Jahonda koronavirusdan o’lim koʼrsatkichi 30 foizga kamaydi

Koronavirus

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti Yer yuzida koronavirus bilan bogʼliq epidemiologik vaziyat boʼyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

📊 Unga koʼra, joriy yil 13 mart – 9 aprelь sanalari oraligʼida dunyoda qariyb 3 million kishiga koronavirus tashxisi qoʼyildi. Bemorlarning 23 ming nafardan ziyodi xastalik oqibatida hayotdan koʼz yumdi.

📉 Tahlillarga koʼra, oʼtgan 28 kunda kasallanish koʼrsatkichi undan avvalgi toʼrt haftaga nisbatan 28 foiz, oʼlim holatlari esa 30 foizga kamaygan.

🔎 Keskin pasayish dinamikasi asosan Аfrika (-45 foiz), Gʼarbiy Tinch okeani mintaqalari (-39 foiz), Shimoliy va Janubiy Аmerika (-33%) va Yevropa (-22 foiz) mamlakatlarida qayd etildi.

❗️Mutaxassislar, koronavirusni toʼliq jilovlash uchun aholiga buster dozada emlanishni tavsiya etmoqda.