Bosh sahifa » Arboblari » Rustamova Xosiyat hayoti va ijodi

Rustamova Xosiyat hayoti va ijodi

by administrator

Rustamova XosiyatRustamova Xosiyat haqida.

Xosiyat Rustamova – O‘zbekistonning eng yosh yozuvchilaridan biri. So‘zlari haqiqatda rost, dardli va ajabtovur tarzda samimiy, eng muhimi, u mukammallikning cheksizligini anglagan va ijod ilohiy ish ekanligini tushungan ijodkor. Shoira 2004 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

U 1971 yilning 19 mart sanasida Namangan viloyati, Pop tumaninig Olmos qishlog‘ida tavallud topgan. 1988 yili o‘rta maktabni tugatgan.

So‘ngra, Toshkent Davlat universitetiga (hozirgi Milliy universitet) o‘qishga kirgan. 1993 yil ushbu oliy dargohni tugatgach, turli gazeta va jurnallarda faoliyat yuritgan. Uning ilk she’riy namunalari talabalik yillaridayoq mahalliy matbuotlarda dunyo yuzini ko‘radi.

Rustamova Xosiyat she’rlari

Birinchi kitobi esa 1997 yil “Osmondagi uy” nomi bilan bosmadan chiqqan. U she’rlarida ayol qalbining iztirobli onlari ishqiy tuyg‘ularga hamohang tarzda ifodalanadi, yosh shoira she’rlarida fikriy teranlik ilk ijodidayoq o‘quvchini o‘ziga rom eta boshlagan edi.

Kitoblari

Shundan so‘ng uning “Najot” (2003) va “Rizo” (2004) kitoblari chop etiladi.

She’rlari

Ne ma’no bor so‘nggi yig‘ida,

Ne qayg‘ular baxsh etar davron.

Kel, ko‘zimning ochiqligida –

Senga to‘yib olayin osmon.

Hushlar shoshib boshimdan uchdi,

Ergashtirib olgancha tunni.

O‘tgan umrim esimga tushdi –

Eslatmagin qolgan umrimni…

Ozodlik

Osmon har maysadan boshlar so‘roqni,
Zaminning ko‘ksiga sanchib olar tug‘.
Yong‘oq yorib chiqar yashil po‘stloqni –
Tuproqdan otilib chiqar har urug‘.

***

Qayerlarda qolib ketding Sen,
Jonim, shuncha ko‘pmi yumushing?
Faqat Dunyo benihoya keng –
Qiyin baxtni izlab topishing.

***

Qaysi aql bilan ekdim bu gulni
Ko‘ra-bila turib singan tuvakka.
Bugun gul qoshida ko‘rib bulbulni,
Vahima, g‘ulg‘ula tushar yurakka.
Nima qilsam ekan?
Ko‘ngil to‘la mung,
Bir yoqda g‘ijimlab turibdi yurak.
Gul esa beparvo o‘sar kundan-kun,
Kundan-kun kichrayib bormoqda tuvak.
Do‘kondan boshqa bir gultuvak oldim,
Yumshoq bir tuproqdan qorib soldim loy.
Bolajon, bo‘ylaring cho‘zilib qoldi –
Ishqilib butunmi,
Sen tug‘ilgan joy?!
Biz Vatan haqida o‘ylamaymiz hech,
Ulg‘ayaveramiz kun o‘tgan sayin.

***

Poylayman.
Og‘zingdan chiqmaydi bir so‘z,
Qovog‘ing uyilgan – qilasan zarda.
Men pishirgan nonga tashlamaysan ko‘z –
Men pishirgan ovqat qolar qozonda.
Ishingga ketasan – demay hech nima,
Mayli, och ketsang ket – buzmayman pinak.
Meni ham xonamda kutar Marina,
Meni ham xonamda kutar Pasternak.

***

Juda og‘ir – esga tushgan chog‘
O‘ylab ketar umr so‘ngini.
Oy – osmonning ko‘ksidagi dog‘,
Xira qilib turar ko‘nglini.
Ko‘kka yolg‘on hilolni ilib,
Tunlar buzmay turganda pinak.
Qora xalqni qorong‘u qilib
Pardasini tushirar falak.

***

Yanayam yuribman hayot qo‘ynida
Sezsam ham, sezmagan kabi xatarni.
Boshqa birov bo‘lsa shamol o‘rnida,
Tag-tomirim bilan yulib otardi.

***

Qizarib ketgandir ko‘zim yig‘idan,
Qo‘limda ezilib ketgandir kiprik.
Boshqa narsalarni o‘ylayin, desam,
U hamon xayolda yuribdi tirik.
Necha bor yuzimni yuvar sovuq suv,
O‘zimga keltirar shamol o‘rtanib.
Baribir yurakdan qarab turar
U, Qovurg‘alarimga suyanib.

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x