293
Har kimniki o’ziga
• Yaʼqub alayhis salom Yusufni juda yaxshi koʼrar, unga alohida eʼtibor beraverishdan malomatga ham uchrab turar ekanlar.
• Bir kuni bolalar koʼchada oʼynab yurishganida Yaʼqub alayhis salom xabash xizmatkorga xurmo berib:
– Buni anavi bolalar ichidagi eng chiroylisiga berib kel!- deya buyuribdilar.
• Maqsadlari malomatdan qutulish va bahonada Yusufga ikrom qilish edi.
• Аmmo xizmatkor xurmoni toʼgʼri borib bolalar ichidagi oʼzining qop-qora oʼgʼliga berib kelibdi.
• Аxir otaning koʼzida oʼz bolasi Yusufdan ham chiroyli edi-da!
Tavsiya etamiz: Farzandlaringizni to’g’ri ovqatlanishga o’rgating