Omon Matjon she’rlar to’plami. Omon Matjon ijodi haqida
Omon Matjon 1943 yil 14 fevralda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1993). Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969). «Karvon ko‘ng‘irog‘i» (1973), «Quyosh soati» (1974), «Yonayotgan daraxt» (1976), «Yarador chaqmoq» (1977), «Seni yaxshi ko‘raman» (1981), «Daraxtlar va giyohlar» (1984), «O’rtamizda birgina olma» (1990), «Odamning soyasi quyoshga tushdi» (1991), «Qush yo‘li» (1993), «Iymon yog‘dusi» (1994), «Ardaxiva» (2000), «Xoja Ahror eiyoratlari» (2002) va boshqa she’riy asarlar muallifi. «Haqqush qichqirig‘i» (40 afsona, 1979) she’rlar kitobi, «Gaplashadigan vaqtlar» (1986) qissasi, shuningdek, Xorazmdan chiqqan buyuk siymolar xaqida dramatik dostonlar («Pahlavon Mahmud, 1975 va boshqa) ham yozgan. «Ming bir yog‘du» (1982) asari Alisher Navoiy «Xamsa»si ta’sirida yozilgan. F. Shiller, Sh. Bodler kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
TAVSIYA ETAMIZ :
Omon Matjon hayoti va ijodi >>
Omon Matjon she’riy to’plami pdf >>
SHE’RLAR
Boshqalardek sevishdik biz ham,
Kuyib yurdik boshhalar kabi.
Bu savdoni baxt bildik biz ham,
Baxtdir, dedik visol, yor labi.
Boshhalardek duch kelib qolsak,
Olislardik ming bor hayrilib.
Mana, biz ham bebaxt, beharsak
Boshqalardek ketdik ayrilib.
Ishhning koldi fahat ozori,
Qalam, hog’oz — meros bir yalov.
Qalbimdadir ishhning mozori,
Yonib holdi unda bir olov.
Ishhdan fahat shu holdi menga,
Olov yonar, sen-chi, yo’hsan, yor.
Kelolmaysan o’z mahbarangga,
Unga gullar ho’yar boshhalar.
1967
FIRUZA
Kelmading.
Qushlar ko’chib ketdi qoshimdan,
Tushlar cho’chib ketdi yoshimdan,
Hushlar uchib ketdi boshimdan,
Kelmading.
Xazonlar to’p bo’ldi yillab men uchun,
Osonlar yo’q bo’ldi yillab men uchun,
Armonlar ko’p bo’ldi yillab men uchun,
Kelmading.
G’amlarning bariga to’zdim — chidadim,
Namlarning bahrida suzdim — chidadim,
Damlarning shahdidan o’zdim — chidadim,
Kelmading.
Kunlarim hijronga o’qdek yoqqanda,
Ruhim oti qonga cho’g’dek botganda,
So’nggi o’qni jonga o’zim otganda,
Sen kelding uzr so’rab…
Sen kelding nechun?!
1968
* * *
Ko’zlaringni yashirgin mendan,
O’tib ketay yoningdan befarq,
O’tib ketay yoningdan bedard,
Ko’zlaringni yashirgin mendan.
Borligimni payqama,mayli,
Burchaklarda,mayli, qayrilma,
Meni deb tinchingdan ayrilma,
Borligimni payqama,mayli.
Nomim bo’lsa qalbingda agar,
Otib tashla,mayli,tuproqqa.
…Har kuni o’t shu yo’lni toptab,
Nomim bo’lsa qalbingda agar.
1967
TAVSIYA ETAMIZ :
Omon Matjon hayoti va ijodi >>
ESHIGINGDAN O’TAMAN…
Kuz yoysa ham yo’llarga xazon,
Qor ko’msa ham borliqni butun,
Ko’klam kelib,ursa ham xandon,
Eshigingdan o’taman bir kun.
Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdangga titroq,
Eshigingdan o’taman bir kun.
Mayli,shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko’rmayin turqin,
Yoshim yutib,boshim qilib xam,
Eshigingdan o’taman bir kun.
Meni demay yumsang ham ko’zing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotirangga sham bo’lib o’zim,
Eshigingdan o’taman bir kun.
Vaqtim etib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark rate onim
Eshigingdan o’taman bir kun.
1965
* * *
O’rtamizda birgana olma –
Olam ichra yumaloq ilinj.
O’rtamizda birgina olma –
Balki g’am u yo balki sevinch.
O’rtamizda birgana olma,
Yarmi qizil, yarmi och-yashil.
Hayo tug’yonidan qizil u,
U sog’inchning ramzidir asil.
O’rtamizda birgina olma,
Barmoq uchi tegsa tovlanar.
Alvon iffat, yashil tashnalik
Bir senga, bir menga dovlanar.
O’rtamizda birgina olma,
Gard tegmagan, biram pokiza.
Hozircha u rangin bir havas,
Lab tegsa boshlanar mo»jiza…
* * *
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o’zgardi kuchi.
Men senga uzundan uzun ot qo’ydim:
«Ey, eski dardlarni yangilatuvchi!»
Barmoqlar barmoqlar uchini sezdi,
Ko’ngil bir ilohning kuchini sezdi,
Yurak allanening o’chini sezdi,
«Ey, uzoq yo’llarni yaqinlatuvchi!»
Yana ikki ko’zdan sirqildi namlar,
Billurni yuvdilar pokiza g’amlar.
Qani ul Sir, Amu mavj urgan damlar,
Ey, sen dengiz tubin dolgalatuvchi?!
Asli, qayda bo’lsang, men ko’ngli to’qman,
Kunchiqarim ishqtsir, nur o’chsa — yo’qman,
Bilaman, kimgadir juda suyukman,
Ey sen, xotirani poklantiruvchi!
Kim aytdi, yo’l ancha o’tildi deya,
Kelgan ketdi, kutgan kutildi deya,
Shodman — yana menga duch bo’ldi deya,
Ishqi omonlarni yashartirguvchi!
Yaratganga shukur, sen yana kelding,
Hamma qonunlarning o’zgardi kuchi.
Senga men uzundan uzun ot qo’ydim:
«Ey, ko’hna dardlarni yangilatuvchi!»
BU QIZIQ :
MAQSUDAM