Erkin A’zam tomonidan yozilgan hikoyalari va qissalar.
E.A’zam haqida
Erkin A’zam 1950 yil 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1972). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Chiroqlar o‘chmagan kecha» (1977). «Otoyining tug‘ilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Pakananing oshiq ko‘ngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr etilgan. «Chantrimore», «Piyoda», «Pakana», «Dilxiroj», «Erkak» kabi ekran asarlarining hammuallifi.
Uning xizmati. Erkin A’zam hikoyalari
Oʻzbekiston radiosida muharrir (1972–1976), “Guliston” jurnalida xodim, adabiy kotib, (1976–1981), “Yoshlik” jurnalida boʻlim mudiri (1981–1986), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida koʻp jildli asarlar tahririyati mudiri (1986–1992), Oʻzbekiston respublikasi Milliy axborot agentligi Bosh direktorining birinchi oʻrinbosari (1992–1994) lavozimlarida ishladi. Ikkinchi chaqiriq (1994–2004) Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylandi. Hozirgi kunda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri vazifasida xizmat qiladi.
TAVSIYA ETAMIZ : ERKIN A’ZAM HAYOTI VA IJODI >>
Erkin A’zam hikoyalari
Hikoyalari va kitoblari
Adibning oʻquvchilik yillarida yozilgan ilk “Inson” hikoyasi viloyat gazetasida bosildi (1966). Dastlabki “Chiroqlar oʻchmagan kecha” hikoyalar toʻplami 1977 yilda chop etildi.
TAVSIYA ETAMIZ : ERKIN A’ZAM HAYOTI VA IJODI >>