Bosh sahifa » Farzand tarbiyasi » Farzand tarbiyasi.Farzandimizni urmaslik kerakmi?

Farzand tarbiyasi.Farzandimizni urmaslik kerakmi?

by nafisa nafisa

Farzand tarbiyasi.Farzandimizni urmaslik kerakmi?

Farzand tarbiyasi

 

Mashhur bolalar yozuvchisi Аstred Lindgredning fikricha, dunyodagi vahshiylik bolalar xonasida boshlanar ekan.

1979 yilda Аstred Lingredning bir nutqidan soʼng Shvetsiya birinchi boʼlib bolalarni oilada urish mumkin emasligi haqida qonun chiqaradi.

Аstred Lingred oʼz nutqida quyidagi hikoyani soʼzlab beradi:

Bir ona hech qachon farzandini urmaslikka oʼziga vaʼda beradi. Lekin shunga qaramay, bir kuni oʼgʼlining bir nojoʼya harakati tufayli uni jazolamoqchi boʼladi. U davrlarda bolani chiviq bilan urish keng tarqalgan jazo turi edi. Shunda ona oʼz farzandiga borib koʼchadan bir nechta chiviq olib kelishini buyurgan. U chiviq bilan urib uni jazolashini bolasiga aytgan. Bola uzoq vaqtga yoʼq boʼlib ketib, birozdan soʼng koʼzi yoshdan ishib ketib kelgan. Faqat qoʼlida chiviq emas kattagina tosh boʼlgan. Onasi hayron boʼlib, toshga qarasa, bola unga yigʼlab: «Chiviq topa olmadim, lekin meni jazolash uchun shu toshni topib keldim, uni menga otsangiz boʼladi», degan.

Bolaga baqirmasdan tushuntirish yo’llari haqida.

Shunda ona ushbu holatga bolaning koʼzi bilan qaragan. «Onam menga ogʼriq keltirmoqchi boʼlsa, nima farqi bor, qanday yoʼl bilan unga erishadi, chiviq bilan uradimi yoki menga tosh otadimi…» Shunda ona yigʼlab yuboradi. Kim bolasiga tosh ota olarkan…unda chiviq bilan urishning undan nima farqi bor?

Hech qachon jismoniy jazo bolani toʼgʼri yoʼlga sola olmaydi. Chunki bola bu jazoga qanday qarashini biz ota-onalar bilmaymiz. Bola yomon ish qilib qoʼygani uchun uni jazolashyapti, esida qolishi uchun uni urishmoqdaligini tushunmaydi. U uni himoya qiladigan, sevadigan va u ishongan inson-ona unga ogʼriq keltirayotganini his eta oladi, xolos.

Shuning uchun Аstred Lingred vahshiylik aynan bolalar xonasida boshlanadi deb taʼkidlagan. Chunki bola uchun eng qadrli inson – onasi unga ogʼriq keltirib, buni har xil gaplar bilan tagʼin oqlab turayotgan boʼlsa, u holda boshqalardan nima kutsa boʼladi, boshqalarga nimani ravo koʼrsa boʼladi?

Аxir dunyodagi vahshiyliklar ham doimo har xil oqlovlar bilan amalga oshirilmaydimi?Farzand tarbiyasi

tavsiya etamiz: Bolalar uchun Vatan haqida she’rlar to’plami

manba

TAVSIYA ETAMIZ

Subscribe
Notify of
guest
0 fikr
Inline Feedbacks
View all comments

ILMLAR.UZ. 2023

Imtihon 2024
TESTLAR
Darsliklar
Tv dasturlar
0
Would love your thoughts, please comment.x
()
x