Bosh sahifa » Sherlar » Pirimqul Qodirov romanlari. Pirimqul Qodirovning ijodi. Tarjimai holi

Pirimqul Qodirov romanlari. Pirimqul Qodirovning ijodi. Tarjimai holi

by administrator

Pirimqul Qodirov romanlari. Pirimqul Qodirovning ijodi. Tarjimai holi

pirimqul-qodirov-romanlari-asarlari-hikoyalari

Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengko‘l qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1978). O‘rta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Dastlabki hikoyasi — «Studentlar» (1951). «Qadrim» (1961), «Erk» (1968), «Meros» (1974), «Akramning sarguzashtlari» (1974), «Yayra institutga kirmoqchi» (1979), shuningdek, ma’naviy-axloqiy masalalarga bag‘ishlangan «Najot» («Baxillar va botirlar», 1980) qissalari nashr etilgan. «Uch ildiz» (1958), «Qora ko‘zlar» (1966), «Olmos kamar» (1976), «Yulduzli tunlar» (1979, ushbu asarning davomi «Avlodlar dovoni», 1989), «Ona lochin nidosi» (2000) kabi romanlar muallifi.

TAVSIYA ETAMIZ : Pirimqul Qodirovning tarjimai holi to’liq  >>

O‘zbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar («Til va dil», 1972 va boshqa) hamda 2 jildli «Adabiyot nazariyasi» uchun «Adabiy asarning tili» va «Adabiy jarayon» boblarini yozgan. «Qadrim» qissasi asosida «Sening izlaring» badiiy filmi, «Yulduzli tunlar» romani va «Jon shirin» hikoyasi asosida ko‘p seriyali videofilmlar suratga olingan.
Pirimqul Qodirov 2010 yil 21 dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi.

TAVSIYA ETAMIZ : Pirimqul Qodirovning tarjimai holi to’liq  >>

Pirimqul Qodirov romanlari.

Pirimqul Qodirov. Chaqmoqday yaltillab so‘ngan umr (romandan parcha)
Pirimqul Qodirov. Shohruh Mirzoning mardligi (parcha)
Pirimqul Qodirov. Ona lochin nidosi (roman)
Pirimqul Qodirov. Ilinj (hikoya)
Pirimqul Qodirov. Qora ko’zlar (roman)
Pirimqul Qodirov. Humoyun va Akbar (Avlodlar dovoni)
Pirimqul Qodirov. Yulduzli tunlar (roman)
Pirimqul Qodirov. Erk (qissa)

 

Primqul Qodirov haqida boshqa manba >>

Tavsiya etamiz : Boshqa arboblar >>

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x