Foydali maslahat
Farzand tarbiyasi
«devorga chizma» demang!
«Qogʼozga chizgin, devor yo muzlatkich yoki doskaga ilib qoʼyamiz» deng!
Farzandingizga
«Xonangni qara, ivirsib yotibdi, tozalab qoʼy!» demang!
«Bolam, sen tartib va ozodalikni yaxshi koʼrasanku, yigʼishtir, istasang birgalashib qilamiz!» deng!
Farzandingizga
«Boʼldi, oʼyinni bas qil! Darslaringni qil! Oʼyindan koʼra muhimroq!» demang!
«Аgar darslaringni tayyorlasang birga oʼynaymiz yoki sen xohlagan ish bilan shugʼullanamiz!» deng!
Buyuk siymolarning ta’lim, tarbiya haqidagi qarashlari. |
Farzandingizga
«Tur, bor! Tishlaringni tozala! Nima doim men aytishim shartmi? Аqling yetmidimi?» demang!
«Bolajonim, sendan juda xursandman. Senga aytmasam ham doim tishlaringni yuvasan!» deng.
Farzandingizga
«Ha deb shokolad yevurma, tishlaring qoriyib chirib tushadi» demang!
«Sen tishlaringni oʼz vaqtida tozalab, sogʼligʼingga ahamiyat berganing, aqlli, tushungan bola ekanlining uchun kuniga bir marta yeyishingga ruxsat beraman!» deng.
Farzandingizga
«Tur, namozingni oʼqi, benamoz boʼlsang, jahannamga ravona boʼlasan!» demang!
«Jannatda ham birga boʼlishimiz uchun kel, birga namoz oʼqiymiz» deng!
Farzandlarimiz uchun qiladigan noto’g’ri harakatlarimiz |
Farzandingizga
«Senga nechi marta aytganman, chap tomoning bilan yotma-a-a, deb» demang!
«Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bizni oʼng tomonimiz bilan yotishni oʼrgatganlar» deng!
Siz aytadigan har bir lafz, ish – harakatingizning taʼsiri farzandingizda namoyon boʼladi. Bilingki bolangiz siz va suratingizning aksidir!
Farzand tarbiyasi
Tavsiya etamiz : Farzandingizga kasb tanlashga qanday yordam berish kerak