Bosh sahifa » Arboblari » Rtveladze Edvard Vasilevich hayoti va ijodi

Rtveladze Edvard Vasilevich hayoti va ijodi

by administrator

Rtveladze Edvard VasilevichRtveladze Edvard Vasilevich haqida.

Rtveladze Edvard Vasilevich — arxeolog olim. O‘zbekiston FA akademik (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992). 1942 yil Gruziyaning Borjomi shahrida tug‘ilgan. 1967 yil Toshkent davlat universitetini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Uning ismi O‘zbekistonda fanga sadoqat ramzi bo‘lib qolgan. Jahonga mashhur bo‘lgan akademiklar Ye. Masson va G. Pugachenkovlarning shogirdi, o‘zi ham dunyoga tanilgan. Ko‘plab risolalar muallifi, spartancha fe’l-atvorli, zohidiy hayot tarziga ega, dunyoni nafis ranglarda ko‘ruvchi va yorqin tasavvurga ega inson.

U qadimiy karvon yo‘li bo‘lmish Buyuk Ipak yo‘lidan yurgan – Sharqdan G‘arbga tomon, yoki G‘arbdan Sharq tomon Aleksandr Makedonskiy qo‘shinining buyuk Arastu sarkardaga yo‘lboshchilik qilgan izlari bo‘ylab.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosiy masalalar qo‘mitasi a’zosi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i.

Ijod yo’li

1967 yildan 1969 yilgacha O‘zbekiston Fanlar akademiyasining San’atshunoslik institutida laborant, kichik ilmiy xodim. 1970-1973 yillar Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutida o‘qituvchi. 1973-1976 yillarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining San’atshunoslik institutida kichik ilmiy xodim. 1976 yildan 1985 yilgacha – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi San’atshunoslik institutining katta ilmiy xodimi. 1985 yildan 2009 yilgacha – O‘zbekiston Badiiy akademiyasi San’atshunoslik institutida bo‘lim boshlig‘i.

Mukofotlari

1985 yil Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti, 2001 yil “Buyuk xizmatlari uchun”, 2003 yil Mehnat Shuhrati va 2017 yil “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x