Mundarija
Saida Zunnunova sheโrlar toโplami. Saida Zunnunova ijodi
TAVSIYA ETAMIZ : Saida Zunnunova tarjimai holi toโliq >>
Qadrlasang insonligingni,
Vafo qilsang oโzingga oโzing,
Faqat-faqat shunda men bilan
Toโgri kelur taqdir โ yulduzing.
CHOโLI ย IROQ
Tarixni soโzlama menga, ey odam,
Bitta chalib bergin ยซChoโli iroqยปni.
Bitta chalib bergin, toki yana ham
Yaxshiroq ajratay qorani, oqni.
Bu kuy asrlarning baridan tortib
Choโllarda toliqqan horgin karvonday
Ming xil taqdirlarni ustiga ortib,
Qalbimdan jimirlab oโtadi qonday.
Tarixning eng olis qatlamlarida
Armonda uxlagan orzu-alamlar.
Dunyo manglayiga ajin tushirgan,
Dardni, qarilikni yaratgan gโamlar.
Sahro chechagining ayanch kulgusi,
Yomgโirdan jon kirgan tuproqning isi,
Hammasi oโtadi qalbimni oโyib.
Tuya boโynidagi qoโngโiroqlarning
Tashnalik eslatgan jarangi boโlib
Hammasi oโtadi qalbimni oโyib.
Tarixni soโzlama menga, ey odam,
Bitta chalib bergin ยซChoโli iroqยปni.
Bitta chalib bergin, toki yana ham
Yaxshiroq ajratay korani, oqni.
Haddidan oshganga uni chalib ber,
Doโstlar diydorini gโanimat bilmay,
Sarobga shoshganga uni chalib ber!
Chalib ber, chalib ber, andisha qilmay.
Oโtmishni soโzlama, oโgit kerakmas,
Shu kuyni bir marta chalib bersang bas.
BU QIZIQ : Hikoya va qissalari toโplami >>
Saida Zunnunova sheโrlar toโplami:
* * *
Anhor labida juft-juft soyalar,
Jilmayib oโtaman koโz qirin tashlab.
Goh xayol qurmagur olib ketadi,
Bahona topganday yoshlikka boshlab.
Yoโq-yoโq, men turmadim oydin tunlarda,
Suvlar yoqasida ishq oโtida mast.
Men bunday damlarni yoโlga termulib,
Intizor oโtkazdim har on, har nafas.
Yoshligim, umrimni, halovatimni
Mardona topshirib vafo qoโliga,
Oylarni, yillarni minutlab sanab,
Tunu kun qaradim yorning yoโliga.
Hali begonaydik ajralishganda,
Koโrishdik juda ham qadrdon, inoq.
Yulib olsa hamki hijron yor vaslin,
Qilib ketgan ekan unga yaqinroq.
* * *
Sheโr oโqigim kelar,
Quyma satrlardan
Yuragimga tushsa jimgina larza.
Meni boshlab ketsa ajib tuygโular
Yashillik yugurgan qir, adirlarga,
Yalang oyogโimni silasa maysa.
Sheโr oโqigim kelar,
Charchoq hislarga
Soโlim va musaffo havo purkasa.
Qalbdagi boโshliqni toโldirib.
Olamni muattar islarga,
Yana chamanlarga burkasa.
Sheโr oโqigim kelar,
Notinchlikka chanqoq,
Qanotli oโylarga tashna yuragim.
Sergak etsa ohanglar, kuylar,
Oโtkazdirib tunlarni uygโoq,
Tashna labga oโxshar yuragim.
Sheโr oโqigim kelarโฆ
* * *
Maysa nish uribdi ariq boโyida,
Birinchi sevgidek biram begโubor.
Quyoshga talpingan qiyoqlarida
Birinchi sevgining soddaligi bor.
Koโrmagan saraton oftobini yeb,
Kuzning toโzonlarin mutlaqo bilmas.
Bulut koโz yoshidan taltayib, ishq deb,
Bahor yellariga koโz tutadi mast.
Maysa nish uribdi ariq boโyida,
Birinchi sevgidek biram begโuborโฆ
* * *
Yoโqlamagan har kuning yilcha boโlurmi, hay-hay,
Shunchalik shafqat bilmas dilcha boโlurmi, hay-hay.
Xush surating bir nafas tark etmas xayolimni,
Koโz shahlo-yu, qosh esa nilcha boโlurmi, hay-hay.
Har soโzda yuz andisha qilgโum donoligโingdan,
Koโnglingning nozikligi qilcha boโlurmi, hay-hay.
Goh xanjar, goh asaldek soโzlaringdan dogโdamen,
Jon olib, jon berguvchi tilcha boโlurmi, hay-hay.
Vaslingning umidida dunyodan oโtib borgum,
Qanoatda Saida filcha boโlurmi, hay-hay.
* * *
Gullar yuzida xanda โ bu bogโdan yor oโtdimi,
Odatin qilmay kanda, yana bedor oโtdimi?
Yellar nechun sarsari, ketolmaydilar nari,
Koโnglimning moh paykari koโzi xummor oโtdimi?
Rayhonga rashk qilib gul, bagโri qon boโpti butkul,
Yana rayhon hidlab ul, bundan takror oโtdimi?
Har narsada nur, viqor, hatto tuproq baxtiyor,
Bir-bir bosib beozor, ul beozor oโtdimi?
Dilda takrorlab otin, tilab umru davlatin,
Soyasi boโlib tagโin Saida zor oโtdimi?
