Bosh sahifa » Arboblari » Rasulov Abdug’afur hayoti va ijodi

Rasulov Abdug’afur hayoti va ijodi

by administrator

Rasulov Abdug'afurAbdug‘afur Rasulov – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti professori, filologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda ximat ko‘rsatgan arbob.

Abdug‘afur Rasulov 1937 yil 1 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1970 yia dotsent ilmiy unvonini olgan. 1970-1971 yillar ToshDU talabalar va aspirantlar kasaba uyushmasi raisi bo‘lgan. 1979 yil Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan. 1996-1998 yillar O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani. 2002 yil “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi” mavzusida ilmiy ishni yoqlab, filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.

2003 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoniga sazovor bo‘lgan. 2004 yil professor ilmiy unvonini olgan va 2004 yildan O‘zMUning O‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va nazariya” kafedrasi professori hisoblangan.

Abdug‘afur Rasulov — sadoqatli va e’tiqodli shogird. Tanqidchilikda chuqur bilim va iste’dodi, halol va to‘g‘riso‘zligi bilan ustozining ishonchini oqlagan olim. U o‘z kasbining tanqidchilikning jonkuyari sifatida shakllandi. 1985 yil chop etilgan “Tanqidchilik ufqlari” kitobidan tortib “Ilmi g‘aribani ko‘msab” (1998) nomli risolasigacha bo‘lgan izlanishlarida tanqidchiligimizni o‘zining chuqur ilmiy o‘zaniga burish harakati yaqqol seziladi.

Sharq adabiyotshunosligidagi talqin ilmi haqida fikr yuritib, tanqidchilikda yangicha yondashuvlarning shakllanishi zaruriyat ekanligini ilmiy asoslab beradi. Bu ilmiy fikrlar yanada sayqallanib, boyitilib, jahon adabiyotshunosligidagi ilg‘or nazariy qarashlar va tushunchalar bilan qo‘shilib olimning “Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida tahlil va talqin muammosi” (2002) nomli doktorlik tadqiqotida o‘zining mantiqiy yakunini topdi: Abdug‘afur Rasulov tanqid nazariyotchisi sifatida e’tirof etildi. Nihoyat, 2006 yilda domlaning “Tanqid, talqin, baholash” nomli kitobi nashrdan chiqqan.

Alohida asarlari va muharrirligida nashr qilingan kitoblar:

1. O‘zbekiston komsomoli mukofoti laureatlari -T.: “Yosh gvardiya”

nashriyoti, 1977 (L.Qayumov va M.Olimov bilan hammualliflikda).

2. Yangi zamon – yangi qahramon. -T.: G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyoti, 1978.

3. Ozod Sharafiddinov. Adabiy portret. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

4. O‘zbek prozasining kamoli. -T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 1981.

5. Tanqidchilik ufqlari. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti, 1985.

6. Olim va tarjimon. Adabiy portret. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi

Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985.

7. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. -T.: “O‘qituvchi” nashriyoti, 1990. (N.Xudoyberganov bilan hammualliflikda).

8. Rahmatilla Inog‘omov (bibliografik ko‘rsatkich, muharrir). -T.: 1996.

9. Universitet ta’limi uchun o‘zbek filologiyasi mutaxassisligi

bo‘yicha o‘quv dasturlar (mas’ul muharrir). -T.: “Universitet” nashriyoti, 1997.

10. O‘zbek adabiyotini o‘qitishning dolzarb muammolari (mas’ul muharrir) -T.: “Universitet” nashriyoti, 1997.

11. Ilmi g‘aribani qo‘msab. Risola -T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 1998.

12. Iste’dod va e’tiqod. Adabiy portret. -T.: “Sharq” NMK, 2000.

13. Ardoqli adib. Adabiy portret. -T.: “Sharq” NMK, 2001.

14. Abdulaziz Muhammadkarimov. Toshkentnoma. 1-kitob. -T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2004 (mas’ul muharrir).

15. Bahodir Karim. Yangilanish sog‘inchi. -T.: “Adabiyot jamg‘armasi” nashriyoti, 2004 (mas’ul muharrir).

16. Ozod Sharafiddinov. Dovondagi o‘ylar. -T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2004 (mas’ul muharrir).

17. Ozod Sharafiddinov. Bibliografik ko‘rsatkich. -T.: “Universitet” nashriyoti, 2005 (mas’ul muharrir).

18. Rustam Sharipov. Jadid adabiyotida yangilanish, islohot va mustaqillik uchun kurash. -T.: 2005 (mas’ul muharrir).

19. Tanqid, talqin, baholash. Monografiya. -T.: “Fan” nashriyoti, 2006.

20. Sharafli Sharafidtsinovlar. Portretlar. -T.: “Ma’naviya

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x