Bosh sahifa » Salomatlik » MАSHINАDА KO’NGIL АYNISА

MАSHINАDА KO’NGIL АYNISА

by nafisa nafisa

MАSHINАDА KO'NGIL АYNISА

MАSHINАDА KO’NGIL АYNISА

 

Yoxud noxush alomatlardan xalos boʼlishning 10 usuli!

1. Suv iching. Yoʼlda oʼzingiz bilan choy, qahva, gazlangan ichimliklar yoki sharbatlarni olmang. Toza gazsiz suvga ustunlik bering. Bu koʼngil aynish bilan kurashishga va tanadagi suv muvozanatini toʼldirishga yordam beradi.

2. Safar oldidan ovqatlanmang. Oshqozonni ortiqcha yuklamaslik uchun yengil taomlarni isteʼmol qiling. Аmmo har qanday holatda ham och qolmasligingiz kerak – bu ortiqcha ovqatlanish kabi vaziyatni yanada ogʼirlashtirishi mumkin.

3. Gadjetlar va kitoblardan voz keching. 80% hollarda yoʼlda koʼngil aynishi telefondan foydalanish yoki kitob oʼqish paytida sodir boʼladi. Sababi – bir xil koʼrish va vestibulyar apparat toʼqnashuvi. Miya harakatni his etadi, lekin koʼzlar telefonga qaraydi, miya esa maʼlumotni oʼqishga harakat qiladi. Bu omillar bir-biriga toʼgʼri kelganda, koʼngil aynish bir zumda paydo boʼladi. Buning oʼrniga oldinga qarashni va harakatsiz narsalarga eʼtibor berish tavsiya etiladi.

4. Konditsionerni yoqing yoki oynani oching. Mashina ichining dim boʼlishi yoʼlda inson holatiga juda salbiy taʼsir koʼrsatadi. Harakat vaqtidagi kasallikning boshlanishini oldini olish uchun oynani oching va toza havodan nafas oling, yoki konditsionerni yoqing va havo oqimini oʼzingiz tomon yoʼnaltiring. Shu bilan birga, shamollab qolmasligingizga ishonch hosil qiling.

5. Gaplashing yoki qoʼshiq ayting. Fikringizni yoʼldan va derazada koʼzga chalinayotgan miltillovchi narsalardan xalos etish uchun birga sayohat qilayotgan odam bilan gaplashing yoki musiqani qoʼyib sevimli qoʼshiqlaringizni kuylang. Аgar miya muammoga diqqatini jamlamasa, u tezda bu haqda unutadi.

6. Soʼruvchi(ledenets) konfetlarni shimish yoki saqich chaynash. Ular kasallikka qarshi kurashda katta yordam beradi. Shu tarzda, tana kasallik bilan bogʼliq noqulaylikdan chalgʼiydi va odatiy ovqatlanish rejimiga oʼtadi. Mentolli konfetlar va saqichlarga ustunlik bering.

7. Tanaffus qiling. Аgar sayohat bir necha soat davom etsa, har soatda 10-15 daqiqalik kichik tanaffuslar qilish yaʼni dam olish tavsiya etiladi. Faqat mashinada oʼtirmang, balki toza havoga chiqing va bir oz piyoda yuring. Bunday harakat tezda boshdagi kuchlanishni yengillashtiradi, miyaga dam olish va boshqa narsaga oʼtish uchun signal beradi. Shundan keyingi sayohat ancha oson boʼladi.

8. Bir oz uxlang. Iloji boʼlsa, oʼrindiqni yarim yotish holatiga tushiring va uxlashga harakat qiling. Uxlash vaqtida tana chayqalishga kamroq moyil boʼladi.

9. Zanjabil va limon oling. Toʼgʼrirogʼi, ularni oʼz ichiga olgan mahsulotlar: masalan, zanjabil taʼmli shimadigan soʼruvchi konfetlar yoki limonli suv. Ular taʼm retseptorlariga taʼsir qilish orqali koʼngil aynishini yengillashtirishi yoki butunlay oldini olishi mumkin.

10. Kuchli hidlardan xalos boʼling. Yopiq, berk joylarda ular koʼngilning behuzur boʼlishiga sababchi boʼlishlari ehtimoli bor. Sayohatdan oldin atir-upa ishlatmang, chekmang, avtomobildagi xushboʼy hiddan xalos boʼling. Аgar ular mavjud boʼlsa, eʼtiboringizni boshqa hidga tortishga harakat qiling. Misol uchun, bir tilim limonni hidlashingiz mumkin.

KO’NGIL АYNISА

Tavsiya etamiz : GEMOGLOBINNI KO’TАRISH YO’LLARI

manba.

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x