Shirin mahsulotlar iste’moli
Shirin mahsulotlarni ko’p iste’mol qilish, teri holatini buzadimi? Аlbatta, bunday emas!
Koʼpchilik insonlar koʼp shirinliklar isteʼmol qilsam, terim yomonlashadi, yani yoqimsiz toshmalar koʼpayishiga olib keladi deya ishonishadi. Аslida, toshma toshishi endokrin tizimi bilan bogʼliq muammolar tufayli paydo boʼladi va shirinliklar bu muammolarni yanada kuchaytiradi.
Аgar sizda xusnbuzar boʼlmasa, siz shirinliklarni isteʼmol qilishingiz va teringiz uchun qoʼrqmasligingiz mumkin, ammo miyyorni unitmagan holda.
nson kundalik taomida yog‘lar va uglevodlar, xususan shakarni iste’mol qilish orqali ko‘p quvvat oladi. Bu esa, semirishga sabab bo‘ladi. Agar ushbu tendensiya nazorat qilinmasa, turmush kechirish bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchayadi.
Qandli diabet, yurak-qon aylanish kasalliklari va saratonning ayrim turlari og‘ir vaznlilar uchun tahdidlidir. Shuni e’tiborga olgan holda, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bolalar va kattalar uchun «erkin shakar» iste’mol qilish miqdorini kunlik olingan kaloriyaning 10 foiziga kamaytirishni tavsiya qiladi. Bu miqdorni yana 5 foizga kamaytirish qo‘shimcha ustunlik taqdim etadi.
Shirin mahsulotlar iste’moli
O‘rtacha tana tuzilishli inson kuniga 25 gramm shakar tanovul qilsa yetarli hisoblanadi. Bu 6 choy qoshiqqa yaqindir. Balki, bu raqamni yanada kamaytirish foydaliroqdir? Axir, JSST tavsiyasiga baribir rioya qilinmaydi yoki doimiy ravishda buziladi. Avstraliya aholisining 59 foizi kuniga 56 grammdan ko‘p shakar iste’mol qiladi. Amerikadagi vaziyat ham deyarli shunday. Rossiya fuqarosi bir kunda 40-50 grammga yaqin shakar iste’mol qiladi.
Aytish joizki, Shirin mahsulotlar shakarning katta qismi (75 foizga yaqini) qayta ishlangan, qadoqlangan mahsulotlar va ichimliklar orqali tanaga kiradi. Qolgani choy, qahva hamda o‘zimiz tayyorlaydigan boshqa mahsulotlar orqali qabul qilinadi.
Bunda, erkin shakarning eng katta ulushi shirin ichimliklarga to‘g‘ri keladi. 600 millilitrlik ichimlikda 40-70 gramm shakar bo‘ladi. Bir stakan gazlangan ichimlikdan so‘ng, tetiklashish sababi mana shunda.
Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarga qo‘shiladigan shakar turli nomlar ilan atalishi mumkin. Shunday ekan, mahsulotlar yorliqlaridagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qing. Matnda quyidagilarga e’tibor bering: saxaroza, glyukoza, makkajo‘xori siropi, maltoza, dekstroza, rafinirlanmagan shakar, shakarqamish shakari, meva soki konsentrati, melassa kabilarni izlang.
Tavsiya etamiz : Shakar yuz terisiga qanday ta’sir koʼrsatadi