Bosh sahifa » Sherlar » Hamid Olimjon tomonidan yozilgan she’rlar. H.Olimjon sherlari, asarlari

Hamid Olimjon tomonidan yozilgan she’rlar. H.Olimjon sherlari, asarlari

Hamid Olimjon sherlar

Hamid Olimjon tomonidan yozilgan she’rlar. H.Olimjon she’rlari, asarlari. O’rik gullaganda she’ri.

Eng gullagan yoshlik chog’imda

Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda.
Shunda ko’rdi ko’zim bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
Qushlar sayrar jonimga payvast,
Men sevgining bo’yi bilan mast.
Kuni bilan dalada qoldim,
Lolazorlar ichra yo’qoldim.
Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda,
Har soniya, har on esimda.
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog’imda,
Sen ochilding ko’ngil bog’imda

O’rik gullaganda

hamid olimjon sherlari

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.

Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.

Mayli deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi deya so‘rayman.

Yuzlarimni silab, siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go‘yo bir talab,
Baxting bor deb qushlar chiyillar.

Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so‘ylar roz.
Men yurganda bog‘larga to‘lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:

“Mana senga olam-olam gul,
Etagingga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsadan mo‘l,
To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

Umrida hech gul ko‘rmay yig‘lab,
O‘tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig‘lab qarshilab
Ketganlarning haq ham senda…”

Derazamning oldida bir tup
O‘rik oppoq bo‘lib gulladi…

Har yurakning bir bahori bor.

Muhabbat-ul u’zi eski narsa,
Lekin har bir yurak
Oni yong’orta…
Hodi Toqtosh
 
Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga
ishq bo’lar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Bo’ston etar uni begumon.
 
Lekin Layli boshiga kelgan
Qora kunlar bizga yot bugun;
Bizga yotdir shirin baxtini
Poymol etgan u qop-qora tun.
Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
She'rlar
TESTLAR
Darsliklar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x
Scroll to Top