BU QIZIQ : Saida Zunnunova tarjimai holi toโliq >>
QIZLARJON
Sevgi oโt tashlasa yuragingizga,
Oydin tun bermasa tinchlik va uyqu.
Olam kuylaganday koโrinsa sizga
Hamda asir etsa ajib bir tuygโu
Tasalli izlaysiz hislaringizga,
Gโazallar yodlaysiz varaqlab kitob.
Guldek qalbingizni yashnatar shunda
Sevgi satrlari boโlib oftob.
Shunday kezda, qizlar, pok ishqingizga
Tarjimon boโlolsa bironta baytim,
Sirdosh boโlib qolsam hamisha sizga,
Shu mening orzuyim, shodligim, baxtim.
* * *
Yoshimni soโrama, bemaโni bu oq
Oralay berarkan sochlarga har vaqt.
Shu oโtgan ozgina umrimga biroq,
Hech vaqt achinmayman, shuning oโzi baxt.
Xiyonat, gโybatni bilmadim sira,
Nodonlik yoโliga qoโymadim oyoq.
Ishqim boโlsin, dedim, nurdek pokiza,
Balki shuning uchun sochimdagi oq.
* * *
Sira chidolmayman, quvnoq chehrangda
Qaygโuning sharpasi kezsa bir nafas.
Koโnglimga tikandek ogโir botdi,
Sening yoโllaringda koโrsam xoru xas.
Men uni sochim-la supurib olgum,
Poyandoz deb yoโlga jonimni solgum.
Xoh bilgil, xoh bilmagil,
Sadoqatda bir umr qolgum.
Xoh bilgil, xoh bilmagil,
Hammasiga men boโlay rozi.
Axir nima qilay, axir ne qilay,
Ishq uchun yoโq ekan toshu tarozi.
* * *
Hayotdan nolisa birov, suymayman,
Ayniqsa, sogโ boโlsa qoโli oyogโi.
Hayot siylar bizni quvonch, baxt bilan,
Ne ajab boโlsa goh alami, dogโi.
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni
Oโgโirlik mol deyman, qilaman hazar.
Qalbimning parchasi singmasa agar
Rozimasman birov hadya etsa zar.
Gโamimni aytmasam, toki oโzganing
Koโngliga bir on ham gโashlik solmasam,
Baxtimni doโstlarga xushnud yoysamu
Lekin uni hech vaqt yigโib olmasam.
Hayot toโlqinida bir xasdek ojiz,
Uvol atalishga qilmasman toqat.
Umrimning bir oni oโtmasa beiz,
Xuddi ana shunday yashasam faqat.
QALB
Har narsaga kuyma, deyishar menga,
Kuymagan yurakni nima qilaman.
Ortiqcha yuk qilib uni tanaga,
Yonmagan yurakni nima qilaman.
Men-ku, shoir axir, har bir inson ham,
Bebaxtdir qalbining qoโri boโlmasa.
Chiroq ardoqlanmas edi dam-badam,
Parpirab yonmasa, nuri boโlmasa.
SOโNGGI ย YOโL
Qadamlar, sharpasiz ogโir qadamlar,
Koโzlar pardasiga qalqqan achchiq yosh.
Ens soโnggi safarga kimni uzatar,
Hamkasbmi, qoโshnimi yoki qarindosh?
Gullar husni shuncha sovuqmi asli,
Visol damidagi koโrki qayerda?
Bugun tabiatning qanaqa fasli,
Hech kim payqamaydi, koโzlari yerda.
Mayliga, ranglar ham oโchsin bir nafas,
Mayliga, oftob ham berkinsin bir dam.
Mayliga, bir zum yoโqolsin havas,
Mayliga, zil yukday tuyulsin qadam,
Axir oramizda ketmoqda odam!
Motam sukutidan yurak qiynoqda,
Yurak qiynoqdaki, bermagunday tob.
Ammo, men istardim, yurak shu topda
Oโz-oโziga shunday berolsa hisob:
Dardin eshitdingmi tirikligida?
Biron shodlik kuni gul tutganmiding?
Yoki oโsha kunni unutganmiding?
Qadriga yetdingmi tirikligida?
Shu soโroqqa tutsa koโnglimiz bizni,
Balki oโlim yana ketardi yiroq.
Odamlar! Qadrlang bir-biringizni,
Gul ham, muhabbat ham tirikka kerak.
* * *
Dutor yigโlar emish, har pardasida,
Yellarga yuz tutgan chogโlarin qumsab,
Baโzan sevishganlar oโyib tanasin
Ochgan jarohati โ dogโlarni qumsab.
Bir vaqt shoxlarini yashnatgan barglar โ
Shiviri torlarin kuylatar emish.
Shundan u insonni vafoga chorlab,
Sogโinchga oโrgatib oโylatar emish.
TAVSIYA ETAMIZ : Hikoya va qissalari toโplami >>
Saida Zunnunova sheโrlar toโplami:
* * *
Aqlim tanibmanki, minnatsiz bir baxt,
Minnatsiz umrni qilaman orzu.
Kam-koโstsiz hayotni etaman ddeb taxt,
Tanho tashvish cheksang, dilim ezilar.
Yoโq, sira yuk boโlmay, boโlayin mador,
Toki ravon boโlsin men-la yoโllaring.
Yiqilsang yiqilgum demasman zinhor,
Turgโizmoqqa choโzgum nozik qoโllarim,
Yoโq, sira yuk boโlmay, boโlayin mador.
TAVSIYA ETAMIZ : Saida Zunnunova tarjimai holi toโliq >>
Tavsiya etamiz :ย Boshqa arboblar >>