Bosh sahifa » Maqol » Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar

Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar

by administrator

Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar

Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar

Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar

Ayol tilini ayol bilar.

Andizli yerda ot o’lmas, Iyirli yerda — er.

Bahorgi jo’jani kuzda sana,
Kelinni kelar yili sina.

Bir ko’rgan yuz eshitgandan yaxshi.

Bir minarga ot berma.

Birovga qolgan kun — tong otmagan tun.

Birovning ishi — ko’ngilning hushi.

Birovning ishiga saratonda qo’l sovqotar.

Bit ham bo’lsa — panoh.

Bozorim bozor emas, ovulim — bozor.

Bozorning ota-onasi yo’q.

Bo’ladigan bola boshidan ma’lum.

Vorisning ham vorisi bor.

Gumon do’stdan ajratar.

Gumon imondan ayirar.

Gumondor ko’ngildan gumon arimas.

Dalaning ko’kiga,
Odamning po’kiga ishonma.

Tavsiya etamiz :

Tenglik va tengsizlik haqida maqollar
Donolik va nodonlik haqida maqollar
Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar

Dini boshqaning fe’li boshqa.

Do’stim deb siringni aytma,
Do’stingning ham siri bor.

Do’stlik sinovda chiniqar.

Do’stni so’rab sina.

Yovni qora qochirar.

Yomg’irda ot tanlama,
Hayitda — qiz.

Yong’oq mag’zini po’st tutar,
Sirni — hushyor do’st.

Yong’oq ming yashar,
Archa bilan teng yashar.

Yong’oq olsang, chaqib ol,
Ipak olsang — boqib.

Jasurni — jangda,
Donishmandni — g’azablanganda,
Do’stni muhtojlikda sina.

Jinga ishongan baxshini tinglaguncha,
Chinga ishongan yaxshini tingla.

Zo’rga ham zo’rdek balo bor.

Igna o’g’irlagandan sigir yo’qotgan gumonsirar.

Ikki quloqdan ko’ra,
Bir ko’zga ko’proq ishon.

Imorat qilgan kishi o’lishini o’ylamas.

Inson beorzu bo’lmas.

It ichmas oshidan umid qilar.

Itning ko’ngli — bir suyak.

Ishonish bilan kasal bo’lsang,
Umid bilan tuzalasan.

Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar.

Ishongan tog’da kiyik yotmas.

Yo’q bug’doyga yo’q tegirmon.

Kavushimni olgan bir kishi,
Gumondorim ming kishi.

Katta suv ko’priksiz bo’lmas.

Kiyim — to’zar, toy — o’zar.

Kun hisobini oy olar,
Bedov o’rnini toy olar.

Kuf-sufchiga ishonsang ham,
Xo’p-xo’pchiga ishonma.

Kuching yetgan ishga yopish.

Ko’z ko’rgan boshqa,
Qo’l bilan tutgan boshqa.

Ko’z o’ziga, quloq boshqalarga ishonadi.

Ko’z — o’zingniki, quloq — o’zganiki.

Ko’ngilga kelgan qo’ldan kelsa,
Bitmaydigan ish qolmas.

Noma’lum yerda oltin bor,
Borsang paqir topilmas.

Nor yo’lida yuk qolmas.

Notanish farishtadan sinashta shayton yaxshi.

Ovuli yaqin it qashqirdan qo’rqmas.

Oyoq tuproqda iz qoldirar,
Shubha — yurakda.

Oz bilganning shubhasi ko’p.

Ola butaga ot berkitma.

Ola yilqi yo’qolmaydi,
Haromzoda o’ng’almaydi.

Oriq ot manzilga yetkazmas.

Oriq otga minguncha, oyog’ingga min.

Osilgan o’g’ri olmaguncha qo’ymas.

Tavsiya etamiz :

Tarbiya va odat haqida maqollar
Odob va odobsizlik haqida maqollar
Mehmon va mehmondo’stlik haqida maqollar

Sirtin ko’rib, ichidan to’ngilma,
Qorasin ko’rib, kuchidan to’ngilma.

Tabibga ishonmagan bemor tuzalmas.

Tirishdim, tog’dan oshdim,
Asir edim, qutulib qochdim.

Tirishdim, tog’dan oshdim,
Yorug’lik sari yo’l ochdim.

Tirishmagan ulg’aymas.

Tog’dan orqasi bo’lganning
Tog’day yuragi bo’lar.

Tusi bordan to’ngilma.

Uyim — sinch,
Ko’nglim — tinch.

Yuz bor eshitgandan,
Bir bor ko’rgan yaxshi.

O’g’ri bitta, gumon mingta.

O’g’ri oydindan qo’rqar.

O’g’ridan qo’rqqan mol yig’mas.

Tavsiya etamiz : Boshqa maqollar

Tavsiya etamiz : Topishmoqlar to’plami 

Manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Attestatsiya
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x