik qarashlarga qarshi chiqadi.

O‘zining maqolasida u “Ayrim insonlarning fikricha, mumtoz adabiyotni o‘rganish orqali “zaharlanish” mumkin ekan. Biz o‘zimizning tariximizni o‘rganmasligimiz mumkin emas, bizning vazifamiz tariximizni o‘rganish va uni to‘g‘ri talqin qilishdir…” (Satti Husain “Ijodiy yo‘limiz”, gazeta “Sharq haqiqati” 1929 y.)

Bu kabi g‘oyalar 20 yillarda ham namoyon eta boshladi, Satti Husayn katta qiziqish bilan yosh o‘zbek yozuvchilari va shoirlarning o‘tmishdagi boy adabiy merosini katta qiziqish bilan o‘rganishni qo‘llab-quvvatlagan; keyingi yillar davomida o‘zi ham A.Navoiy, Muqimiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi o‘zbek shoirlarining ijodini, gruzin shoiri Shota Rustavili va ingliz dramaturgi V.Shekspir (“Xamlet”), rus yozuvchisi N.V.Gogolning (“To‘y”) ijodini chuqur o‘rgangan.

Satti Husain ramziy shoir – A.Navoiyni ko‘klarga ko‘targan. U yosh shoir-yozuvchilarni A.Navoiyning uslubini o‘rganishga chaqirgan va bu kabi chaqiriqlar “Qurilish” jurnalida (1931 yil 3-son, 3-5-b.) chop etilgan. “Ijodiy yo‘limiz” nomli maqolasida buyuk mumtoz shoiri A.Navoiyni “Ilm, fan va san’atning sohibqironi” deya ta’kidlagan.

Ijodi

Satti Husayn, shuningdek, o‘z davrining shiddatli kishilari haqida maqolalar va broshyuralar yozgan. Ular qatorida Abdulla Qodiriyning birinchi yirik asari “O‘tgan kunlar” haqidagi maqolasi ham bor (1925). 1929 yil oxirida ular bir necha bor “Sharq haqiqati” gazetasida chop etiladi va 1931 yil alohida kitob ko‘rinishida nashrdan chiqadi. Mazkur kitobida Satti Husayn Abdulla Qodiriyning jamoatdagi hayotiga va uning birinchi tarixiy asariga baho berib, shunday ta’kidlaydi: g‘oyaviy kamchiliklariga qaramay, roman kuchli iqtidor, yuqori mahorat va ajoyib badiiy tilda yozilgan.

Keyinchalik bu haqda akademik Izzat Sulton ham yozib, “… Satti Husayn Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romaniga baho berarkan, g‘oyaviy kamchiliklariga qaramay, roman kuchli iqtidor, yuqori mahorat va ajoyib badiiy tilda yozilgan, deya ta’kidlagan”, deb alohida urg‘u berib o‘tgan. Ushbu fursatni eslab o‘tmaslik, Satti Husaynga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi. … Satti Husayn roman tavsifi san’atiga, uning yorqin ifoda tiliga yuqori baho bergan.

Abdulla Qodiriy asarlarining badiiy ahamiyatini kamsituvchi maqolalar yuzaga kela boshlagach, Satti Husayn shu ondayoq, iqtidorli yozuvchini himoya qila boshlaydi. Masalan, 1928 yil “Partiya uchun” jurnalida bu haqdagi maqola chop etilgach, Satti Husayn “Kommunist” jurnalining 1928 yil, 4-sonli nashrida maqolasini chop etarkan, unda “O‘tgan kunlar” romani o‘zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy roman ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tgan.

Satti Husain A.Navoyi tavalludining 500 yilligini o‘tkazish bo‘yicha hay’atga boshchlik qilib, uni targ‘ib qilgan. U ikki tomlik G‘arbiy Ovropa adabiyoti Xrestomatiyasining muharriri bo‘lgan. Kitob Oybek va Komil Yoqubovlar tomonidan tarjima qilgan (Satti Husayn qamalganligi sababli, mazkur nashr chop etilmagan).

Satti Husayn Ikkinchi Jahon urushi boshlanishidan bir necha oy avval Sulayman Azimov, Shokir Sulayman, To‘xtasin Jalilov kabi boshqa taniqli arboblar, yozuvchilar va shoirlar bilan bir qatorda, 1942 yil “sovet hukumatiga qarshi guruh a’zosi” sifatida otib tashlanadi.

1956 yil ziyolilar qatlamining boshqa a’zolari kabi u oqlanadi va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining huquqi asosida butunlay tiklanadi. 1974 yil Satti Husaynning “Tanlangan asarlar” to‘plami chop etiladi, yubiley uchrashuvlar o‘tkazila boshlaydi.

2008 yil A. Navoiy nomidagi til va adabiyot institui hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi xodimlari Satti Husayn tavalludining 100-yilligi munosabati bilan xotira kechasi uyushtirishadi. Kechada Aziz Qayumov, Naim Karimov, Baxtiyor Nazarov kabi professorlar, filologiya fanlari doktori G‘affor Mo‘minov, san’atshunoslik fanlari  nomzodi Sirojiddin Ahmedovlar ishtirok etishgan. Satti Husainning o‘g‘li akademik Toymas Yo‘ldoshboyev hamda qizi Oyxon Husainova otasi bilan bog‘liq hotiralari haqida bo‘lishishdi. Ma’ruza va xotiralarda bugungi mustaqil davlatimiz nuqtai nazaridan Satti Husaynning ishlariga baho berilgan.

Boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x