Bosh sahifa » Arboblari » Rizayeva Yulduz Akramovna tarjimai holi

Rizayeva Yulduz Akramovna tarjimai holi

by administrator

Rizayeva Yulduz Akramovna tarjimai holi haqida.

Rizayeva Yulduz Akramovna 1926 yil Farg‘onada tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatib, Toshkent studiyasi qoshidagi kinoaktyorlar maktabiga o‘qishga kiradi.

1946 yil o‘qishni tamomlab, studiyaga aktrisi bo‘lib ishga kiradi. Tahsilni davom ettirib, A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining teatrshunoslik fakultetini bitiradi (1953). Senariy bo‘limida muharrir, 1960 yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida dublyaj guruhi muharriri sifatida faoliyat yuritadi.

Yulduz Rizayeva kinoda bir qator namunaviy rollar ijro etgan – Zuhra (“Tohir va Zuhra”, 1945, rejissyor Nabi Rahimov), Zulfiya (“Nasriddin sarguzashtlari”), Dilbar (“Farg‘ona qizi”), Komila (“Opa-singil Rahmonovlar”) va boshqalar. O‘zbek tilidagi ko‘plab filmlar dublyajlarida, badiiy filmlarning montaj sahifalari tarjimasida ishtirok etgan.

Tuman va Toshkent shahar Sovet xalq deputatligiga bir necha bor saylangan. “Fidokorona mehnatlari uchun” medali, “SSSR kinematografiyasi a’lochisi” nishoni bilan mukofotlangan. O‘zbek SSSRda xizmat ko‘rsatgann artist.

1998 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

«El-yurt hurmati» ordeni sohibasi Yulduz Rizaeva aktyor, muharrir, o’zbek kinosida yaratilgan qator shoh asarlarda qatnashib, yorqin obrazlar yaratdi, kino studiyaga aktyor sifatida ish faoliyatini boshlab, bir necha filmlarda asosiy rollarni o’ynadi.

1953 yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining teatrshunoslik fakultetini tugatgan Yulduz Rizaeva kinostudiyaning stsenariya bo’limida muharrir, 1960 yildan «O’zbekfilm» kinostudiyasining dublyaj guruhida muharrir bo’lib ishlash bilan birga filmlarni dublyaj qilishda faol qatnashdi.
Yulduz Rizaeva 40 yil davomida «Siyovush haqida doston», «Qirol Lir», «Ivan Vasilevich o’z kasbini o’zgartiradi», «Omadli jentelmenlar» kabi qator filmlarga muharrirlik qilarkan, bu filmlar o’zgacha jilo topib, sayqallandi va tomoshabinlar qalbidan joy oldi.
Yulduz Rizaevaning ijodi munosib taqdirlandi. U 1998 yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x