Bosh sahifa » Arboblari » Pirmuhammedov Rahim tarjimai holi

Pirmuhammedov Rahim tarjimai holi

by administrator

Pirmuhammedov RahimPirmuhammedov Rahim haqida.

Pirmuhammedov Rahim – o‘zbek sovet aktyori, O‘zbekiston xalq artisti (1967).

1896 yil 20 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan.

1918 yildan Samarqand, Namangan teatrlari aktyori, so‘ngra Karl Marks nomidagi teatr aktyori.

1923-1927 yillar Toshkentda bir qator teatr jamoalarini tashkil etgan. Hamza nomidagi O‘zbek teatrida ishlagan.

Omsk viloyat teatrini tashkillashtirib, uning badiiy rahbari bo‘lgan.

Keyinroq Samarqand va Namangan viloyat teatrlariga rahbarlik qilgan.

1927 yildan kinoda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori.

Rollari.

1930 yil Moskvada drama studiyasini yakunlaydi, keyin Hamza nomidagi teatrda ishlaydi (Toshkent). 20-yillar oxiridan Pirmuhammad ijodi asosan, o‘zbek kinosi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘plab rollar ijro etgan, jumladan, “Ravot qashqirlari”da (1927) Akromxon, “Qasam”da (1937) Rahim militsiyachi, “Nasriddin sarguzashtlari”da amir ayg‘oqchisi, “Uyqusiz yo‘l”da Tabib (1947), “Nasriddin sarguzashtlari”da Soqolsiz (1947), “O‘g‘lonlar olg‘a yurishadi”da Ikrom (1959), “Atirgullar gullaganda”da oshpaz Ibrohim (1960), “Hamza”da G‘iyosxo‘ja (1961), “Sen yetim yemassan”da poraxo‘r g‘aznachi (1963), “Ikki qalb dostoni”da Egri amir (1968) va boshqalar.

1969 yil “O‘zbekfilm”da Rahim aka Pirmuhamedovga bаg‘ishlangan “Aktyor” nomli hujatli film yaratilgan.

Mukofot va unvonlari

• O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan artist (1939)

• O‘zbek SSR xalq artisti (1948)

• SSSR xalq artisti (1967)

• “Hurmat belgisi” ikkita ordeni

• “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (O‘zbekiston) (2003 – vafotidan so‘ng)

• Medallar

Hayotdan 1972 yil 16 fevral kuni Toshkentda vafot etgan. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

Tavsiya etamiz : boshqa arboblar

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x